Yangi pedagogik texnologiyalar va didaktik o`yinlar turlari
“Pedagogik texnologiya -o`qituvchi mahoratiga bog`liq
bo`lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay
oladigan o`quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining
loyihasidir. V.B .Bespalko
“So`z ichida so`z”o`yini
O`quvchilar bir so`zdan bir necha so`z hosil qilishlari talab etiladi.Hosil qilingan so`zlar ma'nosi ustida ishlanadi.
Namuna:
O`zbekiston:o`zbek,bek,kon,son,kit,kitob,biz,it,ko`z.
Toshkent:tosh,osh,tok,nok,tesh.
“Quvnoq alifbo” o`yini
O`quvchilar tarqatmadagi raqamlarga yashiringan hikmatlarni ,so`zlarni topishlari vazifa qilib beriladi.Raqamlar alifbodagi harflarni tartibini bildiradi.Avval so`zlarni topishdan boshlab ,keyin hikmatli so`zlar ,maqollarni topshiriq siratida berish mumkin.
Namuna:8 11 12-ilm
12 4 7 13 1 19-mehnat
Namuna:10 8 19 14 2 - 2 8 11 8 12 2 20 11 14 26 8.
Kitob-bilim bulog`i. -10-
“So`z tuz va o`qi “o`yini
O`rganilgan harflar harf kassasidagi ko`rinishi yoki magnitli harflar doskaga ilinadi va ulardan so`zlar topiladi.
Namuna: A N O I L B K
Ona,ilon,kon,oila,bol,nol
“U kim ?Bu nima?”didaktik o`yini
Stol ustigabir qancha rasmlar terib qo`yiladi .O`qituvchi shu rasmdagi narsani ta'riflaydi ,o`quvchilar shu belgilar asosida gap nima haqida borayotganligini topadilar.
Namuna:Uni barcha yaxshi ko`radi.U orqali biz ko`p bilimlarga ega bo`lamiz.Unga bilim bulog`i deb ta'rif berilgan.Bu nima?
Javob : kitob
U shar shaklida bo`ladi.Bolalar uni sevib o`ynaydilar.Turli rangdagi ko`rinishdagilari bo`ladi.Bu nima?
Javob:koptok
“Iztopar” o`yini
O`yin yordamida o`rganilgan tovush va harflarni takrorlash,so`zlarni imlosini mustahkamlashdan iborat.Sinf o`quvchilariga o`yin sharti tanishtiriladi.Doskaga kesma harflar orqali so`zlarning ba`zi bir harfi tushirib terib qo`yiladi.”Iztopar”o`quvchi shu harflarni topib ,bo`sh o`ringa qo`yadi va topgan -11-
so`zini o`qiydi.
Namuna:O*a - ona ota opa
Qo*loq - qoloq qozoq qovoq qochoq
“Yelpig`ich” ta'lim texnologiyasi
«Yelpig’ich» texnologiyasidan foydalanib, o`quvchilarda:
-ishga ijodiy yondashish;
-muammoga diqqatini jamlay olish,
-murosali qarorlarni topa olish mahoratini oshirish mumkin.
Bu tеxnologiya o`quvchilarlar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u
o’quvchilar tajribasidan foydalanishni ko’zda tutadi, faol ijodiy izlanish va fikriy
tajriba o’tkazish imkoniyatlariga ega.
Namuna:Sinf o`quvchilari guruhlarga ajratiladi.Har bir guruhga archa rasmli topshiriq beriladi.
- +
Sinf o`quvchilarga qish faslining ijobiy va salbiy tomonlarini so`z orqali yozdirish
Ijobiy(yaxshi):qor,Yangi yil bayrami,archa,sovg`a.
Salbiy(yomon):sovuq,kasal,shamollash,gripp,loy.
12
“Baliq skeleti”texnologiyasi
“Baliq skeleti” texnologiyasi.Ushbu texnologiya baliq model chizmasi orqali namoyish etilib, bunda o‘quvchilar o‘rtaga tashlangan muammoni har tomonlama ochib berishga harakat qiladilar. Baliq skeleti chizmasi vatmanga chizilib uning tepa qismiga yechilishi kerak bo‘lgan muammo yoziladi. Pastki qismiga muammoni hal etilish yo‘llari yozib boriladi. Masalan, savodga o`rgatish davrida muammosi qo‘yilsa, bolalar o‘z fikrlari bilan baliq skletini boyitib boradilar.
Bu usul orqali o‘quvchilar mustaqil, keng, ijodiy, tanqidiy fikrlashga o‘rganadilar.Sa-vodga o`rgatish davrida o`tilgan harflarga so`zlar toptirish o`quvchilarda topqirlikka,zukkolik qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Namuna
“Bo`g`in tutish”o`yini
un
Bu o`yinni o`ynash jarayonida o`quvchilar bo`g`inlarni o`qish avtomat holatiga keladi,tezkorlik shakllanadi.Bu o`yinni o`tkazish uchun bo`g`inlar yozilgan tarqatma doskaga ilinadi.Ikki o`quvchi qo`llariga kapalak tutadigan moslama yoki cho`p ushlashadi.Oqituvchi bo`gin yoki so`z aytadi,kim birinchi bo`lib topsa ,shu o`quvchiga rag`bat beriladi.O`yin oxirida rag`batlar hisoblanadi va g`olib aniqlanadi.
bu
Namuna:
son
qu
ok
kam
kuz
-14-
“Qurbaqa”didaktik o`yini
Savodga o`rgatish davrida “Qurbaqa”didaktik o`yini juda maqsadga muvofiq keladi.
Ayniqsa bu yoshda bolalar o`yin o`ynashga bo`lgan qiziqishlari kuchli bo`lganligi uchun bu o`yin ularga juda yoqadi.Bu o`yinda bola ham o`qiydi,ham o`ylaydi,ham o`ynaydi.Bu didaktik o`yinni o`tkazish uchun qog`ozga yozilgan yoki kompyuterda yozilgan so`zlar zarur bo`ladi.O`qituvchi so`zlarni polga qo`yib chiqadi.O`yin ishtirokchisi so`zni o`qiydi ,agar to`g`ri o`qigan bo`lsa sakraydi.Agar so`zni noto`g`ri o`qigan bo`lsa ,suvga tushadi, ya`ni ,yutqazadi.Agar to`g`ri o`qigan bo`lsa ,keyingi so`zga o`tadi.
So`zlar soni 5-6tadan oshmasligi maqsadga muvofiq bo`ladi.O`qituvchi so`zlarni va ularni o`rnini almashtirib turadi..Bu didaktik o`yinni musobaqa tarzida o`tkazilsa yanada qiziqarli bo`ladi.
mahalla
tanlov
Vatan
maktab
oila
ona
Do'stlaringiz bilan baham: |