34-MAVZU.GIDROSTATIK VA VRADIOIZOTOPLI ZICHLIK
O‘LCHASH VOSITALARI.
Reja
1.
Gidrostatik zichlik o‘lchash vositalari.
2.
Radioizotopli zichlik o‘lchash vositalari.
1.Gidrostatik zichlik o‘lchash vositalari.
Gidrostatik zichlik o‘lchagichlar
o‘zgarmas balandlikdagi suyuqlik
ustunining bosimini o‘lchashga asoslangan.
Gidrostatik zichlik o‘lchagichlar keng tarqalgan, chunki bu asboblar sodda
tuzilgan va tahlil qilinayotgan suyuqlikka o‘rnatiladigan datchiklarda
harakatlanadigan qismlar yuq Ularning ishlash prinsipi quyidagicha. Suyuqlik
sirtiga nisbatan Н chuqurlikdagi Р bosim quyidagicha ifodalanadi:
P=ρ∙g∙H
,
(34.1)
6v yerda
— suyuqlikning zichligi, kg/m
3
; g —og‘irlik kuchining tezlanishi, m/s
2
.
Suyuqlik ustunining balandligi Н o‘zgarmas bo‘lsa, bosim
suyuqlik
zichligining o‘lchovi bo‘ladi. Gidrostatik zichlik o‘lchagichlarda suyuqlik
ustunining bosimi, odatda, suyuqlik orasidan inert gaz (havo) ni uzluksiz haydab
o‘lchab turiladi. Bu gaz (havo) ning bosimi suyuqlik ustuni bosimiga mutanosib
bo‘ladi. Suyuqlik ustunining bosimini bu usulda o‘lchash (pezometrik zichlik
o‘lchagichlar)ko‘rsatishlarni masofaga uzatish imkoniyatini beradi. Haydaladigan
inert gaz suyuqlik xususiyatlariga ko‘ra tanlanadi. Haydaladigan gaz sarfi katta
bo‘lmay, doimiy bo‘lishi shart, chunki sarfning o‘zgarib turishi o‘lchashda
qo‘shimcha xatoliklarga olib kelishi mumkin.
Odatda, suyuqlikning turli balandlikdagi ikkita ustunidagi bosimlar farqi
o‘lchanadi (differensial usul). Bu esa o‘lchanayotgan zichlikning aniqligiga ta’sir
ko‘rsatadigan sath o‘zgarishlarini yo‘qotadi, (16.1) ifodadan
P
1
-P
2
=(H
1
-H
2
)∙ρ∙g yoki ∆P=∆H∙ρ∙g , (34.2)
bu yerda Р
1
va Р
2
— suyuqlik ustunlarining bssimi, Pa; Н
1
va Н
2
— suyuqlik
ustunlari sathi, m.
Havo (inert gaz) uzluksiz haydaladigan pezometrik differensial ikki
suyuqlikli zichlik o‘lchagichda (34.1- rasm) tekshirilayotgan suyuqlik idish 1 dan
uzluksiz oqib o‘tadi, bu idishda suyuqlik sathi doimiy saqlanadi. Doimiy sathli
idish 2 ma’lum zichlikli etalon suyuqlik bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Inert gaz naycha
3 orqali tekshirilayotgan suyuqlik qatlami orqali o‘tadi va asbobdan chiqib ketadi.
Xuddi shu inert gaz naycha 4 orqali etalon suyuqlik qatlamidan o‘tadi, keyin
qo‘shimcha naycha 5 orqali tekshirilayotgan suyuqlikning ma’lum qatlamidan
o‘tib asbobdan chiqadi.
Pezometrik naychalarning chuqurligi va etalon suyuqlikning zichligi ma’lum
bo‘lsa, differensial manometr 6 ning ko‘rsatishi tekshirilayotgan suyuqlik
zichligining o‘lchovi bo‘ladi.
(34.2) ifodaga muvofiq difmanometrning ko‘rsatishi quyidagicha bo‘ladi:
∆P=h
1
∙ρ∙g-(h
2
ρ+h
0
ρ
0
)g=(hρ-h
0
ρ
0
)g.
(34.3)
Etalon suyuqlikning zichligi tekshirilayotgan suyuqlikning zichligiga yaqin
qilib tanlanadi. U holda h
0
= h bo‘lsa, bosimlar farqi ∆Р = 0. Unda tekshirilayotgan
suyuqlikning zichligi minimal. bo‘ladi. Agar tekshirilayotgan suyuqlikning zichligi
maksimal bo‘lsa, bosimlar farqi maksimal qiymatga ega bo‘ladi.
Asbobda etalon suyuqlikli idish 2 tekshirilayotgan suyuqlikli idish 1 dan
yuqoriroqda joylashgan. Etalon va tekshirilayotgan suyuqlikning harorat
koeffitsiyenti bir xil bo‘lib, ularning harorati teng bo‘lsa, harorat kompensatsiyasi
avtomatik ravishda ta’minlanadi.
Gidrostatik zichlik o‘lchagichlar sanoatda 900...1800 kg/m
3
o‘lchash
chegarasiga mo‘ljallab chiqariladi. Bu asboblarning asosiy xatoligi ±4%.
Silfonli, tenzometrik, ximotron va boshqa zichlik o‘zgartkichlari gidrostatik
zichlik o‘lchagichlarning turlaridir.
34.1 – rasm
.
Do'stlaringiz bilan baham: |