Пулнинг келиб чиқиши, моҳияти ва функциялари. Tovar qiymati ishlab chiqarishda vujudga keladi, ammo faqat bozorda bir tovarni ikkinchisiga tenglashtirish orqali aniqlanadi. Almashuv hozirgi zamon shakliga yetib kelgunsha bir qancha bosqishlarni bosib o‗tadi. Qiymatning eng elementar shakli bir tovar qiymatining boshqa tovarda gavdalanishidir. Qiymatning oddiy shakli ayirboshlashning endigina paydo bo‗lgan davriga to‗g‗ri keladi: bu vaqtda u hali tasodifiy xarakterga ega bo‗lgan. Masalan, 10 metr mato - 2 qop g‗alla. Bunda tovar ekvivalent rolini g‗alla o’ynayapdi. Mehnat taqsimoti va tovar ishlab chiqarishning o‗sishi almashinadigan tovarlar sonini ko‗paytiradi, qiymatning to‗la yoki kengaytirilgan shakli kelib chiqadi, almashish jamiyatda doimiy tus oladi. Endi tovar qiymati bir nesha tovarlarning qiymatlari bilan ifodalanishi mumkin bo‗ladi, ya‘ni 2 ta qo‗y ( 2 qop g‗alla yoki 25 metr shit yoki 3 ta bolta kabi.
Qiymatning kengaytirilgan shakli astasekin uning umumiy shakliga aylanadi. Hamma tovarlar o‗z qiymatini bir tovarda aks ettira boshlaydi. Masalan: 8 qop g‗alla yoki 10 metr shit yoki 1 ta bolta yoki 1 ta qo‗y. yoki 2 gr oltin va rokazo. Bunda tovar-ekvivalent rolini bitta qo‗y o‗ynamoqda. Shu yo‗sinda umumiy ekvivalent kelib shiqqan va bu rolni o‗ynovshi tovarning asosiy vazifasi odamlarning shaxsiy ehtiyojini emas, ijtimoiy almashuv ehtiyojini qondirishdan iborat bo’lib qoldi. Pulning vujudga kelishida asosiy sabab-tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi, Mehnat taqsimotining shuqurlashuvidir, buning natijasida ortiqsha mahsulotni ayirboshlash zaruhiyati vujudga kelgan. Pul esa ayirboshlashning eng qulay vositasi bo‗lganligi sababli insonlar tomonidan qabul qilingan.
Pul turli tovarlarning qiymatini o‗lshab, miqdorini taqqoslab beradi. Tovarlar qiymatining pulda ifodalanishi tovarning bahosidir
Tovarpul muomalasi jarayonida pul naqd bo‗lishi kerak, chunki uning yordamida tovarlar oldisotdi qilinadi. Tovarlarning pulga aylanishi tovar ishlab chiqaruvchining tovarni tayyorlashga sarflangan Mehnati jamiyatga kerakli deb e‘tirof etilganligini bildiradi. Shuning uchun pulga tovar ayirboshlash bozor iqtisodiyotining muhim tomoni hisoblanadi.
Turli vaziyat taqozosi muomala jarayonining uzilib qolishiga olib kelishi mumkin. Buning natijasida pul muomalada bo‗lmay turib qoladi. Bunday holda pul boylik to‗plash vositasi vazifasini bajara boshlaydi.