Kelib chiqishi yoki birlamchi ashyosi bo‘yicha


Moy oksidlanishi va polimerlanishi



Download 1,18 Mb.
bet18/33
Sana25.01.2022
Hajmi1,18 Mb.
#409386
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Bog'liq
azamat

Moy oksidlanishi va polimerlanishi. Bu jarayonlarda hosil bo‘ladigan suyuq, yarimsuyuq va qattiq mahsulotlarning moyda eruvchanligi har xil va konstruksion materiallarga ta’siri ham turlicha. Dvigatel ishiga salbiy ta’sir qilish bilan birga moy oksidlanishi qator ijobiy effektlar ham beradi. Oksidlanish mahsulotlari yuqori qutbiy aktivlikka ega va shu tufayli ishqalanish yuzalariga adsorbsiyalanib yeyilishga qarshi ta’sir o‘tkazadi. Mexanik qo‘shimcha aralashmalarga adsorbsiyalanib, ular qattiq zarrachalarda ko‘p qatlamli kolloidli himoya hosil qiladi; bu nafaqat abraziv zarrachalarni ishqalanish yuzasidan himoya qiladi, balki moyning yeyilishga qarshi xossalarini ham yaxshilaydi.

Moy almashtirish. Moy qarishi sababli dvigateldagi moyni muntazam ravishda almashtirib turish lozim. Moyni almashtirish muddati asossiz cho‘zilsa, moy xossalari yomonlashadi va dvigatelda hosil bo‘ladigan qatlamlar miqdori ko‘payadi. Shu bilan birga dvigatel yeyilishi va moyning kuyishga sarfi sezilarli darajada ortadi.

Moy almashtirilishi davriyligi eksperimental aniqlanadi va dvigatel ishlagan vaqti bo‘yicha (moto-soatda) yoki avtomobil bosib o‘tgan yo‘li bo‘yicha (km da) dvigatel yoki avtomobil texnik pasportida ko‘rsatiladi.

Zamonaviy dvigatelsozlik va moylovchi materiallarni ishlab chiqarish sanoati rivojining asosiy tendentsiyalaridan biri – moyning xizmat muddatini oshirishdir. Sintetik moylarini qo‘llash dvigatelda moyni almashtirmasdan ishlatish muddatini ancha-munchaga (80...160 ming km gacha) oshiradi.

Qolgan sharoitlar bir xil bo‘lganda moyning xizmat muddati birinchi navbatda prisadkalarning parchalanishi va kuyishi bilan belgilanadi.

Gazsimon yonilg‘ilarda ishlaydigan dvigatelda moy almashtirilmasdan ishlashi muddati suyuq yonilg‘ida ishlaydigan dvigateldagiga nisbatan uzayadi. Buning sababi – moyga tushadigan iflosliklarning kamligi va prisadkalar ishlab sarflanishi tezligining kichikligidir.

Motorsozlik amaliyotida dvigatelda moy ishlashining muddati ekspluatatsion sinovlarda dvigateldan davriy ravishda olinadigan moy probalari analizi yo‘li bilan aniqlanadi.

Motor moylarini almashtirish bo‘yicha quyidagi tavsiyani berish mumkin:



  • agar avtomobil 100 ming km gacha masofani bosib o‘tgan bo‘lsa, u holda sintetik motor moylaridan foydalanib har 10 ming km atrofida moyni almashtirish tavsiya etiladi;

  • agar avtomobil 200 ming km gacha masofani bosib o‘tgan bo‘lsa, u holda yarim sintetik motor moylaridan foydalanib har 7-8 ming km atrofida moyni almashtirish tavsiya etiladi;

  • agar avtomobil 200 ming km dan ko‘p masofani bosib o‘tgan bo‘lsa, u holda mineral motor moylaridan foydalanib har 5-6 ming km atrofida moyni almashtirish tavsiya etiladi;

  • har moy almashtirganda moy filtirini ham almashtirish zarur.

  • Moy moylovchi xossalarining bosh ko‘rsatkichi – qovushqoqlikdir.


  • Download 1,18 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish