Dizel yonilg‘isi – parafin (10...40 %), naften (20...60 %) va aromatik (14...30 %) uglevodorodlari va ular hosilalarining murakkab aralashmasidir; o‘rtacha molekulyar massasi 110...230 bo‘lib, 170...380 ºC haroratlar diapazonida qaynab chiqadi. Avtomobil va traktor dizellari uchun yonilg‘ilar asosan gidrotozalangan, neftni to‘g‘ri haydab olingan fraksiyalardan, ularga katalitik krekingdan olingan yengil gazoyl qo‘shib ishlab chiqiladi.
Avtotraktor dizellari va gaz turbinalari uchun dizel yonilg‘isini to‘g‘ri haydalgan va gidrotozalangan fraksiyalarni kompaundlab olinadi; bu fraksiyalarning nisbati oltingugurt miqdori bo‘yicha standart talablarini ta’minlash nuqtai nazaridan tanlanadi. Gidrotozalash uchun ashyo sifatida to‘g‘ri haydalgan va ikkilamchi jarayonlarning o‘rta distillyatli fraksiyalaridan, ko‘pincha esa to‘g‘ri haydalgan dizel yonilg‘isi va katalitik kreking yengil gazoylidan foydalaniladi
Dizelning ishonchli, tejamkor va uzoq muddat ishlashi uchun yonilg‘i quyidagi talablarga javob berishi:
har xil haroratlarda ham silindrlarga uzluksiz uzatilishi va dvigatelni oson ishga tushirilishini ta’minlashi;
yaxshi purkalishi va dvigatel silindrlarida yaxshi aralashma hosil bo‘lishini ta’minlashi;
so‘xta va qatlamlarni minimal hosil qilishi hamda uning o‘zi va uning yonish mahsulotlari detallarda korroziyani va korrozion yeyilishni hosil qilmasligi kerak.
6 . Паст ҳароратда дизел ишига таъсир қилувчи дизел ёнилғисининг хоссалари. Дизел ёнилғисининг фракцион таркиби. Дизел ёнилғиси ассортименти.
Yonilg‘ining past haroratli xossalari deganda uning manfiy haroratlarda yonilg‘i bilan ta’minlash tizimining ishchanligini ta’minlash qobiliyati tushuniladi.
Harorat pasayib borishi bilan qovushqoqlikning bir tekis (monoton) ortib borishi Nyutonning qovushqoqlik qonuniga bo‘ysunuvchi suyuqliklar – nyuton suyuqliklari uchun xarakterlidir. Muayyan, yetarli darajada past, haroratda ularning qovushqoqligi shunchalik kattalashadiki, qovushqoqlik bo‘yicha qotish boshlanadi. Qotishning bunday turi tarkibida yuqori haroratda eriydigan uglevodorodlar bo‘lmagan yonilg‘ilar uchun xarakterli. Yonilg‘i tarkibida yuqori haroratda eriydigan uglevodorodlar bor bo‘lsa, soviganda ular kristallar ko‘rinishida qattiq fazaga o‘tib cho‘kadilar. Bu kristallar ta’minlash tizimining filtrlari va boshqa elementlariga tiqilib, yonilg‘i haydalishini qiyinlashtiradi. Harorat yanada pasaysa yonilg‘i qo‘zg‘aluvchanligi yo‘qoladi va uning bakdan nasosga uzatilishi to‘xtaydi.
Xiralashish harorati deb eng yuqori haroratda eriydigan uglevodorodlar va suvning mikrokristallari hosil bo‘lishi natijasida yonilg‘ining fizikaviy bir jinsliligi yo‘qolishiga aytiladi. Ko‘rinishidan bu hodisada yonilg‘i xiralashadi. Harorat yanada pasayganda kristallar yiriklashadi.
Dizel yonilg‘isining fraksion tarkibi, benzinnikiga o‘xshash, maxsus asbobda 100 ml yonilg‘ini qizdirib aniqlanadi; hosil bo‘ladigan bug‘ sovitiladi, kondensat o‘lchov silindriga yig‘iladi. Haydalish jarayonida 50 va 96 % yonilg‘i qaynab chiqishi haroratlari o‘lchanadi.
Dizel yonilg‘isining o‘z-o‘zidan alangalanishi
Dizel dvigatellarida yonilg‘i-havo aralashmasining alangalanishi tashqi o‘t oldirish manba’sisiz sodir bo‘ladi. Aralashma yuqori harorat ta’sirida, unda tez borayotgan oksidlanish reaksiyalari tufayli, o‘z-o‘zidan alangalanadi.
O‘z-o‘zidan alangalanishni baholash. Setan soni
Yonilg‘ining kimyoviy tarkibi o‘z-o‘zidan alangalanishning tutilib turish davriga sezilarli ta’sir qiladi. Parafin uglevodorodlari o‘z-o‘zidan alangalanishning eng past haroratiga ega. Ularning molekulyar massasi qanchalik yuqori bo‘lsa, o‘z-o‘zidan alangalanish harorati shunchalik past bo‘ladi.
Yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanishi miqdoriy jihatdan uning setan soni (SS) bilan baholanadi.
7. Газсимон углеводород ёнилғилар. Сиқилган газсимон ёнилғилар. Суюлтирилган газсимон ёнилғилар. Газсимон ёнилғиларни ишлатиш хусусиятлари.
Siqilgan va suyuqlashtirilgan uglevodorod gazlari
Suyuq neft motor yonilg‘ilarining o‘rnini bosuvchilaridan biri – bu suyultirilgan uglevodorod (propan-butan) gazidir. Ekspluatatsiya tajribasi shuni ko‘rsatdiki, unda ishlaganda motorning ishlash muddati va avtomobilning foydali yuki benzinda ishlaganidek o‘zgarmasdan qolar ekan.
1982 yildan boshlab siqilgan tabiiy gaz (metan)da ishlovchi avtomobillar seriyali ishlab chiqarilmoqda. Lekin ularning ko‘rsatkichlari suyultirilgan uglevodorod gazida ishlaydigan avtomobillarning ko‘rsatkichlariga nisbatan biroz pastroq: motor ishlashi muddati 38 % ga, yuk ko‘taruvchanlik – 500...550 kg ga kamayadi, bosimi 20 MPa bo‘lgan siqilgan gaz balonining massasi benzin baki massasiga nisbatan 500 kg ga og‘irroq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |