Kazus
Huquqni sharhlash hujjatlari turli yuridik kuchga va amaliy ahamiyatga,
ya’ni turli yuridik xususiyatga ega bo‘lgan huquqiy hujjatlarning murakkab, ko‘p
darajali tizimidan iboratdir. Huquqni sharhlash hujjati – muayyan huquqiy
normani qay tarzda tushunish va amaliyotda qo‘llashni tushuntirib beruvchi
hujjat. Subyektlarga bog‘liq ravishda huquqni sharhlashning ikki turi, ya’ni
rasmiy sharhlash va norasmiy sharhlashni alohida farqlash qabul qilingan.
Rasmiy sharhlash vakolatli huquq subyektlari tomonidan amalga
oshiriladigan hamda izohlanayotgan norma bilan o‘zaro munosabatlarni tartibga
solinadigan barcha huquq subyektlari uchun majburiy xususiyatga ega bo‘lgan
huquq normalarini tushuntirishga qaratilgan faoliyatdir. Rasmiy sharhlashning
normativ va kazual turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Huquq normalarini rasmiy va norasmiy sharhlashning o‘ziga xos
xususiyatlarini tahlil qilgan holda huquqni sharhlash hujjatlarini normativ-
huquqiy hujjatlardan farqli jihatlari, shuningdek huquqni qo‘llash jarayonidagi
o‘rnini tushuntirib o‘ting.
Javob:
Ushbu kazusga IRAC uslubidan foydalangan holda javob beramiz. IRAC
uslubining I yaʼni Issue qismidan foydalangan holda bir nechta tushunchalarni
ajratib olamiz.
1)
Huquq normalarini sharhlash tushunchasi.
2)
Huquq normalarini sharhlash nima uchun kerak?
3)
Huquq normalarini sharhlashning qanday turlari mavjud?
4)
Huquqni sharhlash hujjatlarining normativ huquqiy hujjatlardan farqi.
Endi biz kazusni yechishda IRAC uslubining R (rule) qismidan
foydalanamiz. Ushbu qismda kazusni yechishda kerakli boʻladigan manbalar
keltirib oʻtiladi.
1)
X.T.Odilqoriyev “Davlat va huquq nazariyasi”
2)
Sh.A.Saydullayev “Davlat va huquq nazariyasi”
3)
Z.M.Islomov “Davlat va huquq nazariyasi”
Application qismidan foydalanib Issue qismidagi savollarga javob
beramiz.
1.Huquqni sharhlash huquqni amalga oshirishda ayniqsa uning bir qismi
boʻlgan huquqni qoʻllashda alohida oʻringa ega. Amaliyotda huquq
normalarining toʻgʻri qoʻllanilishi uchun ularni sharhlash talab etiladi. Huquq
normalarini sharhlash – huquq normalarining maqsadi mazmun va mohiyatini
aniqlash hamda tushuntirishga yoʻnaltirilgan faoliyatdir. Huquqshunos olimlar
tomonidan huquqni sharhlashning ikki jihati koʻrsatib oʻtiladi. Bular huquq
normasini anglash va huquq normasini tushuntirib berish. Huquqni anglab
olgandan soʻnggina uni tushuntirib berish mumkin. Yaqin oʻtmishda faqat
mazmuni mavhum va munozarali boʻlgan huquq normalari sharhlanishi kerak
deb hisoblangan. Yangi normalarni sharhlash esa taqiqlab qoʻyilgan. Akademik
V.S.Nersesyansning fikricha, agar sharhlovchi subʼekt tomonidan sharhlash
davomida huquq normasi oʻzgartirilmasa yoki bekor qilinmasa uni cheklash
kerak emas. Huquqning mazmuni qonun sifatida rasmiylashtirishdan oldin
tushunib olinishi, xuddi shuningdek alohida huquq normasining mazmuni, u
tatbiq etilishidan oldin aniqlanishi shart.
1
2. Huquq normalarini sharhlash vakolatli davlat organlari va mansabdor
shaxslar tomonidan ishlab chiqilgan huquq normalarini tushunishga va uni toʻgʻri
tatbiq etish uchun kerak. Huquq normalarini sharhlashning asosiy maqsadi qonun
chiqaruvchi organning ushbu normadan koʻzlagan maqsadini aniqlashdan iborat.
Shu oʻrinda Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 6-moddasini
sharhlasak. Ushbu moddada Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahri
1
X.T.Odilqoriyev.Davlat va huquq nazariyasi. Darslik.
–
Тoshkent. «Adolat», 2018. –
383b.
ekanligi taʼkidlangan. Yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahri
undan boshqasi emas. Poytaxt sifatida Toshkent shahrining tanlanishiga sabab
SSSR davrida barcha boshqaruv organlari shu shaharga joylashtirilgan.
Mustaqillikka erishganimizdan soʻng ham uning maqomi oʻzgarmadi.
Huquqshunos olimlar tomonidan huquq normalarini sharhlashning bir
nechta xususiyatlari keltirib oʻtiladi. Bular:
a)huquq normalarini sharhlash orqali huquq normalarining mazmun
mohiyati ochib beriladi;
b) huquqiy tartibga solishning zaruriy sharti sifatida maydonga chiqadi;
d)qonunda belgilangan hollarda vakolatli davlat organlari tomonidan
amalga oshiriladi;
e)majburiylik tusi berilganda, maxsus huquqiy hujjatlar bilan
mustahkamlab qoʻyiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasida davlat hokimiyati organlari, davlat
boshqaruv organlari, sud, prokuratura, jamoat birlashmalari huquqni sharhlash
bilan shugʻullanadilar. Shuning uchun ham huquqni sharhlash hujjatlari turli
yuridik kuchga ega. Huquqni sharxlash hujjati maʼlum bir huquq normasini
tushuntiruvchi va amaliyotda qoʻllashga koʻmaklashuvchi hujjat hisoblanadi.
Huquqni sharhlash hujjati subʼektlariga koʻra rasmiy va norasmiy sharxlash
turlariga boʻlinadi.
Rasmiy sharxlash – bu vakolatli davlat organlari tomonidan amalga
oshiriladigan
sharhlashdir.
Rasmiy
sharhlash
hujjati
barcha
uchun
umummajburiy ahamiyat kasb etadi.
Rasmiy sharhlash oʻz navbatida ikki turga boʻlinadi. Bular normativ va
kazual sharhlash. Normativ sharhlash huquqni qoʻllashda majburiy ahamiyatga
ega boʻladi. Normativ sharhlash ham ikki qismdan iborat boʻlib, autentik va legal
sharhlash kabi turlarga farqlanadi.
Autentik sharhlashda huquq normasini ishlab chiqqan organ tomonidan
sharh beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi “ Normativ-huquqiy hujjatlar
toʻgʻrisidagi” qonunning 4-moddasida huquq normasi ishlab chiqish vakolatiga
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat
qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari ega ekanligi
koʻrsatilgan. Autentik sharhlash ushbu vakolatli davlat organlari tomonidan
amalga oshiriladi. G.F. Shershenevichning fikriga koʻra autentik sharhlashning
kuchi uning ishonarligida emas balki uning majburiyligidadir. Autentik sharhlash
qonunni sharhlash emas, qonuning oʻzidir.
2
Legal sharhlash vakolat berilgan davlat organi tomonidan amalga
oshiriladi. Legal sharhlashni faqat Konstitutsiyaviy sud amalga oshiradi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109 – moddasida Konstitutsiyaviy
sud vakolatlari belgilangan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va
qonunlari normalariga sharh berishi ham vakolati ekanligi taʼkidlangan.
Rasmiy sharhlashning yana bir turi – kazual sharhlash hujjati
umummajburiy ahamiyatga ega boʻlmaydi. Kazual sharhlash sud va boshqa
vakolatli organlar tomonidan koʻrilayotgan va hal qilinayotgan aniq ishlar
boʻyicha tanlab olingan kerakli huquq normasiga beriladi. Kazual Sharhlash
ushbu koʻrilayotgan ish uchun majburiy tusga ega boʻladi. Kazual sharhlash
hujjatlariga fuqarolik va jinoiy ishlar boʻyicha sud tomonidan chiqarilgan
qarorlarni misol qilib olishimiz mumkin. Kazual sharhlashning yana bir oʻziga
xos jihati bir martalik xarakterga egaligidadir.
2
Z.M.Islomov. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. T
–
.: Adolat, 2007.
–
789b
Huquq normalarini sharhlashning navbatdagi turi norasmiy sharhlashdir.
Norasmiy sharhlashni maxsus vakolatga ega boʻlmagan organlar yoki shaxslar
amalga oshiradilar. Ushbu sharhlash turi ham majburiy ahamiyat kasb etmaydi.
Norasmiy sharhlashning uch turi mavjud. Bular ilmiy(doktrinal), kasbiy(
professional) va oddiy sharhlashdir. Ilmiy sharhlash olimlar, ilmiy xodimlar va
mutaxassislar tomonidan darsliklar, maʼruzalar va ilmiy maqolalarda amalga
oshirilishi mumkin.
Professional sharhlash huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan
kasbiy faoliyati davomida amalga oshiriladi. Professional sharhlash sudya,
prokuror, tergovchi, advokat, notarius va boshqa yuridik soha bilan
shugʻullanuvchi shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu sharhlash turiga
O.T. Xusanov va A.A. Abbosovichning Konstitutsiyaga sharh berilgan
kitoblarini keltirib oʻtishimiz mumkin.
Oddiy sharxlash yuridik soha bilan shugʻullanmaydigan fuqarolar
tomonidan kundalik duch kelinadigan huquqiy hodisalar va harakatlarga nisbatan
amalga oshiriladi.
Rasmiy sharhlashning oʻziga xos xususiyatlari vakolatli davlat organi
tomonidan amalga oshirilishi va majburiy ahamiyat kasb etishidir. Norasmiy
sharhlashning oʻziga xos xususiyati maxsus vakolatga ega boʻlmagan tashkilotlar
va shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va majburiy ahamiyat kasb etmaydi.
Huquqni sharhlash hujjatlarining huquqni qoʻllashdagi oʻrni normativ
huquqiy hujjatlardagi huquq normalarining mazmun mohiyatini aniqlash va
ularni toʻgʻri qoʻllashdir. Huquq normasini hayotga tadbiq etishda va tribunal
talqin etishda huquq normalarini sharhlashning oʻrni kattadir. A.M. Gulaevni
fikricha huquqni sharhlash faqatgina huquq normalari noaniq boʻlganda emas,
balki har qanday qonun sharhlanishi kerakdir. Huquq normalarini sharhlash
orqali huquq normalaridagi kamchilik va boʻshliqlar aniqlanib, toʻgʻirlanadi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak huquqni sharhlash hujjatlarining normativ
huquqiy hujjatlardan farqi ular yangi huquq normasi yaratmaydi, oʻzgartirmaydi
va ularni bekor qilmaydi. Ular mustaqil ahamiyatga ega boʻlmaydi, yaʼni huquq
normalari bilan birgalikda amalda boʻladi. Huquqni sharhlash hujjatlari koʻp
martalik va bir martalik boʻladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.X.T. Odilqoriyev. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – T.:
«Adolat»,2018. –528b.
2.Sh.A.Saydullayev. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – T.: TDYU,
2018. – 220b.
3.Z.M.Islomov. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – T.: «Adolat», –
919b.
4. Oʻzbekiston Respublikasi “ Normativ huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi
qonun.
5. uz.m.wikipedia.org
Do'stlaringiz bilan baham: |