7.mavzu. Datchiklar. Asosiy ma’lumotlar (6 soat).
Reja:
1. Datchiklar, signallar va tizimlar.
2. Datchiklarning asosiy vazifalari va klassifikatsiyasi.
3.
Datchiklarning zamonaviy o‘lchash texnikasida tutgan o‘rni.
Хar xil texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ularning ko‘rsatkichlari
xaqida ma‘lumot olish zarur hisoblanadi. Bu maqsadda birlamchi o‘zgartirgichlar
(yoki datchiklar) keng qo‘llaniladi. Datchik deb nazorat qilinayotgan yoki
rostlanayotgan kattalikni kerakli yoki avtomatika tizimining keyingi elementlarida
qo‘llash uchun qulay qiymatga o‘zgartiradigan vositaga aytiladi. Qishloq va suv
xo‘jaligi ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan o‘zgartirgichlar asosan olti guruxga
bo‘linadi: mexanik; elektromexanik; issiqlik; elektrokimyoviy; optik va elektron -
ion. Mexanik o‘zgartirgichlar mexanik kirish ko‘rsatkichlarni (bosim, kuch, tezlik,
sarf va x.k.) mexanik chiqish ko‘rsatkichlarga ( aylanish chastotasi, bosim va x.k.)
o‘zgartirib berish bilan xarakterlanadi. Bunday o‘zgartirgichlarning sezgirlik
elementi sifatida elastik elementlar (membrana, prujini, balka kabilar) poplavoklar,
krilchatkalar va drosselli qurilmalar ishlatiladi. Elektromexanik birlamchi
o‘zgartirgichlar (yoki elektrik datchiklar) kirish mexanik ko‘rsatkichlarni (bosim,
kuch, sarf kabilar) chiqish elektrik ko‘rsatkichlarga (kuchlanish, tok, qarshilik,
induktivlik va kabilar) o‘zgartirib berish uchun xizmat qiladi. Elektromexanik
o‘zgartirgichlar parametrik va generator o‘zgartirgichlarga (yoki datchiklarga)
bo‘linadi. Parametrik datchiklarda chiqish ko‘rsatkichini elektr zanjir kattaliklari
(qarshilik, induktivlik, o‘zaro induktivlik, elektr sig‘imi va kabilar) tashkil topadi.
Bunday turdagi datchiklarda elektr toki va kuchlanishi sifatida chiqish signalini
olish uchun ularni maxsus elektr sxemalariga (ko‘prikli, differensialli) ulash hamda
allohida energiya manbasiga ega bo‘lishi kerak . Generator datchiklarida bevosita
sezgir elementda kirish signali Х chiqish signali U o‘zgartiriladi. Ushbu
o‘zgartirish kirish signali energiyasi hisobiga bo‘ladi va chiqish signali E.YU.K.
ko‘rinishida hosil bo‘ladi. Generator datchiklari juda oddiy bo‘ladi, chunki ular
qo‘shimcha energiya manbaisiz ulanadi. Aniqlik darajasi bo‘yicha datchiklar 0,24;
0,4, 0,6; 1; 1,5; 2,5; 4 aniqlik sinflariga muvofiq bo‘lishlari lozim. Ish prinsipi
bo‘yicha elektrik datchiklar rezistivli, elektromagnitli, sig‘imli va taxometrik
(generatorli) ko‘rinishlarga ega bo‘ladi.
Нozirgi davrda xalq xo‘jaligi sohalarini avtomatlashtirish jarayonlarida 3000
dan ortiq fizik kattaliklar va texnologik ko‘rsatkichlarni nazorat qilish kerak
bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligini avtomatlashtirishda barcha nazorat qilinadigan
kattaliklar va ko‘rsatkichlar asosan besh guruxga bo‘linadi: teploenergetik
ko‘rsatkichlar; elektroenergetik ko‘rsatkichlar; mexanik ko‘rsatkichlar; kimyoviy
tarkibi va fizikaviy tuzilishi. Тeploenergetik ko‘rsatkichlarga: xarorat, bosim, satx
va sarf kabi kattaliklar, elektroenergetik ko‘rsatkichlarga: o‘zgarmas va
o‘zgaruvchan tok va kuchlanish, aktiv reaktiv va to‘la quvvat, quvvat
koeffitsiyenti, chastota, izolatsiya qarshilig, mexanik ko‘rsatkichlar: burchak
tezlanish, deformatsiya, kuch, aylanish momentlari, detallar soni, materiallar
qattiqligi, tebranish, massa, kimyoviy ko‘rsatkichlar: konsentratsiya, kimyoviy
tuzilishi va tarkibi va fizikaviy kattaliklar: namlik, elektr o‘tkazuvchanlik, zichlik,
yumshoqlik, yoritilganlik va kabilar kiradi. Nazorat qilinadigan kattaliklar bilan
o‘zgartirgichlar va signallarning strukturaviy bog‘lanish sxemasi 1.1- rasmda
keltirilgan. Bajariladigan vazifalariga qarab avtomatlashtirishni quyidagilarga
ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik ximoya, avtomatik boshqarish,
avtomatik rostlash. Avtomatik nazorat o‘z navbatida avtomatik signalizatsiya,
avtomatik o‘lchash, avtomatik saralash va avtomatik axborotni yig‘ishga ajratiladi.
Avtomatik signalizatsiya xizmatchilarni, texnologik jarayon ko‘rsatkichlari
chegaraviy ko‘rsatkichlarga yaqinlashganlik haqida axborot beradi. Avtomatik
o‘lchash texnologik jarayonni asosiy ko‘rsatkichlarini maxsus asboblarga uzatib
berishga xizmat qiladi. Avtomatik saralash maxsulotni og‘irlik o‘lchamlari, rangi
16 va boshqa fiziko-mexanikaviy xususiyatlariga qarab ajratishga xizmat qiladi.
Avtomatik axborotni yig‘ish texnologik jarayon o‘tishi, maxsulotni sifati, soni va
boshqa ko‘rsatkichlari xaqida ma‘lumot yig‘ishda xizmat qiladi. Avtomatik
ximoya normal va xalokat xolatlarida qo‘llaniladi. Bu holda himoya vositalari
jarayonni to‘xtatib yoki avtomatik ravishda ushbu xolatlarni chetlashtirishga
xizmat qiladi.
O‘lchash o‘zgartirgichlarining strukturaviy bog‘lanish sxemasi