Tok keltirish qismlari.
Elektrolizyorlarga tok keltirish uchun mis, alyuminiy, va ba’zida temir shinalar qo‘llaniladi. Temir shinalar tok kuchi 400 A gacha bo‘lgan vannalarda qo‘llaniladi. Vanna ustidagi elektrod shtangalaridan tok manbaigacha bo‘lgan masofaga, uzunligi 3.5-5.5 m likdagi shinalar ulab o‘rnatiladi. SHinalar tanlashda o‘lchamlari enli va yupqa (oson sovutiladi, kattaroq tokni ko‘taradi) bo‘lgan shinalarga ko‘proq e’tibor beriladi.
Vannalar ustiga elektrodlarni ilish va ularga tok etkazib berish uchun mis yoki latundan shtangalar o‘rnatiladi. SHtangalar orasidagi masofalar vertikal bo‘yicha 40 mm va gorizontal bo‘yicha 100 mm bo‘ladi. SHtangalar diametri esa 15-25 mm ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |