Katta yoshdagilarda tashkil etiladigan jismoniy tarbiya va sport
Reja
Jismoniy tarbiya fanning ahamiyati.
Sport turlari xaqida malumot
Jismoniy tarbiya va sport katta yoshdagilar uchun sport turlari xaqida ma’lumot
Jismoniy tarbiya va sport yoshlarning o`sishi, rivojlanishi, sog`lig`ini mustahkamlanishi, ish qobiliyatining oshishi, umri uzayishining muhim omilidir.
Jismoniy tarbiya va sport trenerovkasi mashqlari – bu ijtimoiy-pedagogik jarayon bo`lib, unda asosiy vazifani pedagog, ya`ni jismoniy tarbiya o`qituvchi va trener bajaradi. Shuning bilan birga, bu jarayonlarning asosiy ob`yekti, jismoniy tarbiya va sport mashqlari bilan shug`ullanuvchi yoshlar hisoblanadi.Jismoniy tarbiya va trenerovka mashg`ulotlarining unumdorligi, ularning bajarish uslublari, vositalari har bir shug`ullanuvchi organizmining sog`lig`i, chiniqqanligi, funksional imkoniyatlari va individual xususiyatlariga mos bo`lishi bilan bog`liq.
Jismoniy tarbiya o`qituvchisi va trenerga jismoniy mashqlar bilan shug`ullanuvchilarning sog`lig`i va kelajak taqdiri ishonib topshiriladi. Shu bois, ular unutmasliklari lozimki, mashg`ulotlarni tashkil etish va o`tkazish uslublarida, mashg`ulot hajmi va tezligini belgilashda yo`l qo`yilgan har bir xato, mashg`ulot natijasining pasayishiga olib kelishi bilan birga, shug`ullanuvchilarning sog`lig`iga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin.
Jismoniy tarbiya o`qituvchisi va trener – bu keng qamrovli, nihoyatda muhim va murakkab vazifani bajaruvchi pedagog hisoblanadi. Uning faoliyatida ma`naviy - axloqiy, sport - pedagogik, psixologik va sport tibbiyoti mutaxassisliklari bir - biri bilan uzviy bog`langan holda namoyon bo`ladi. Jismoniy tarbiya o`qituvchisi va trenerni mutaxassis sifatida tayyorlashda tibbiy-biologik (odam anatomiyasi, odam fiziologiyasi, yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi, jismoniy tarbiya gigiyenasi) fanlar orasida, Sport tibbiyoti fani, asosiy o`rinni egallaydi. Bu fanni mukammal egallay olmagan jismoniy tarbiya o`qituvchisi va trener jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarini ilmiy asosda tashkil eta olmaydi. Eng muhimi shug`ullanuvchilarni ilmiy asosda chiniqtirish, ularda zo`riqish va shikastlanish holatlarining oldini olish uchun zarur bo`lgan bilimlarga ega bo`la olmaydi.
Yuqorida bayon etilganlardan ko`rinib turibdiki, yuqori malakali jismoniy tarbiya o`qituvchilari va sport trenerlarini tayyorlashda Sport tibbiyoti fanining ahamiyati beqiyosdir.
Sport tibbiyoti fanining vazifalari ko`p qirrali bo`lib, ularga quyidagilar kiradi:
1. Tibbiy nazorat o`tkazish yo`li bilan jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilarning sog`lig`i, jismoniy rivojlanishi, funksional imkoniyatlarini aniqlaydi. Olingan natija asosida jismoniy tarbiya o`qituvchisi va trener bilan birgalikda bo`lg`usi sportchilarni tanlash masalasini hal etadi;
2. Jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini to`g`ri tashkil etilmasligi tufayli vujudga keladigan kasalliklar va shikastlanish sabablarini o`rganadi, ularga tashxis qo`yadi, davolaydi, oldini olish bo`yicha trenerga maslahat beradi, sportchining kuch-quvvatini tiklash uslublarini ishlab chiqadi va amaliyotga tadbiq etadi.
3. Ushbu fan bo`lg`usi jismoniy tarbiya o`qituvchilari va trenerlarni, ya`ni hozirgi talabalarni, jismoniy mashq bilan shug`ullanuvchilarda zo`riqish, kasallanish, shikastlanish holatlarining oldini olish bo`yicha zarur bilimlar bilan qurorlantiradi.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganining dastlabki yillaridan boshlaboq xalq sog`lig`i, ayniqsa, yoshlar sog`lig`ini muhofaza qilish, mustahkamlash, umrni uzaytirish bilan bog`liq jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalari davlat siyosati darajasiga ko`tarildi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3-dekabrdagi 588-sonli Qarori bilan “Yosh avlodni sog`lomlashtirish muammolarini majmuali hal etish” ning kengaytirilgan dasturi tasdiqlandi. Mazkur dasturda odam sog`lig`ini mustahkamlash va umrini uzaytirishda har bir fuqaro sog`lom turmush tarziga rioya qilishi muhim ahamiyatga ega ekani, qayd etilgan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” 1999 yil 27-maydagi Qarorida:
- jamiyatda sog`lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholi keng qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishga jalb etish masalalari o`z ifodasini topgan.
O`zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida” 2000 yil 26-mayda qabul qilingan Qonunining:
- 9-moddasida, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish davlat organlari, sog`liqni saqlash organlari, ta`lim muassasalari jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarini hamda sog`lom turmush tarzini keng targ`ib qilinishini uyushtiradilar deyilgan;
- 14-moddasida, sog`liqni saqlash muassasalari jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilarning tibbiy nazoratini olib borishlari;
- sportchilarning musobaqalarga tayyorlanishini tibbiy jihatdan ta`minlashda qatnashishlari;
- shuningdek, jismoniy mashqlarning maxsus dasturlarini ishlab chiqishlari;
- tibbiyot- jismoniy tarbiya dispanserlarini tashkil etishlari;
- 15-moddasida, jismoniy tarbiya va sport inshoatlarining ma`muriyati, mashg`ulotlar va musobaqalar o`tkaziladigan joylarni texnika xavfsizligi qoidalariga va sanitariya-gigiyena qoidalariga muvofiq jihozlanishini ta`minlashi zarur deyilgan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasini tuzish to`g`risida” 2001 yil 24-oktabrdagi Farmonida:
- bolalarda sportga mehr uyg`otish, ular ongida sport bilan shug`ullanish, sog`lom turmush tarziga amal qilish, ularni salbiy ta`sirlar va zararli odatlardan himoya qilish;
- jinsi va yoshiga qarab bolalarga sport ko`nikmalarini singdirish ta`kidlangan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to`g`risida” 2003 yil 3-iyundagi Qarorida:
- “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” sport musobaqalarini o`tkazishda sog`liqni saqlash muassasalari zimmasiga musobaqa ishtirokchilarini tibbiy ko`rikdan o`tkazish, musobaqa davrida tibbiy xizmat ko`rsatishni tashkil etish, sportchilarning dam olish, ovqatlanish joylarida sanitariya va gigiyena qoidalariga qat`iy rioya qilinishini ta`minlash vazifasi yuklangan.
O`zbekiston Respublikasi Hukumatining jismoniy tarbiya va sport to`g`risidagi yuqorida bayon etilgan huquqiy-me`yoriy hujjatlarida, jismoniy tarbiya va sport hamda tibbiyot sohalarining bir-biri bilan chambarchas bog`liqligi, ikkala soha ham jamiyatimizda sog`lom turmush tarzini shakllantirish, inson sog`lig`i, ayniqsa, yoshlar sog`lig`ini mustahkamlash, umrini uzaytirish, mehnat qilish qobiliyatini yuksaltirish uchun xizmat qilishi ta`kidlangan.
Sport tibbiyoti fani tibbiy nazorat o`tkazish yo`li bilan jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilarning sog`lig`i, jismoniy rivojlanishi, funksional imkoniyatlarini aniqlaydi. Olingan natija asosida bo`lg`usi jismoniy tarbiya o`qituvchisi va trenerga (hozirgi talabalarga) jismoniy mashqlar hajmini belgilash bo`yicha zarur maslahatlar beradi.
Ushbu fan jismoniy mashq bilan shug`ullanuvchilarda zo`riqish, kasallanish, shikastlanish holatlarining oldini olish;
- mashq bajarish jarayonida yuqoridagi noxush holatlar yuzaga kelgudek bo`lsa, birinchi tibbiy yordam ko`rsatish tartib - qoidalari;
- tibbiy-pedagogik nazorat o`tkazish tartibi va usullari.
Trenirovka va musobaqa jarayonida sportchi kuch-quvvatini tiklash, tibbiy reabilitatsiya, dopingning zarari va uning taqiqlanishi, davolash mashqlari bo`yicha zarur bilimlar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |