Neftning tarkibiga kiruvchi uglevodorodlarning sinflari
Neft elementar, guruhiy va fraksion tarkibi bo‘yicha farqlanadi.
Neftning elementar tarkibi – unga kiruvchi alohida kimyoviy elementlar nisbati bilan aniqlanadi (massasi va hajmi bo‘yicha).
Neft tarkibiga kiruvchi asosiy elementlar:
uglerod «C» - 83…87 %;
vodorod «H» -11…14 %;
kislorod «O» - 0,1…1,2 %;
azot «N» - 0,02…1,7 %;
oltingugurt «S» - 0,01…5,8 %.
Bundan tashqari neftning tarkibida ayrim metallar ham bo‘lishi mumkin. Neftning tarkibida uglerod va vodorod turli uglevodorod birikmalari; kislorod va azot turli birikmalar (naften kislotalari, smolalar va boshqalar) ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Oltingugurt esa ham birikma ko‘rinishida, ham erkin holda uchrashi mumkin. Oltingugurt neft mahsulotlarining ekspluatatsion xossalariga salbiy ta’sir etadi, shu sababli uning miqdori neftning sifatini baholab beruvchi muhim me’zon hisoblanadi.
Neftni qayta ishlash jarayoni juda murakkab jarayon hisoblanadi. U bir necha bosqichdan iborat bo‘lib, quyidagilardan iborat:
neftni qayta ishlashga tayyorlash;
neftni birlamchi qayta ishlash;
neftni ikkilamchi qayta ishlash;
neft mahsulotlarini tozalash va sifatini yaxshilash.
Neftni qayta ishlashga tayyorlash jarayonida uning tarkibidagi uglevodor gazlari, suv va mexanik qo‘shimchalar ajratib olinadi. Neft tarkibidagi erigan uglevodor gazlari gaz separatorlarida yo‘lovchi gaz sifatida ajratib olinadi, so‘ngra neft tarkibidagi suv va mexanik qo‘shimchalardan tindiriladi.
Maxsus rezervuarlarda tindirilgan neft suvsizlantirish, tuzsizlantirish va neftni stabillash jarayonlarini amalga oshiruvchi neftni tayyorlash qurilmasiga (NTQ) yo‘naltiriladi. Bu qurilmalarda neftni tozalash natijasida, uning tarkibidaga suv miqdori 0,1 % dan, tuzlar kontsentratsiyasi esa 5 mg/l dan otrmaydi. So‘ngra neft YoMMlarni ajratib olish uchun birlamchi qayta ishlashga yuboriladi.
Neftdan yonilg‘i va moylash materiallarini olish uchun turli fizikaviy va kimyoviy usullar qo‘llaniladi. Ko‘p hollarda neft dastlab fizikaviy usulda tor fraksiyalarga ajratiladi, so‘ngra bu fraksiyalar kimyoviy usullar bilan tayyor mahsulotlarga aylantiriladi. Neftni qayta ishlash zavodlarida bu jarayonlar o‘zaro bog‘langan; qayta ishlanayotgan materiallar ishlov berishning bir bosqichidan boshqasiga o‘tkaziladi. Bunda elektr energiyasi, issiqlik va suvdan kompleks foydalaniladi. Neftni qayta ishlashning prinsipial sxemasi 1.2-rasmda keltirilgan.
Neftni to‘g‘ri haydash – bu neft uglevodorodlarini ularning qaynash haroratlari bo‘yicha birlamchi ajratish jarayonidir.
Neftni fraksiyalarga ajratishning birlamchi jarayoni to‘g‘ri haydash yoki distillyatsiya deb ataladi. Haydash natijasida olingan neftning alohida fraksiyalari distillyatlar deb ataladi.
Neftni to‘g‘ri haydaydigan zamonaviy qurilma (1.3-rasm) uzluksiz sikl bo‘yicha ishlaydi. Qurilma atmosfera va vakuum rektifikatsion kolonnalaridan iborat bo‘lib, bu kolonnalarda ularga kiritiladigan xom-ashyoning yetarli darajada to‘liq bug‘lanishini ta’minlaydigan sharoit (harorat, bosim) yaratiladi.
1.3-rasm. Neftni to‘g‘ri haydash qurilmasi sxemasi
1 – trubali pech’; 2 – rektifikatsion kolonna; 3 – sovitgichlar;
4 – gaz ajratgich; 5 – vakuum kolonna; 6 – issiqlik almashtirgichlar
16. Ёнилғи мойлаш материалларини ишлаб чиқариш учун хом-ашё: табиий нефт; нефт аралашмалари.
Yonilg‘i-moylash materiallarini olish uchun xom-ashyolar
Hozirgi kunda mavjud transport vositalari va qishloq xo‘jalik texnikasida qo‘llaniladigan yonilg‘i-moylash materiallarini olish uchun asosiy xom-ashyo tabiiy neft hisoblanadi.
Neft yonilg‘i va moylash materiallari, parafinlar, vazelinlar, konservatsiya materiallari, oliflar, loklar, sintetik kauchuk, spirtlar, bitum, plastmassa, tibbiyot preparatlari va boshqa ko‘pgina mahsulotlar uchun xom-ashyodir.
Neft haqida qisqa ma’lumotlar
Tabiiy neft yoqimsiz hidli quyuq suyuqlik bo‘lib, rangi va fizikaviy-kimyoviy xususiyatlari neft qazib olinadigan joyga bog‘liq. Rangi bo‘yicha to‘q jigarrang, sariq va och rangli neftlar mavjud. Uning zichligi 750...1000 kg/m3. Ba’zan zichligi 1300 kg/m3 gacha bo‘lgan og‘ir neftlar ham uchrab turadi. Neftning yonish issiqligi 43200...45700 kJkg, issiqlik sig‘imi – 1,66...2,09 kJ/(kgK). Neftning qotish harorati uning tarkibidagi qattiq uglevodorodlar va smolali moddalarga bog‘liq bo‘lib, +20 ºC dan –80 ºC gacha oraliqda bo‘ladi.
Neft – turli tarkibli va tuzilmali uglevodorodlar, ya’ni uglerod C va vodorod H dan tashkil topgan moddalarning aralashmasidir. U yer ostidan qazib olinadi. Respublikamizning Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysi hududlarida neft konlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |