Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, endi hammangiz oldingizdagi doira shaklidagi varaqni olib mustaqil holda uni 2 ta teng qismga bo’ling.
Ulug’bek, tushuntirib berchi, sen doirani nechta qismga bo’lding? Bitta qism butundan kichkinami, kattami? (3-4 ta boladan so’raladi).
Qismlarni butun doiraning ustiga qo’yib o’lchab ko’riladi.
Tarbiyachi: Bolajonlar, hozir hammamiz butun doiradan butun olmani yasaymiz. Yarimta qismlarni yarimta olma shakliga keltiramiz.
Buning uchun doira shaklidagi qog’ozni uchlarini teng qilib buklaymiz va qo’limizda olma shakliga o’xshatib yirtib chiqamiz. Birinchi olmaning shoxga ilinib turadigan bandini qilamiz, keyin pastini o’xshatamiz. Mana olmalarimiz tayyor bo’ldi. Endi doiraning qismlarini ustma-ust qo’yamiz va yarimta olma shakliga keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |