“QUSHCHALAR INLARINGIZGA KIRING” O‘YINI
Maqsad:
Bolalarni jismoniy chiniqtirish bilan birgalikda chaqqonlikka,
sergaklikka o‘rgatish.
Kerakli jixozlar:
Aylana fanerlar, rangli bo‘yoqlar.
O‘yinning borishi:
4 ta Fanerga turli ranglar bilan qushlarning uyi
chiziladi. O‘yinchilarning qo‘llarida bittadan shu ranga bo‘yalgan faner
doirachalar beriladi. Bular qushchalarning inlari. Bolalar qo‘lidagi ranglariga qarab
o‘zining «in» nini oldiga borib turadilar. Tarbiyachining birinchi signali bilan
(chapak chalish) hamma o‘z «inidan» «uchib chiqadi» va yugurgilab yuradi.
Ikkinchi signal bilan «Kalxat kelyapti» ishorasi berilgach hamma o‘z «ini» atrofiga
tez «yugurib» keladi. Kechikib qolganlar jarima ochko oladi. Boshqalarning
«iniga» kirishga ruxsat etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |