Turli joylardagi neftning elementar tarkibi
Qazib olish joy
|
Zichligi, g/sm3
|
C
|
H
|
S
|
N
|
O
|
Kul
|
Uxtinsk (RF)
|
0,897
|
85,30
|
12,46
|
0,88
|
0,14
|
–
|
0,01
|
Gronensk (RF)
|
0,850
|
85,95
|
13,00
|
0,14
|
0,07
|
0,74
|
0,10
|
Ozarbayjon
|
0,793
|
85,34
|
14,14
|
0,03
|
–
|
0,49
|
–
|
Kaliforniya (AQSH)
|
0,912
|
84,00
|
12,70
|
0,40
|
1,70
|
1,20
|
–
|
Neftning elementar tarkibini boshqa yonuvchi foydali qazilmalar bilan solishtirish uchun quyidagi jadvalga e’tibor qaratish mumkin (1.2-jadval).
1.2-jadval
Turli yonuvchi foydali qazilmalarning elementar tarkibi, %
Qazilma
|
Uglerod
|
Vodorod
|
Kislorod, oltingugurt va boshqalar
|
Neft
|
79,5–87,5
|
11,0–14,5
|
0,5–8,0
|
Slanetslar
|
76,6
|
9,2
|
14,2
|
Torf quruq
|
57,7
|
6,1
|
36,2
|
Ko‘mir:
|
tosh
|
81,3
|
5,2
|
13,5
|
qo‘rg‘ir
|
74,8
|
5,1
|
20,1
|
Neftning guruhiy tarkibi – uning tarkibiga kiruvchi ulevodorod guruhlari bilan aniqlanadi, ularning asosiylari quyidagilar:
Metanlar (30 – 50 %), (to‘yingan parafinlar, alkanlar) – umumiy strukturaviy formulasi CnH2n2. Metan uglevodorodlari qatoriga kiruvchi uglevodordlarning ayrimlari 1.3-jadvalda keltirilgan.
1.3-jadval
Metan uglevodorodlari qatoriga kiruvchi uglevodordlar
Kimyoviy formulasi
|
Nomi
|
Suyuqlanish harorati, ts ºC
|
Qaynash harorati, tq °C
|
Agregat holati 20 ºC da
|
CH4
|
Metan
|
–182,5
|
–161,5
|
Gaz
|
C2H6
|
Etan
|
–182,8
|
–88,6
|
Gaz
|
C3H8
|
Propan
|
–187,7
|
–42
|
Gaz
|
C4H10
|
Butan
|
–138,3
|
–0,5
|
Suyuqlik
|
C5H12
|
Pentan
|
–129,7
|
+36,1
|
Suyuqlik
|
C6H14
|
Geksan
|
–95,3
|
68,7
|
Suyuqlik
|
C7H16
|
Geptan
|
–90,6
|
98,4
|
Suyuqlik
|
C8H18
|
Oktan
|
–56,8
|
124,7
|
Suyuqlik
|
C9H20
|
Nonan
|
–53,7
|
150,8
|
Suyuqlik
|
C10H22
|
Dekan
|
–29,6
|
174,0
|
Suyuqlik
|
C15H32
|
Pentadekan
|
+10
|
270,6
|
Suyuqlik
|
C20H42
|
Eykozan
|
36,8
|
342,7
|
Qattiq
|
C100H202
|
Gektan
|
–
|
–
|
Qattiq
|
Naftenlar (25 – 75 %), (sikloalkanlar, siklanlar) – umumiy strukturaviy formulasi CnH2n. Sikloalkanlar, hamda polimetilen uglevodorodlari, naftenlar, siklanlar, yoki sikloparafinlar ‒ siklik to‘yinga uglevodorodlar bo‘lib, aromatik uglevodorodlar hamda sintetik tolalarni olish uchun manba hisoblanadi (1.4-jadval).
Atmosfera sharoitlarida (C3 – C4) ‒ gazlar, (C5 – C11) ‒ suyuqlik, C12 dan boshlab ‒ qattiq moddalar hisoblanadi. Ular suvda deyarli erimaydi. Siklanlarning qaynash va suyuqlanish haroratlari alkanlarga nisbatan yuqori.
17. Совитувчи суюқликлар.Антифризлар.
Ichki yonuv dvigateli ishlaganda yonish kamerasini tashkil qiluvchi detallarga qaynoq gazlar tegib ularni qizdiradi. Porshen, silindr, kallak va klapanlarning yuqori haroratlari so‘xta va lok hosil bo‘lishini tezlashtiradi, ishqalanish, tirnalish va detallarning yeyilishi ortadi, ishchi jarayon ko‘rsatkichlari yomonlashadi. Dvigatel normal ishlashi uchun uning detallarining harorati ma’lum darajada ushlab turilishi kerak. Bu vazifani sovitish tizimi bajaradi. Dvigatel turi va quvvati hamda uning ish rejimiga qarab, yonish jarayonida ajralib chiqadigan issiqlikning 25...35% ini sovitish tizimining ishchi jismi olib ketadi. Suyuqlik bilan sovitiladigan dvigatellarda bu vazifani sovituvchi suyuqliklar bajaradi.
Sovitish tizimining yaxshi ishlashi sovituvchi suyuqlikning to‘g‘ri tanlanilishiga va uning sifatiga bog‘liq.
Sovituvchi suyuqliklar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
issiqlikni effektiv olib ketishi (issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligi katta bo‘lishi);
qaynash harorati yuqori va bug‘lanish issiqligi katta bo‘lishi;
qotish (kristallanish) harorati minimal bo‘lishi;
metallar korroziyasini va rezina detallari buzilishini chaqirmasligi;
minimal qovushqoqlikka va minimal hajmiy kengayish koeffitsiyentiga ega bo‘lishi;
ish paytida ko‘pirmasligi;
ekspluatatsiya sharoitlarida fizikaviy va kimyoviy stabillikka ega bo‘lishi;
arzon bo‘lishi, sog‘liq uchun xavfsiz va zararsiz hamda yong‘in nuqtai nazaridan xavfsiz bo‘lishi kerak.
Ushbu talablarni to‘liq qoniqtiradigan suyuqliklar yo‘q. Hozirgi paytda musbat haroratlarda sovituvchi suyuqlik sifatida toza suv, manfiy haroratlarda – past haroratlarda muzlaydigan suyuqliklar ishlatiladi.
Suv. Dvigatellar sovitilish tizimida suvdan keng foydalaniladi; bunga – suvning serobligi, arzonligi, zararsizligi, yong‘indan xavfsizligi sababdir. Suvning solishtirma issiqlik sig‘imi 4,2 kJ/(kgºC). Bu ko‘rsatkich bo‘yicha juda kam suyuqliklar (etil spirti, etilenglikol) suvga yaqinlashadi.
Suvning asosiy kamchiligi – muzlash haroratining yuqoriligi va suv hajmiga nisbatan hosil bo‘ladigan muz hajmining ko‘payishi (10 % ga)dir; bunda suvning devorga bosimi 250 MPa gacha ko‘payishi mumkin, bu esa sovitish tizimining suv yaxlayotgan elementlari buzilishiga olib keladi. Yopishgan tuz qatlami (quyqa) va cho‘kma hosil qilish qobiliyati – ham suvning kamchiligidir.
Quyqa deb balchiqsimon zarrachalar va nuragan yopishgan tuz qatlamlari zarrachalariga aytiladi; ular koagulyasiyalanish va sovitish tizimining harakatsiz zonalarida cho‘kish qobiliyatiga ega. Quyqa yopishgan tuz qatlamlari kabi issiqlik almashinadigan sirtlarning termik qarshiligini orttiradi va sovitish tizimi traktlarini to‘sib dvigatel qizib ketishiga sabab bo‘ladi.
Yopishgan tuz qatlamlari asosan kalsiy va magniy tuzlaridan tarkib topadi. Bu tuzlarning suvdagi miqdori uning “qattiq”ligini tavsiflaydi. Suv qattiqligi 1 l suvdagi milligramm-ekvivalent (mg-ekv) tuzlar miqdori bilan o‘lchanadi. Suv qattiqligi 1 mg-ekv/l bo‘lganda, unda 20,04 mg/l kalsiy ionlari yoki 12,16 mg/l magniy ionlari bo‘ladi. Agar suvda tuzlar miqdori 4 mg-ekv/l dan kam bo‘lsa, u “yumshoq”, 4...8 oralig‘ida bo‘lsa “o‘rtacha” va 8 mg-ekv/l dan ko‘p bo‘lsa “qattiq” hisoblanadi. Atmosfera suvi (yomg‘ir, qor) yumshoq, daryo yoki ko‘l suvi o‘rtacha va quduq va buloq suvlari qattiq hisoblanadi.
Past haroratda muzlovchi suyuqliklar. Antifrizlar
Suv yaxlash haroratining yuqoriligi va yaxlaganda hajmini sezilarli darajada kattalashtirish xossasi katta ekspluatatsion noqulayliklar tug‘diradi. Shuning uchun zamonaviy avtotraktorlar IYoDlarida sovituvchi suyuqlik sifatida past haroratda yaxlaydigan sovituvchi suyuqliklar – antifrizlar ishlatiladi. Antifriz sifatida ba’zi uglevodorodlardan, tuzlar va spirtlarning suvli eritmalari va boshqalardan foydalanish mumkin. Etilenglikolning suvli eritmalari asosidagi antifrizlar eng keng tarqalgan. Etilenglikol – ikki atomli spirt CH2OH-CH2OH dir (qaynash harorati 199 ºC, yaxlash harorati –12 ºC). U – rangsiz va hidsiz zaharli suyuqlikdir. Etilenglikol suv va spirtlar bilan istalgan praporsiyada aralashadi, lekin neft mahsulotlari bilan aralashmaydi.
Etilenglikolli antifrizlarning xarakterli xususiyatlari:
Hajmiy kengayish koeffitsiyenti kattaligi tufayli ishchi haroratgacha isiganda suyuqlik hajmi 6...8% gacha ortadi.
Antifrizning issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligi suvnikiga nisbatan kam, shu sababli antifrizga o‘tilganida sovitish effektivligi pasayadi.
Antifriz ekspluatatsiya qilinganda undagi faqat suv bug‘lanadi. Shuning uchun bug‘lanish oqibatida sovitish tizimidagi suyuqlik kamayganda suv qo‘shish lozim.
Antifrizlar yuqori oquvchanlik va o‘tuvchanlikka ega, bu – sovitish tizimi germetikligiga yuqori talablar qo‘yadi.
Antifriz muzlaganda yumshoq massa hosil bo‘ladi, uning hajmi sezilarsiz ortadi (masalan, antifrizdagi suv 60% bo‘lganda hajmning nisbiy ortishi atigi 0,25% bo‘ladi). Bu atrof-muhit harorati antifriz muzlashi haroratidan past bo‘lganda sovitish tizimining mexanik buzilishini istisno qiladi.
Rezinalarning ba’zi navlaridan tayyorlangan detallarga antifrizlar buzuvchi ta’sir qiladi.
18. Мотор мойларининг термооксидловчи хоссалари. Мотор мойларининг хоссалари. Мойлар классификасияси (таснифи), асосий хоссалари ва қўлланилиши.
Do'stlaringiz bilan baham: |