v g
Diafragmali elektrolizyorlar: a-vodorod va kislorod olishdagi to‘la tushirilgan diafragma, b-natriy olinishidagi qisman tushirilgan to‘rsimon po‘lat to‘siq, v-xlor va ishqor olinishidagi filtrlovchi to‘siq, g-xlor va ishqor olishdagi ion almashinuvchi membrana.
Diafragmalarning g‘ovakliligi materialga qarab va uning ishlatilishiga qarab, 0.35 dan 0.65 gacha bo‘ladi. G‘ovaklarning murakkablik koeffitsienti 1.15 dan 1.5 gacha bo‘ladi. G‘ovakli diafragmaning qalinligi esa 0.3 dan 3.0 mm gacha bo‘ladi.
O‘tkazuvchanlik – filtrlovchi g‘ovakli diafragmani belgilab, quyidagi formula orqali aniqlanadi:
V = kFHτ/ℓμ
Bu erda V –diafragma orqali o‘tayotgan suyuqlikning hajmi, sm3;
k - diafragmaning o‘tkazuvchanlik koeffitsienti;
F - diafragmaning yuzasi, sm2;
H-suyuqlikning gidrostatik bosimi, suv stolbasi balandligi, sm;
τ – vakt, s;
ℓ - diafragmaning qalinligi, sm;
μ - eritmaning qovushqoqligi, sP.
k – o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 1dm2 yuzadan, 1sm qalinlikdagi diafrag-madan, 1 soat davomida, 1 sm suv ustunida, 1 sP qovushqoqlikda, oqib o‘tgan eritma miqdori sm3 larda hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |