71
Tarbiya 8-sinf
1. Jadidlar nima sababdan ilm-fan va ma’rifatni qo‘llab-quvvatlaganlar?
2. Til, adabiyot, san’at va ilm-fanning rivoji, jamiyatda hammaning teng
bo‘lishi nima uchun muhim sanaladi?
3. Mamlakat yoshlarining xorijda tahsil olib qaytishlari ilm-fan rivojiga
qanday xizmat qiladi?
Jadidchilik harakati, ma’rifatparvar bobolarimiz merosini
chuqur o‘rganishimiz kerak. Uni qancha ko‘p o‘rgansak,
bugun bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga
to‘g‘ri javob topamiz.
Shavkat MIRZIYOYEV
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida O‘zbekistonning bir guruh ziyolilari o‘z
yurtini rivojlantirish, taraqqiy ettirish yo‘lida ilm-fan va ma’rifatni qo‘llab-
quvvatladilar. Ular bu ijtimoiy-siyosiy va intellektual faol harakatlari tufayli
«jadidlar» deb atalganlar. Jadidlar jamiyatda ma’rifatni targ‘ib qildilar, til va
adabiyot, san’atni rivojlantirishga intildilar, ilm-fan yutuqlarini qo‘llashni
yoqlab chiqdilar.
Jadidlar erkin va farovon jamiyatni qurish va bu jamiyatda ilm-ma’rifatni
rivojlantirish yo‘lida yangi maktablar, gazeta va teatrlar tashkil qilganlar.
Oradan uzoq yillar o‘tib, ularning orzu-istaklari ro‘yobga chiqdi.
O‘zbekiston mustaqil va ilm-fan taraqqiy etayotgan davlatga aylandi. Jadid
bobolarimizning nomlari qayta tiklanib, meroslari chuqur o‘rganilmoqda.
3-ijodiy faoliyat
Mulohaza uchun
Ma’naviyat xazinasidan
O‘qib qadr topgan yigit haqida hikoya
Zafarbek ta’limni har qanday chigal vaziyatlar va muammolardan qutu-
lish uchun xaloskor deb bildi. Maktabda va maktabdan
tashqari vaqtlarda
ham tinmay dars qildi, ko‘plab kitoblar o‘qidi. U do‘stlari bilan koptok tepish-
dan ham voz kechdi. Yillar ketidan yillar o‘tdi, Zafarbek maktabni yuqori ba-
holar bilan tamomlab, universitetga o‘qishga qabul qilindi.
Talabalik yillarida Zafarbek 18 soat bilim olish bilan mashg‘ul bo‘ldi, uni
faqat kutubxonadan topish mumkin edi. Otasi bergan pulni tejash uchun Zafar-
Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm
lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat
boshqalarga poymol bo‘lur.
Mahmudxo‘ja Behbudiy
Topshiriq.
Kutubxona yoki internet tarmog‘idan O‘zbekistonda jadidchilik
harakatida faol ishtirok etgan ajdodlarimiz to‘g‘risida ma’lumot to‘plang.
Ularning faoliyati va tashabbuslariga oid taqdimot tayyorlang.
Buyuk
vatandoshlarimiz, dunyo tanigan allomalarimiz – Abu Abdulloh
Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Umar
Xayyom,
Nasriddin At-Tusiy, Mirzo Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin
Jamshid
Al-Koshiy, Muhammad Ali Qushchi va boshqalar hozirgi zamon
hisoblash
tizimini kashf etdilar, manfiy va irratsional sonlar bilan ishlash
yo‘llari, ildiz chiqarish, kvadrat tenglamalarni yechish usullarini topdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: