38-MAVZU
QATTIQ JISM, SUYUQLIK VA GAZLARDA ISSIQLIK
UZATILISHI. ISSIQLIK O‘TKAZUVCHANLIK. KONVEKSIYA
Issiqlikning bir joydan ikkinchi joyga o‘ta olishini hamma biladi.
Pechka yoki isitish batareyalaridan chiqqan issiqlik butun uyga
tarqaladi. Stakanga quyilgan choyga qoshiq solib qo‘ysangiz, qoshiq
isib qoladi. Quyoshdan chiqqan issiqlik ham Yerga yetib keladi. Xo‘sh,
issiqlik qanday uzati
ladi? Modda tuzilishi haqidagi tasavvurlarimiz,
issiqlik uzatilishi undagi molekulalar harakati bilan bog‘liq degan
xulosaga keltiradi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, tutun ba’zan yuqoriga
ko‘tariladi, ba’zan yoyilib tarqaydi. Havoda ba’zan bulutlar ancha
muddat o‘zgarishsiz tursa, ba’zan shiddat bilan harakatga tushib qoladi.
Ularni qanday tushunish mumkin? Pechka yonidagi havo qiziganda
u kengayadi va zichligi kamayadi. Arximed kuchi ta’sirida u yuqoriga
ko‘tariladi. Uning o‘rniga zichligi katta sovuq havo oqib keladi. Natija-
da isitilganligi turlicha bo‘lgan havo qatlamlari orasida oqim vujudga
keladi. Bu hodisaga
konveksiya
(lotin cha –
olib kelish
) deyiladi.
Konveksiyani isiriq yordamida oson kuzatish mumkin (74-rasm).
Konveksiya faqat gazlar
da emas, balki suyuqliklarda ham bo‘ladi. Idish
tagidan berilgan issiqlik suyuqlikdagi konveksion oqim tufayli yuqoriga
ko‘tariladi. Suyuqliklarda
konveksiyani
namoyish qilib ko‘rsatadigan
tajribani o‘ylab toping.
Qattiq jismlarda zarralar bir joy
dan ikkinchisiga ko‘chmaydi. Ular
fa qat turgan joylarida tebranib turadi. Qattiq jismlarda atomlar bir-
biriga yaqin joylashganligidan issiqlikni shu tebranishlar orqali
bir-biriga uza
tadi. Bunday usulda issiqlikni uzatishga
issiqlik
o‘tkazuvchanlik
deyiladi.
Turli moddalarning issiqlik o‘tka
zuvchanligi turlicha. Buni quyidagi
tajribada ko‘rish mumkin (75-rasm). Sterjendan bir xil uzoqlikda
107
mis, temir, alu
miniy, yog‘ochdan yasalgan bo‘laklarni mahkamlaylik.
Bo‘laklar uchiga gu
gurt cho‘p
larini shamga o‘xshab oson eriydigan
modda bilan yopishtiraylik. Bo‘
lak lar mahkam
langan o‘rtadagi diskni
sekin qizdiraylik.
74-rasm.
75-rasm.
Issiqlik o‘tkazuvchanligining katta-kichik
ligiga qarab gugurtlar
birin-ketin tushib ketgan
ligini ko‘ramiz. Jadvalga qarab gugurtlar qaysi
tartibda tushishini ayting.
4-jadval
Modda
Issiqlik o‘tkazuv-
chanlik, W/(m
·
K)
Modda
Issiqlik o‘tkazuv-
chanlik, W/ (m
·
K)
Kumush
418
Suv
0,600
Mis
395
Beton
0,11–2,33
Alyuminiy
209
Qog‘oz
0,140
Temir
73
Paxta
0,042
Po‘lat
50
Yog‘och
0,2
G‘isht (qizil)
0,77
Shisha momiq
0,04
76-rasm.
Suyuqliklarning issiqlikni qanday o‘t
kazishini
o‘rga nish uchun quyidagicha tajriba o‘tkazaylik.
Uzun pro
birka olib, uning tagiga muz bo‘laklarini
solaylik. Usti dan esa metall sharcha bilan bostirib
qo‘yaylik. Sharcha ustidan suv quyib, rasmda
ko‘rsatilgan holat
da yuqori qismidan qizdiraylik.
Dastlab suv isib bug‘
lanadi, so‘ngra yuqori qismi qaynay bosh
lasa-
da, probirka tagidagi muz erimasdan turadi (76-rasm). Sababi haqida
o‘ylab ko‘ring.
Havo ham suyuqlik kabi issiqlikni yomon o‘tkazadi. Yonib
turgan gugurt yoki qizigan pechka yaqiniga qo‘limizni yaqin tutib,
kuydirmasdan tura olamiz.
108
Do'stlaringiz bilan baham: |