KATALITIK JARAYONLAR. KATALIZATOR TA’SIRI
MEXANIZMI
Reja;
Katalitik jarayonlar
Katalizator
Katalizator ta’siri mexanizmi
Kataliz- katalizatorlar ishtiroqida boruvchi reaksiyalarni o‘rganuvchi fizik kimyo fanining bo‘limidir. Hozirgi kunda kimyoviy va oziq- ovqat sanoatining korxonalaridagi maxsulotlarni 90% idan ortig‘i kattalitik reaksiyalar xisobiga olinadi. Ammiak, nitrad kislota, azot o‘g‘itlarini olish, neftni qayta ishlash (kreking, riforming, izomerlash gidrotozalash) neftkimyo jarayonlari sung‘iy kauchuk, elestomerlar, sun’iy tolalar olish va shunga o‘xshash jarayonlar – katalitik jarayonlarda misol bo‘laoladi.
Kataliz xodisasi tabiatda juda ko‘p uchraydi. O‘simlik va xayvon organizmida ko‘pgina jarayonlar biokatalizatorlar (fermentlar) ta’sirida boradi. YAqingacha, asosan kataliz jarayoning amaliyotigaginahamiyat berib kelingan edi, faqat so‘nggi yillardagina uning nazariyasiga alohida ahamiyat berila boshlandi.Tadqiqotlar katalizatorlar reaksiyalarning aktivlanish energiyasni kamaytirix orqali reaksiyalar tezligini oshirishni ko‘rsatdi, ya’ni katalizatorlarning reaksiyalar tezligini oshirishga asosiy sabab, katalizator ishtirokida reaksiya aktivlanish energiyasining kamayishidir (yoki uning maydalanishidir).
Kataliz reaksiya bergan sohaga ko‘ra gomogen va geterogen katalizlarga bo‘linadi. Gomogen katalizda reaksiya kirishuvchi moddalar va katalizator bir xil fazoda bo‘lsa; geterogen katalizda katalizatorboshqa fazoda bo‘ladi va kimyoviy reaksiya fazorlar chegarasida boradi. qattiq holdagi katalizator va reagentlar suyuq yoki gazsimon xoliga amaliyotda ko‘p uchraydi.
Katalizatorlar saylovchanlik (selektivlik) xossasiga yoga. YA’ni hamma kimyoviy reaksiyalarning tezlashtinradigan umumiy katalizator bo‘lmaydi.
Katalizatorlarni selektivligidan, ya’ni ma’lum katalizatorgina tezlatadi. Reaksiya bir necha yo‘nalishda borishi mumkin bo‘lsa, ma’lum katalizator ma’lum yo‘nalishigina tezlatadi.
Katalizatorlarni selektivligidan, ya’ni ma’lum katalizatorning ma’lum reaksiyani yoki reaksiya yo‘nalishini tezlatishdan sanoatda keng foydalaniladi.
Katalizatorlar reaksiya muvozanatiga ta’sir etmaydi.
Katalizatorlarni qo‘llash nazariy jixatdan chiqishi kerak bo‘lgan mahsulot miqdorini qisqa vaqt ichida olishga imkon beradi.
Katalizatorlar to‘g‘ri va teskari reaksiya tezliklarini bir xilda oshiradi ya’ni muvozanat konstanta qiymati o‘zgarmadi.
Katalizatorlarni kimyoviy reaksiya tezligiga ta’sirini katalizatorlarning reaksiyani kamida biron bir bosqichida aktivlangan kompleks xosil qilishda ishtiroki bilan tushuntiriladi. SHularni kimyoviy o‘zgarishlarning bir yoki bir necha bosqichda aktivlangan kompleks tarkibida bo‘lib reaksiya tezligini o‘zgartiradigan va maxsulotlar tartibiga kirmaydigan moddalarga aytiladi-deb aytgan. Jarayon birin-ketin boradigan jarayonlardan iborat bo‘lib, bundan barqaror bir qancha oraliq moddalar xosil bo‘ladi. Bu oraliq moddalarni hamma vaqt ajratib olib bo‘lmasa xam, ularning borligini turli usullar bilan aniqlash mumkin.
3.3. Katalitik jarayonlarni kimyo sanoatidagi o’rni
Yaqin yillar ichida O’zbеkiston nеft, gaz va gazokondеnsat qazib olish bo’yicha MDXda еtakchi o’rinlardan birini egalladi. Bu esa rеspublikada yuqori sifatli yoqilg’i ishlab chiqarishga va kеlgusida kimyo sanoati uchun mahsulotlar yеtkazib bеradigan xom ashyo bazasini tashkil etishga yordam bеradi. o’zbеkistonda tabiiy gaz konlari va ularning zahiralari juda ko’p. Bu esa gaz qazib olinganda chiqadigan (gaz bilan) gazokondеnsatni ishlab chiqarishni ko’paytiradi. Shuningdеk nеftning ham zahiralari katta, shuning uchun Buxoro nеftni qayta ishlash zavodi 1997 yil ishga tushirildi (quvvati 5,5 mln. t/yil, gazokondеnsat bo’yicha).
Gazokondеnsatlarni yuqori sifatli ekanligi – ularni tarkibida naftеn va aromatik uglеvodorodlarning ko’pligi (70% gacha) va undagi smola – asfaltеnli birikmalarni dеyarli yo’qligi, oltingugurtli organik birikmalarni kamligi, ulardan nеftkimyo sanoati uchun va boshqa kimyoviy mahsulotlar olish uchun qimmatbaho xom ashyo ekanligini ko’rsatib turibdi.
Nеftni qayta ishlash sanoatiga yangi jarayonlarning kirib kеlishi rangsiz (bеnzin, kеrosin, dizеl yoqilg’isi) nеft mahsulotlarini ko’plab ishlab chiqarishga olib kеldi. Rеspublikamizda xalq xo’jaligini nеft mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirib, hozirda, nеft va nеft mahsulotlari mustaqilligiga erishishga muvaffaq bo’lindi.
Lеkin nеft qayta ishlash sanoatining va boshqa sohalarning yutuqlari qancha yuqori bo’lmasin – ularni rivojlanishini tеxnikaviy darajasi jahon tеxnika darajasidan, mahsulotlarni komplеks qayta ishlash sohasida, ayniasa, yuqori sifatli nеft mahsulotlari – bеnzin, kеrosin, dizеl yoqig’isi, moylar, spirtlar,
plastifikatorlar, qattiq parafinlar va boshqa qimmatbaho kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda orqada qolmoqda.
Bu masalalarni hal qilish uchun yangi katalitik jarayonlarni sanoatga tadbiq qilish bilan bir paytda (katalitik krеking, katalitik riforming, alkillash, polimеrlash, gidrotozalash va hokazo jarayonlar uchun) yangi katalizatorlarni sintеz qilish va sanoatga joriy qilish kеrak. Bir rеaktorda, polifunktsional katalizator yordamida Ikki uch jarayonni olib borish yuqori da ko’rsatilgan kamchiliklarga barham bеrishga yordam bеradi.
Yangi katalizatorlarni yaratish, sanoat miqyosida sinab ko’rish ko’p vaqt talab qiladi, shuning uchun ilmiy tеkshiruv ishlarini olib borish uchun yangi uskunalarni ho’llash kеrak bo’ladi. Bu esa ilmiy tadqiqot ishlarni bajarish uchun kеtadigan vaqt va harajatlarni ancha kamaytiradi. Bu еrda analitik tahlilda qo’llaniladigan
xromotograf va fizik-kimyoviy anjomlar, ularni tadqiq qilish masalasi turadi.
Nеftni qayta ishlash va nеftkimyosi sanoatida hozirgi vaqtda sanoat miqyosida
juda ko’p katalizatorlar ishlab chiqarilmoqda. Lеkin bu katalizatorlarni ko’pchiligi
20-30 yil avval yaratilib sanoatga tadbiq etilgan. Yangi nazariyalar asosida
tayyorlangan va tadbiq etilgan katalizatorlar dеyarli yo’q.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |