182
.
Amerika Qo’shma Shtatlarida Kongress tomonidan 1974 yilda “Yollanma
xizmatchi pensiya daromadining muhofazasi” Qonuni chiqarildi, xususiy pensiya
rejalari uchun mezonlar o’rnatildi. Mazkur qonunga asosan, Federal bo’lim
maqomidagi Pensiya Daromadlarini Kafolatlash Korporatsiyasi yangi tartibni
tatbiq etishga ko’maklashadi va nazorat qiladi. Xususiy pensiya rejalari Pensiya
Daromadlarini Kafolatlash Korporatsiyasidan sug’urta xarid qilishi lozim, agarda
kompaniya pensiya to’lay olmasa, uni korporatsiya to’laydigan bo’ldi.
Federal pensiya tizimlarining eng yirigi - AQSh Fuqaro Xizmati Pensiya tizimiga
ham, federal yollanma xizmatchilarga ham hukumat tomonidan mablag’ ajratiladi.
Qo’shimcha ravishda asosan ishga yollanuvchi fuqarolar, pensiya bilan
ta’minlanmaydigan va o’z pensiya rejalari xizmatlariga yarasha to’lanmasligiga
ishonganlar o’z daromadlarini bir qismini maxsus shaxsiy pensiya hisobraqamiga
ajratadi. Shaxsiy pensiya hisobraqamlari banklar, jamg’arma va qarz uyushmalari,
kredit ittifoqlari, sug’urta kompaniyalari kabi moliyaviy institutlar tomonidan
boshqariladi. Federal hukumat davlat darajasida nazorat qiladi, pensiya rejasi
xizmatidan foydalanuvchi shaxslarga daromad solig’i bo’yicha imtiyozlar berish
orqali ham madad beradi. Shaxsiy pensiya hisobiga qo’yilgan mablag’lar foyda
foizi barpo etadi, u o’z-o’zidan hisobga qo’shilib boraveradi. Shaxsiy pensiya
hisobraqamidagi hosil qilingan foydaga, mablag’ undan chiqarilmaguncha, soliqlar
solinmaydi.
«Pensiya to’lovlari barqaror moliyalashtirilishini ta’minlashga alohida e’tibor
berildi. Mamlakatda amal qilayotgan qonunlarga sug’urta qilinuvchilar va xizmat
ko’rsatuvchi banklarga nisbatan ular tomonidan yo’l qo’yilgan sug’urta badallarini
to’lash va o’tkazish qoidalarini buzish holatlari uchun penya va moliyaviy
jarimalar ko’rinishidagi qat’iy jazolar tizimi belgilangan. Buning ustiga nazorat
182
Barton M. Waring, Robert S.Merton.
Pension Finance: Putting the Risks and Costs of Defined Benefit Plans Back
Under Your Control Hardcover – November 1, 2011.
-P.77.
387
natijalariga ko’ra aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish tizimi
mavjud
183
.
Xorijiy davlatlarda pensiya fondi daromadlari va xarajatlari hajmi o’rtasidagi
salbiy farq miqdori o’sib bormoqda. Bu farq asosan davlat byudjeti xarajatlari
hisobiga subventsiya yoki dotatsiya shaklida qoplanmoqda. O’z navbatida, davlat
byudjeti defitsitining ortishiga va jamiyatdagi iqtisodiy-ijtimoiy beqarorlikni
kuchayishiga sabab bo’lmoqda. Shuningdek, ishlayotganlar sonining qisqarishi,
byudjetning xarajatlarlarida ijtimoiy xarajatlarning ortishi, aholining mehnatga
qobiliyatli qismiga tushadigan og’irlikning ko’payishi, xorijiy mamlakatlarda
pensiya jamg’armasi mablag’lari shakllanishida aksariyat ish beruvchilar
tomonidan
to’lanishi, iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi jarayonida
ishlovchilar ish haqi darajasining ortishi va mutanosib ravishda, qarilikni
sug’urtalashdagi ulushining ortib borishi joriy pensiya to’lovlarida defitsit holatini
vujudga keltirib, amaldagi pensiya ta’minotini moliyalashtirishning isloh etilishini
taqozo etmoqda.
Pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishdan ko’zlangan asosiy maqsad
quyidagilardan iborat:
–
pensiya ta’minotini bozor munosabatlari talablariga yanada moslashtirish;
–
pensiya ta’minotini zamonaviy texnik usullar orqali boshqarish.
–
pensiyalarni moliyalashtirishdagi mavjud muammolarni hal qilish;
–
pensiya fondi mablag’larining maqsadli sarflanishini nazorat qilish;
–
pensiya to’lovlari yuzasidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish;
–
monitoring va ichki nazorat chora-tadbirlari bilan pensiya fondi xarajatlarini
optimallashtirish.
Jahon tajribasidan ma’lum bo’ldiki, pensiya tizimini faqat davlat tomonidan
moliyalashtirish etarli samara bermaydi. Hozirgi kunda pensiya tizimini
moliyalashtirishning bir vaqtning o’zida uch yo’nalish: minimal pensiyani
kafolatlaydigan davlat pensiya tizimi, professional assotsiatsiya yordamida
o’zining ish beruvchilariga qo’shimcha pensiyani shakllantirish, fuqarolar
183
Goford J. The Control Cycle: Financial Control of a Life Assurance Company/Presented to the Institute of
Actuaries Students’ Society 2005.
http://www.pension.md/publications/ps/221.html
388
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda alohida, xususiy pensiyani ta’minlash
belgilangan. AQSh, Gollandiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveytsariya,
Italiya kabi mamlakatlarda shu tajribalardan foydalaniladi.
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimining qo’llanishi mavjud pensiya tizimidagi
kamchiliklarni kamaytirish va uning afzalligini kuchaytirishga yo’naltiriladi.
Xorijiy davlatlarda bunday tarkibni umumlashgan uch darajali tizim shaklida
tasavvur qilish mumkin:
– davlat nazorati ostida amalga oshiriluvchi umumiy va majburiy pensiya
tizimi. Mazkur modelda pensiya miqdori ish haqi miqdoriga bog’liq, ish beruvchi
va yollanma ishlovchidan olinadigan badallarni qayta taqsimlash tamoyili asosida
moliyalashtiriladi;
– majburiy jamg’arma tizimi orqali beriladigan va minimal jamg’arma stajini
“to’plagan” kishilar uchun davlat byudjetidan foydalanuvchi ijtimoiy pensiya
tizimi;
– to’la kapitallashtirish va jamg’arish tamoyiliga asoslangan, individual hisob
raqamlarni yuritish orqali amalga oshiriladigan pensiya tizimi.
Evropa Ittifoqining rasmiy hujjatlarida 1998-2020 yillar ichida jamg’arib
boriladigan
pensiya
tizimlariga
o’tish rejalashtirilgan. Ushbu davrda
taqsimlanuvchi davlat pensiya tizimlari hisobidan amalga oshiriladigan pensiya
to’lovlari ulushi 84 foizdan 64 foizga qadar qisqarishi, jamg’arib boriladigan
kmoponentlar ulushi esa 12 foizdan 29 foizga qadar ortishi kutilmoqda. Ixtiѐriy
pensiya ta’minoti ulushi 1,5 foizdan 4,5 foizgacha ortishi, xususiy pensiya aktivlari
esa 2 mlrd. evrodan 11,8 mlrd. evrogacha o’sishi mumkin
184
Pensiya
ta’minotining
xususiylashtirish
dasturi
iqtisodiyotga
investitsiyalarning ichki imkoniyatlarini taqdim etadi. Aynan, moliya sohasida
pensiya islohotlariga ehtiyoj va iqtisodiy islohotlarning kengaytirilgan sohasi
kesishadi. Kapital bozorining rivojlanishi, pensiya fondlari pullarini investitsiya
qiladigan moliyaviy dastaklarini taqdim etish uchun juda muhim. Shu tarzda
iqtisodiyotga investitsiyalarni yo’naltirish jarayonida davlat, jamg’arilgan va
184
Nazarov V.S. Aktualnie problemi pensionnoy reformi. M., 2010. S.120.
389
xususiy pensiya ta’minoti mavjud. Jamg’ariladigan pensiya tizimi hukumatning
moliyaviy kafolatlaridan foydalanadi, ular daromadni ta’minlash imkonini
beruvchi moliyaviy bozorlarning ishtirokchilariga aylanadi. Natijada, pensiya
to’lovlari ishlovchilarning nafaqat pensiyaga chiqqunga qadar bo’lgan ish haqidan,
balki, mehnat faoliyati mobaynida to’langan badallari miqdoriga hisoblangan
foizni ifoda etadi. Bir martalik qayta taqsimlashda pensiya tizimidan farqli
ravishda jamg’arib boriladigan pensiya tizimida jamg’arma badallari nisbatan
yuqori darajada belgilanadi va davlat nazorati bilan tegishli zaxira fondi
shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |