Kelib chiqishi yoki birlamchi ashyosi bo‘yicha


Turli joylardagi neftning elementar tarkibi



Download 1,18 Mb.
bet25/33
Sana25.01.2022
Hajmi1,18 Mb.
#409386
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Bog'liq
azamat

Turli joylardagi neftning elementar tarkibi

Qazib olish joy

Zichligi, g/sm3

C

H

S

N

O

Kul

Uxtinsk (RF)

0,897

85,30

12,46

0,88

0,14



0,01

Gronensk (RF)

0,850

85,95

13,00

0,14

0,07

0,74

0,10

Ozarbayjon

0,793

85,34

14,14

0,03



0,49



Kaliforniya (AQSH)

0,912

84,00

12,70

0,40

1,70

1,20


Neftning elementar tarkibini boshqa yonuvchi foydali qazilmalar bilan solishtirish uchun quyidagi jadvalga e’tibor qaratish mumkin (1.2-jadval).


1.2-jadval

Turli yonuvchi foydali qazilmalarning elementar tarkibi, %

Qazilma

Uglerod

Vodorod

Kislorod, oltingugurt va boshqalar

Neft

79,5–87,5

11,0–14,5

0,5–8,0

Slanetslar

76,6

9,2

14,2

Torf quruq

57,7

6,1

36,2

Ko‘mir:

tosh

81,3

5,2

13,5

qo‘rg‘ir

74,8

5,1

20,1

Neftning guruhiy tarkibi – uning tarkibiga kiruvchi ulevodorod guruhlari bilan aniqlanadi, ularning asosiylari quyidagilar:



  1. Metanlar (30 – 50 %), (to‘yingan parafinlar, alkanlar) – umumiy strukturaviy formulasi CnH2n2. Metan uglevodorodlari qatoriga kiruvchi uglevodordlarning ayrimlari 1.3-jadvalda keltirilgan.

1.3-jadval

Metan uglevodorodlari qatoriga kiruvchi uglevodordlar

Kimyoviy formulasi

Nomi

Suyuqlanish harorati, ts ºC

Qaynash harorati, tq °C

Agregat holati 20 ºC da

CH4

Metan

–182,5

–161,5

Gaz

C2H6

Etan

–182,8

–88,6

Gaz

C3H8

Propan

–187,7

–42

Gaz

C4H10

Butan

–138,3

–0,5

Suyuqlik

C5H12

Pentan

–129,7

+36,1

Suyuqlik

C6H14

Geksan

–95,3

68,7

Suyuqlik

C7H16

Geptan

–90,6

98,4

Suyuqlik

C8H18

Oktan

–56,8

124,7

Suyuqlik

C9H20

Nonan

–53,7

150,8

Suyuqlik

C10H22

Dekan

–29,6

174,0

Suyuqlik

C15H32

Pentadekan

+10

270,6

Suyuqlik

C20H42

Eykozan

36,8

342,7

Qattiq

C100H202

Gektan





Qattiq




  1. Naftenlar (25 – 75 %), (sikloalkanlar, siklanlar) – umumiy strukturaviy formulasi CnH2n. Sikloalkanlar, hamda polimetilen uglevodorodlari, naftenlar, siklanlar, yoki sikloparafinlar ‒ siklik to‘yinga uglevodorodlar bo‘lib, aromatik uglevodorodlar hamda sintetik tolalarni olish uchun manba hisoblanadi (1.4-jadval).

Atmosfera sharoitlarida (C3 – C4) ‒ gazlar, (C5 – C11) ‒ suyuqlik, C12 dan boshlab ‒ qattiq moddalar hisoblanadi. Ular suvda deyarli erimaydi. Siklanlarning qaynash va suyuqlanish haroratlari alkanlarga nisbatan yuqori.

17. Совитувчи суюқликлар.Антифризлар.

Ichki yonuv dvigateli ishlaganda yonish kamerasini tashkil qiluvchi detallarga qaynoq gazlar tegib ularni qizdiradi. Porshen, silindr, kallak va klapanlarning yuqori haroratlari so‘xta va lok hosil bo‘lishini tezlashtiradi, ishqalanish, tirnalish va detallarning yeyilishi ortadi, ishchi jarayon ko‘rsatkichlari yomonlashadi. Dvigatel normal ishlashi uchun uning detallarining harorati ma’lum darajada ushlab turilishi kerak. Bu vazifani sovitish tizimi bajaradi. Dvigatel turi va quvvati hamda uning ish rejimiga qarab, yonish jarayonida ajralib chiqadigan issiqlikning 25...35% ini sovitish tizimining ishchi jismi olib ketadi. Suyuqlik bilan sovitiladigan dvigatellarda bu vazifani sovituvchi suyuqliklar bajaradi.

Sovitish tizimining yaxshi ishlashi sovituvchi suyuqlikning to‘g‘ri tanlanilishiga va uning sifatiga bog‘liq.

Sovituvchi suyuqliklar quyidagi talablarga javob berishi kerak:


  • issiqlikni effektiv olib ketishi (issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligi katta bo‘lishi);

  • qaynash harorati yuqori va bug‘lanish issiqligi katta bo‘lishi;

  • qotish (kristallanish) harorati minimal bo‘lishi;

  • metallar korroziyasini va rezina detallari buzilishini chaqirmasligi;

  • minimal qovushqoqlikka va minimal hajmiy kengayish koeffitsiyentiga ega bo‘lishi;

  • ish paytida ko‘pirmasligi;

  • ekspluatatsiya sharoitlarida fizikaviy va kimyoviy stabillikka ega bo‘lishi;

  • arzon bo‘lishi, sog‘liq uchun xavfsiz va zararsiz hamda yong‘in nuqtai nazaridan xavfsiz bo‘lishi kerak.

Ushbu talablarni to‘liq qoniqtiradigan suyuqliklar yo‘q. Hozirgi paytda musbat haroratlarda sovituvchi suyuqlik sifatida toza suv, manfiy haroratlarda – past haroratlarda muzlaydigan suyuqliklar ishlatiladi.

Suv. Dvigatellar sovitilish tizimida suvdan keng foydalaniladi; bunga – suvning serobligi, arzonligi, zararsizligi, yong‘indan xavfsizligi sababdir. Suvning solishtirma issiqlik sig‘imi 4,2 kJ/(kgºC). Bu ko‘rsatkich bo‘yicha juda kam suyuqliklar (etil spirti, etilenglikol) suvga yaqinlashadi.

Suvning asosiy kamchiligi – muzlash haroratining yuqoriligi va suv hajmiga nisbatan hosil bo‘ladigan muz hajmining ko‘payishi (10 % ga)dir; bunda suvning devorga bosimi 250 MPa gacha ko‘payishi mumkin, bu esa sovitish tizimining suv yaxlayotgan elementlari buzilishiga olib keladi. Yopishgan tuz qatlami (quyqa) va cho‘kma hosil qilish qobiliyati – ham suvning kamchiligidir.

Quyqa deb balchiqsimon zarrachalar va nuragan yopishgan tuz qatlamlari zarrachalariga aytiladi; ular koagulyasiyalanish va sovitish tizimining harakatsiz zonalarida cho‘kish qobiliyatiga ega. Quyqa yopishgan tuz qatlamlari kabi issiqlik almashinadigan sirtlarning termik qarshiligini orttiradi va sovitish tizimi traktlarini to‘sib dvigatel qizib ketishiga sabab bo‘ladi.

Yopishgan tuz qatlamlari asosan kalsiy va magniy tuzlaridan tarkib topadi. Bu tuzlarning suvdagi miqdori uning “qattiq”ligini tavsiflaydi. Suv qattiqligi 1 l suvdagi milligramm-ekvivalent (mg-ekv) tuzlar miqdori bilan o‘lchanadi. Suv qattiqligi 1 mg-ekv/l bo‘lganda, unda 20,04 mg/l kalsiy ionlari yoki 12,16 mg/l magniy ionlari bo‘ladi. Agar suvda tuzlar miqdori 4 mg-ekv/l dan kam bo‘lsa, u “yumshoq”, 4...8 oralig‘ida bo‘lsa “o‘rtacha” va 8 mg-ekv/l dan ko‘p bo‘lsa “qattiq” hisoblanadi. Atmosfera suvi (yomg‘ir, qor) yumshoq, daryo yoki ko‘l suvi o‘rtacha va quduq va buloq suvlari qattiq hisoblanadi.


Past haroratda muzlovchi suyuqliklar. Antifrizlar


Suv yaxlash haroratining yuqoriligi va yaxlaganda hajmini sezilarli darajada kattalashtirish xossasi katta ekspluatatsion noqulayliklar tug‘diradi. Shuning uchun zamonaviy avtotraktorlar IYoDlarida sovituvchi suyuqlik sifatida past haroratda yaxlaydigan sovituvchi suyuqliklarantifrizlar ishlatiladi. Antifriz sifatida ba’zi uglevodorodlardan, tuzlar va spirtlarning suvli eritmalari va boshqalardan foydalanish mumkin. Etilenglikolning suvli eritmalari asosidagi antifrizlar eng keng tarqalgan. Etilenglikol – ikki atomli spirt CH2OH-CH2OH dir (qaynash harorati 199 ºC, yaxlash harorati –12 ºC). U – rangsiz va hidsiz zaharli suyuqlikdir. Etilenglikol suv va spirtlar bilan istalgan praporsiyada aralashadi, lekin neft mahsulotlari bilan aralashmaydi.

Etilenglikolli antifrizlarning xarakterli xususiyatlari:



  1. Hajmiy kengayish koeffitsiyenti kattaligi tufayli ishchi haroratgacha isiganda suyuqlik hajmi 6...8% gacha ortadi.

  2. Antifrizning issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligi suvnikiga nisbatan kam, shu sababli antifrizga o‘tilganida sovitish effektivligi pasayadi.

  3. Antifriz ekspluatatsiya qilinganda undagi faqat suv bug‘lanadi. Shuning uchun bug‘lanish oqibatida sovitish tizimidagi suyuqlik kamayganda suv qo‘shish lozim.

  4. Antifrizlar yuqori oquvchanlik va o‘tuvchanlikka ega, bu – sovitish tizimi germetikligiga yuqori talablar qo‘yadi.

  5. Antifriz muzlaganda yumshoq massa hosil bo‘ladi, uning hajmi sezilarsiz ortadi (masalan, antifrizdagi suv 60% bo‘lganda hajmning nisbiy ortishi atigi 0,25% bo‘ladi). Bu atrof-muhit harorati antifriz muzlashi haroratidan past bo‘lganda sovitish tizimining mexanik buzilishini istisno qiladi.

  6. Rezinalarning ba’zi navlaridan tayyorlangan detallarga antifrizlar buzuvchi ta’sir qiladi.

18. Мотор мойларининг термооксидловчи хоссалари. Мотор мойларининг хоссалари. Мойлар классификасияси (таснифи), асосий хоссалари ва қўлланилиши.


Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish