Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Bo’yi eng baland o’yinchog’imiz qaysi o’yinchoq?
2. Eng baland o’yinchog’imizga lentalar ichidan eng uzunini taqdikmi yoki kaltarog’inimi?
3. Eng kalta lentani qaysi o’yinchoqqa taqdik?
4. Eng uzunidan kaltarog’ini qaysi o’yinchoqqa taqdik?
5. Eng uzun qalam qanday rangda?
6. Eng kalta qalam qanday rangda?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Fazoviy tasavvur
Mavzu: Fazoviy tasavvurlarni mustahkamlash
(o’ng- chap, oldinda- orqada, uzoqda- yaqinda)
Maqsad:
Bolalarning o’ng-chap, yuqoriga-pastga, oldinga-orqaga, uzoqda-yaqinda kabi fazoviy tasavvurlarini mustahkamlash.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalar fazodagi o’zining va atrofidagi narsalarning joylashishini to’g’ri aniqlashni o’rganadilar.
Bolalar o’ngda, chapda, oldinda, orqada so’zlarini nutqda to’g’ri ifodalashni o’rganadilar.
Kerakli jihozlar:
Turli o’yinchoqlar. Yulduzchalar.
Varraklar tasvirlangan tugallanmagan rasmlar (qog’oz o’lchami bo’yi 8 sm, eni 15 sm).
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, biz sizlar bilan oldin ham o’ng-chap, yuqori-past, oldin-orqa, uzoq-yaqin haqida gaplashganmiz. Bugun sizlarning bilimlaringiz qanchaligini bilib olamiz. Mening stolimga turli o’yinchoqlar qo’yilgan-kuchukcha, mushuk, sigir, buzoqcha, qo’y, qo’zichoq, echki, quyon, ot, toychoq. Bolajonlar, kelib stol ustidagi hayvonlarga yaxshilab e’tibor bering va savollarga javob bering:
-Sigirning yonida nima turibdi?
-Mushukdan chapda nima turibdi?
-Qo’yning o’ng tomonida nima turibdi?
-Mushukning yonida qaysi hayvon turibdi?
-Mushukdan uzoqda qaysi hayvon turibdi?...
Tarbiyachi o’yinchoqlarni bir-birining orqasida turadigan qilib aralashtirib qo’yadi va so’raydi:
-Qaysi hayvon birinchi ketmoqda?
-Sigir qaysi hayvondan keyin ketmoqda?
-Qo’ydan oldin qaysi hayvon ketayapti?...
Bolalar teskari qarab turadilar. Tarbiyachi o’yinchoqlardan birini olib qo’yadi va qaysi o’yinchoqning oldidagi hayvon olinganini aytishni so’raydi:
-Bolajonlar, qaysi hayvonning oldidagi hayvonni olib qo’ydim?
-Bolajonlar, qaysi hayvondan keyingi hayvonni olib qo’ydim?
Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, bular siz sevib o’ynaydigan varraklardir. Varraklar nechta? Varraklarning o’ng tomonini boshqa rangga, chap tomonini boshqa rangga bo’yang.
Elementar matematika
Katta guruhlar uchun Lotin alifbosida
to‘liq holida olish uchun murojaat qiling:
Kitob narxi: 10 ming so’m
Biz bilan bog‘lanish:
Telegram kanalimiz:
ДИҚҚАТ
Каналга қўйиш
Гуруппаларга тарқатиш ТАЪҚИҚЛАНАДИ.
Муаллифлик ҳуқуқи ҳимояланган
Kanal @maktabgacha_TT yoki
Admin @hujjat1bot
Admin
Zokirjon 91-328-88-38
To‘lov uchun: UZCARD *880*8600 0609 4180 8876*summa#
HUMO *880*9860 0803 8650 5368*summa#
Elementar metematika WORD variantida
doc. Formatda beriladi
DIQQAT!!!
Sizga buni omonat qilib beramiz.
Faqat o‘zingiz uchun elektronikasidan foydalaning.
Kanal va gruppalarga tarqatmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |