34
II bob. O‘z-o‘zini anglash
1.
Matnni diqqat bilan o‘qing. Erkin Vohidovning «Inson» qasidasiga aytil-
gan qo‘shiqni tinglang.
«1973-yil edi. Bir kuni Erkin Vohidov «Inson» qasidasini o‘qib berdi. Ting-
layapman-u, sochimdan tovonimga qadar bir titroq o‘rmalaydi. Shifokor
sifatida odamni faqat biologik jihatdan bilishning o‘zi kamlik qilishi, inson
o‘zini anglasa, quvvatini jamlasa, koinotni o‘zgartirishga qodirligini o‘shan-
da yanada teranroq anglaganman».
Abdukarim Usmonxo‘jayev, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
2.
Matndagi
«odamni faqat biologik jihatdan bilishning o‘zi kamlik qilishi,
inson o‘zini anglasa, quvvatini jamlasa, koinotni
o‘zgartirishga qodir...»
3. Shoir «Inson o‘zing»
deganda insondagi qanday im-
koniyatlar, qusurlar, xususiyatlar haqida so‘z yurita-
yapti?
4. «O‘zini anglasa», deyilganda nima nazarda tutil-
moqda?
Hammamiz aya deb chaqiradigan mahallamizning ayasi betob bo‘lib
qolibdilar. Ularni ko‘rgani onam bilan chiqdik.
Yaxshimisiz, tuzuk bo‘lib qoldingizmi, nima yordam kerak? deb so‘rashdi
kattalar. Men ayani kuzatardim, kasallik ayani ancha yengib qo‘yibdi, yuzlari
sarg‘aygan, lablar qurigan... Aya onamning
savollariga kulimsirab, javoban
rahmat, baraka toping,
ancha yaxshiman, o‘zinglar yaxshimisizlar? bollarim
tinchmi... derdi.
Mening kulgim keldi... Biz ayadan tuzuk bo‘lib qoldingizmi desak, u kishi,
rahmat deb, bizdan hol-ahvol so‘rayaptilar.
1-ijodiy faoliyat
Mulohaza uchun
35
Tarbiya 8-sinf
1. Hikoyada xalqimizga xos bo‘lgan qanday fazilatlar yashiringan?
2. Aya o‘zining hissiyotlarini qanday ifodaladilar?
3. Hikoyadagi
«Mening kulgim keldi... Biz ayadan tuzuk bo‘lib qoldingizmi de-
sak, u kishi, rahmat deb, bizdan hol-ahvol so‘rayaptilar»
holatiga munosa-
bat bildiring.
4. Hech e’tibor berganmisiz, ota-onangiz yoki
yoshi kattalar bir-birlari-
dan hol-ahvol so‘rashganda «Xudoga shukr yaxshimiz, rahmat» deb
aytishadi. Biror bir muammo bo‘yicha esa «Hammasi
ortda qoladi, hali
hammasi yaxshi bo‘ladi, har bir ishda xayr bor» deb o‘zlariga tasalli beri-
shadi. Ular hissiyotlarini qanday boshqarishadi? Nima uchun shunday
javob berishadi?
5.
Hamdardlik, o‘zgalarni tushunish degan tushunchalarga hayotiy misollar
keltiring.
6. Shukr qilish, sabr va matonat, quvonish, yig‘lash kabi hissiyotlar insonga
nima uchun kerak?
7.
«O‘zgalar yutug‘idan quvonish – hasadni yo‘q qiladi, havasga aylanadi. Ham-
dard bo‘lish – o‘zingni anglatadi, bu esa shukrga sabab bo‘ladi. Shukr qi-
lish – xafagarchilikning oldini oladi. Sabr qilishga o‘rgatadi. Sabr – irodani
tarbiyalaydi. Iroda yashash uchun umid bag‘ishlaydi, muvaffaqiyatga
yetaklaydi. Muvaffaqiyat – havas, shukr, sabr, iroda, umid uchun mukofot-
dir»
degan jumlani izohlashga harakat qiling.
Nuqul o‘tmishidan noliydigan odam
kelajagini barbod qilishi mumkin. O‘z
ildizini inkor qilgan daraxt qurib qoladi.
O‘tkir Hoshimov
Do'stlaringiz bilan baham: