Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “Kecha, bugun, ertaga”.
Tarbiyachi: Bolajonlar, sizlar bilan hozir “Kecha, bugun, ertaga” o’yinini o’ynaymiz.
Bolajonlar, hammamiz doira bo’lib turamiz. Men kimga “Kecha” deb koptokni otsam o’sha bola kecha qilgan ishlaridan birini aytadi. Gapining boshida albatta “Kecha” so’zini ishlatishi shart. “Bugun” deb koptokni otsam, koptokni ilib olgan bola “Bugun” so’zini ishlatgan holda bitta gap aytadi. “Ertaga” deb koptokni otsam “Ertaga” so’zini ishlatgan holda bitta gap aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |