HARAKATLI O‘YINLARDAN NAMUNALAR
“HAYVONLAR TILI” O‘YINI
Maqsad:
Bolalarda yirik motorikani rivojlantirish, mo‘ljal olishga
o‘rgatish.
Kerakli jihozlar:
Hayvonlar rasmi tushirilgan belgilar, koptoklar.
O‘yinning borishi:
Bolalar ikki guruhga bo‘linadi.
Karton yoki fanerga
bo‘ri, ayiq, tulki quyon kabilarning rasmini chizib biror erga osib qo‘yiladi. Har bir
rasm qarshisiga 4-3 m naridan guruhlar qator bo‘lib turadi. Har qaysi bola to‘pni
12-16 martadan shu hayvonlar rasmiga otib tegizishga harakat qiladi. Kim to‘pni
nishonga (rasmga) ko‘p tegizsa, shu komanda g‘olib hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |