Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, qo’lingizdagi qog’ozga men aytgan tarafga qarab chiziqlar chizasiz. Chiziqlar chizishda mana bu tayoqchalardan foydalanamiz. Natijada nimaningdir rasmini chizamiz. Demak, boshladik:
1-qog’ozning pastki chap tomonidagi nuqtadan o’ng tomonidagi nuqtagacha, ya’ni shkaf tomonga uzun tayoqcha yordamida chiziq chizing.
2-chizilgan chiziqning chap tomonidagi uchidan yuqoridagi nuqtagacha, doska tomonga qaratib kalta tayoqcha yordamida chiziq chizing.
3-birinchi chizgan chizig’imizning o’ng tomonidagi uchidan yuqoriga doska tomonga kalta tayoqcha bilan chiziq chizing.
4-kalta tayoqchalar bilan chizgan chiziqlarimizning uchini birlashtiring. Bunda chapdagi chiziqning uchidan o’ngdagi chiziqning uchiga chiziq chizing.
Bolajonlar, qanday geometrik shakl hosil bo’ldi?
Bolalar: To’rtburchak.
Do'stlaringiz bilan baham: |