Tashqi holati bo‘yicha moylovchi materiallar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Suyuq moylovchi moylar, oddiy sharoitda suyuq holatda bo‘lib, oquvchanlikka ega bo‘ladilar (neft va o‘simlik moylari);
Plastik yoki konsistent surkov moylari, oddiy sharoitda mazsimon holatda bo‘ladilar (texnik vazelin, solidol, konstalin, yog‘lar va boshqalar). Ular antifriksion, konservatsion, zichlovchi va boshqalarga bo‘linadi;
Qattiq moylovchi materiallar, ular o‘z holatini harorat, bosim va shu kabilar ta’sirida o‘zgartirmaydi (grafit, slyuda, talk va boshqalar). Ular odatda suyuq yoki plastik moylovchi materiallar bilan aralashmada ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |