75
Tarbiya 8-sinf
1. Ona tilini yaxshi bilish insonga qanday imkoniyatlar beradi?
2. O‘z tilini yaxshi bilmagan inson nega o‘zga tilni o‘rgana olmaydi?
3. Chet tilini bilishning qanday yaxshi tomonlari bor?
4. Til o‘rganish inson hayotini qay darajada o‘zgartirib yuboradi?
5. Mahmud az-Zamaxshariyning arablar oldidagi xizmati nimada ekanligini
bilasizmi?
Jahongir O‘zbekistonda tadbirkor sifatida tanilgan.
Muvaffaqiyatga eri-
shish uchun avval uning haqini to‘lash kerak – Jahongir yaxshi hayotga
mashaqqatli mehnat va ilm evaziga erishdi.
U bolaligidan mustaqil bo‘lishga, xususan,
moliyaviy jihatdan qa-
ram bo‘lmaslikka intilgan. Jahongirning orzusi – oilasi farovon va to‘kin
yashashi edi. Hayot uni turli yo‘llar bilan sinadi. O‘quvchilik yillari maktab-
dan bo‘sh vaqtlari, ayniqsa, ta’til kunlarida u qiyinchilikdan cho‘chimadi, oz
miqdorda bo‘lsa-da pul topib oilasiga ko‘maklashdi.
Jahongir maktabda a’lo baholarga o‘qidi. 17 yoshida unda ajoyib g‘oya
tug‘ildi
–
bo‘sh
vaqtida
bolalarga ingliz tilidan ta’lim
berish. Aflotunning «O‘rgatib
– o‘rganaman» degan mashhur
fikri isbotini topdi. Tajriba
va
bilim birlashib, Jahongir
talaba bo‘la turib 22
yoshida
o‘z biznesiga asos soldi. Ammo
bu muvaffaqiyat bilan birga
kutilmagan sinovlar ham keldi.
Shu
yili uning otasi qazo qildi,
Mulohaza uchun
Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar
76
IV bob. Taraqqiyot va biznes – ilm-fan va yaratuvchanlik mevasi
1. Yuqoridagi matnga sarlavha tanlang.
2. Sizningcha, hayotda mashaqqatlar nega kerak? Ularni qanday yengib o‘tish
mumkin?
3. Quyidagi savollar asosida insho yozing.
– 25 yoshingizda siz o‘zingizni qayerda tasavvur qilasiz? Kim bo‘lasiz va
nima ish bilan mashg‘ul bo‘lasiz?
– Maqsadingizga erishish uchun Jahongir Po‘latovdagi qaysi fazilatlar sizga
yordam beradi?
– Og‘ir damlarda insonga omon qolishi uchun nimalar yordam beradi?
Ko‘p til bilish – bitta qulfga tushadigan
bir necha kalitga ega bo‘lish degan gapdir.
Fransua Volter
oila mas’uliyati yelkasiga tushdi, moliyaviy qiyinchiliklar boshlandi. Unda kuchli
ishonch bor edi –
mashaqqat imkoniyatning boshi, qanchalik og‘ir bo‘lmasin,
albatta quyosh chiqadi.
«Cambridge» o‘quv markazi asoschisi Jahongir Po‘latov
mashaqqatlarni tajriba deb biladi. Xato – to‘xtash uchun
sabab emas, bu yana urinib ko‘rish uchun imkoniyat. U o‘zi
qilayotgan ishni yaxshi ko‘rgani uchun undan huzurlanadi, har
kuni 20 daqiqa mutolaa uchun vaqt ajratib, maqsadlarini
tartiblab oladi.
Yosh tadbirkorning fikricha, xorijga
chiqqanda yangi g‘oyalarni o‘rganib,
Vatanda tatbiq
qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: