Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, bugun xonamizdagi ba’zi jihozlarning va buyumlarning joyini o’zgartiramiz. Sizlar menga yordam berasizlar. Oldin joyini o’zgartiradigan jihozlarni ko’rib olsak: shkafcha, stollar, stullar, guldon, qalamdonlar, gullar.
Bolalar: O’ng tomonga shkafni qo’yamiz. Xonaning o’rtasiga stol-stullar qo’yiladi. Shkafga guldon va gullarni qo’yamiz. Qalamdonlarni stollarning ustiga qo’yamiz.
Tarbiyachi: Juda yaxshi bolalar, to’g’ri joylashtirdingiz. Kamol, shkaf sening o’ng tomoningdami yoki chap tomoningda? Lola, stol sening oldingdami yoki orqangda?
Jihozlarni yana boshqacha holda joylashtirish mumkinmi?
Bolalar jihozlarni turli usulda joylashtirib izohlab beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |