Moyning yuvuvchi xossalari. Ichki yonuv dvigateli ishlaganda porshenlarda lok qatlamlari, boshqa detallarda qo‘ng‘ir yoki qora rangli mazsimon yopishma qatlamlar hosil bo‘ladi. Agar moyga maxsus (yuvuvchi) prisadka kiritilsa, moyning lok va boshqa yopishma qatlamlar hosil qilishga moyilligi keskin kamayadi.
Uglevodorod yonilg‘ilari va motor moylari ishlatiladigan dvigatellar ba’zi detallarining yuzalarida (porshen va silindr yon yuzalarida, porshen halqasi ariqchalari va ichki devorlari sirtida, shesternyalar va boshqa detallarda) metall sirti bilan mustahkam yopishgan plyonka hosil bo‘ladi. Plyonka qalinligi bir necha o‘ndan to 200...300 mkm gacha bo‘ladi. Plyonka rangi och jigarrangdan (yupqa qatlamlarda) qoragacha o‘zgaradi.
Lak qoplamasiga o‘xshashligidan bunday plyonkalar lokli qatlamlar yoki loklar deb nomlanadi. Loklar harorat 300 ºC dan yuqori bo‘lganda hosil bo‘ladi.
11. Товар мойлари ассортименти. Бензинли (карбюраторли) двигателлар учун мойлар ассортименти. Дизеллар учун мойлар ассортименти
Motor moylari ularning qovushqoqligi va ekspluatatsion xossalari bo‘yicha markalanadi.
Bizning Respublikamizda ГOСT 17479.1-2015 “МАСЛА МОТОРНОЕ Классификация и обозначение” bo‘yicha motor moylari quyidagicha belgilanadi:
“M” harfi – motor moyi;
“Raqam” – qovushqoqlik sinfi, motor moynining 100 ºC dagi kinematik qovushqoqligini, qishki va hammamavsumbop (всесезонные) moylar uchun minus18 ºC dagi qovushqoqliklarini ham bildiradi:
qishki moylar uchun – 3z, 4z, 5z, 6z, 6, 8;
yozgi moylar uchun – 10, 12, 14, 16, 20, 24;
hammamavsumbop moylar uchun – 3z/8, 4z/6, 5z/10, 5z/12, 5z/14, 6z/10, 6z/14, 6z/16;
“Harf” – motor moyining ekspluatatsion guruhini, ya’ni qo‘llanish sohasini bildiradi:
A – kuchaytirilmagan benzinli va dizel dvigatellari uchun;
B – kam kuchaytirilgan dvigatellar uchun;
V – o‘rta kuchaytirilgan dvilatellar uchun;
G – yuqori kuchaytirilgan dvilatellar (nadduvsiz dizellar) uchun;
D – yuqori kuchaytirilgan og‘ir sharoitda ishlovchi dvilatellar (nadduvli dizellar) uchun;
E – yuqori kuchaytirilgan D guruhidan og‘ir sharoitda ishlovchi dvilatellar (nadduvli dizellar) uchun;
Harfdan keyin keluvchi indeks – 1 va 2 mos ravishda motor moyi benzinli va dizel uchunligini bildiradi, masalan G1 – benzinli, G2 - dizellar uchun.
Misol uchun, M-10V1:
M – motor moyi;
10 – qovushqoqlik sinfi, moyning 100 ºC dagi kinematik qovushqoqligi 10 mm2/s (sSt) ekanligini bildiradi;
V1 - o‘rta kuchaytirilgan benzinli dvigatellar uchun yozgi moy.
Do'stlaringiz bilan baham: |