Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

 
 
10.7. Xorijiy davlatlar pensiya ta’minotida
ichki nazorat va audit olib borilishi 
Hozirgi kunda byudjet intizomiga rioya qilish, moliyaviy nazoratning rolini 
oshirish masalasi nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham avvalo umumjamiyat 
manfaatlari nuqtai-nazaridan namoyon bo’lmoqda. Byudjet intizomiga rioya 
etilishi, ichki nazorat aksariyat rivojlangan davlatlarda samarali tarzda amalga 
oshirilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlar pensiya ta’minoti tizimi oldidagi turli 
muammolar mavjudligiga qaramasdan bosh masala - pensiya tizimining moliyaviy 
barqarorligini ta’minlash va pensiya fondining xarajatlariga mablag’larining etarli 
darajasini kafolatlash hisoblanadi. Pensiya ta’minoti tizimida mazkur vazifa yangi 
emas, ayniqsa, taqsimot-tortiluvchan davlat pensiya tizimi amalda ishlayotgan 
mamlakatlarda muammolarni keskinlashtiradi. 
Taqsimot-tortiluvchan davlat pensiya tizimi Beverij va Bismark modellarining 
xususiyatlaridan kelib chiqadi. Evropa Ittifoqi mamlakatlarida sug’urtaviy 
pensiya ta’minoti tizimi quyidagi tamoyillar asosida shakllandi:
iqtisodiy faol aholini sug’urtalash;
pensiya to’lovlarini ishchilar va sug’urtalanganlarning sug’urta badallari 
hisobidan moliyalashtirish;
amalga oshirilayotgan pensiya to’lovlarini sug’urtalanuvchining avvalgi 
daromadlari va sug’urta stajiga bog’liqligini ta’minlash.
Evropaning Germaniya, Frantsiya, Italiya, Ispaniya va Gretsiya kabi 
mamlakatlarda ushbu mexanizmdan keng foydalanildi. Mazkur mamlakatlarda 
pensiya ta’minoti tizimi yagona kontseptsiya asosida faoliyat yuritsa-da, ularning 
ba’zi farqli jihatlari mavjud. Xususan, moliyalashtirish, tashkiliy tuzilma va 


410 
funktsional vazifalari shular jumlasidandir. Shu boisdan, sug’urtaviy pensiya 
modeli Evropa Ittifoqi mamlakatlarida aralash shakllarda namoyon bo’ladi. 
Masalan, taqsimlash (majburiy sug’urta pensiyasi), qo’shimcha pensiya dasturlari 
(Frantsiya va Ispaniya) taqsimot pensiya tizimi shaklida amalga oshadi, 
to’lovlarni kapital qo’yilmalarga yo’naltirish (Niderlandiya). Mohiyatan bir-
biridan farqli tarzda yuzaga kelgan bo’lsa-da, lekin amaliyotda ular o’zaro aralash 
holda ham amal qiladi. Evropa Ittifoqi mamlakatlarida tizimda amalga 
oshirilayotgan islohotlar natijasida ushbu ikki modelning integratsiyasini kuzatish 
mumkin. Jumladan, bir qator mamlakatlarda universal pensiya ta’minoti tizimlari 
vujudga kelib, amalga oshayotgan tub iqtisodiy o’zgarishlar sug’urtaviy pensiya 
ta’minotining yuzaga kelishiga imkon bermoqda. Qo’shimcha pensiya ta’minoti 
tizimining majburiy (Buyuk Britaniya) shakli joriy etilishi kabilar bunga misol 
bo’ladi.
Jahondagi mavjud pensiya tizimlarini isloh qilish, davlatning ijtimoiy siyosatini 
o’zgartirish bilan birgalikda olib borilmoqda. Islohotlar jarayonida jahon 
jamoatchiligning asosiy vazifasi avlodlar xamjihatligi tamoyili asosida qurilgan 
davlat pensiya ta’minoti institutini saqlab qolish va rivojlantirishdan iborat.
Evropa Ittifoqi mamlakatlari uchun davlat boshqaruvi sektorida ichki nazorat va 
audit olib borish majburiy hamda rivojlantirish zarur deb talab qo’yilgan. Hozirgi 
kunda ichki auditning «jozibadorligi» davlat pensiya fondlarining moliyaviy 
natijalarini yaxshilashning muhim omiliga aylanmoqda. Pensiya xarajatlarining 
natijasini yaxshilash va samaradorligini oshirish hozirgi zamon moliyaviy 
menejmentini 
yaratish 
bilan 
erishilmoqda. 
Mazkur 
tizimning 
asosiy 
komponentlaridan biri - ichki nazorat va auditdir. Davlat boshqaruvi organlari 
majburiy atributi sifatida ichki nazorat va audit AQShda 1950 yildan boshlab 
«Davlat tashkilotlari sohasida buxgalteriya hisobini yuritish chora-tadbirlari 
to’g’risida»gi qonunga hamda «Audit va hisob-kitob yuritish to’g’risida»gi 
qonunga asosan shakllantirilgan. 
«Audit va hisob-kitob yuritish to’g’risida»gi qonunga hamda AQShning Bosh 
Nazorat boshqaruvining talablariga muvofiq, hisob-kitob yuritish, byudjet 


411 
tashkilotlari, byudjetdan tashqari fondlarning moliyaviy natijalari va ularda 
samarali nazoratni amalga oshirish to’g’risida to’liq axborot beradigan Ichki 
nazorat va audit tizimi yaratildi. Davlat boshqaruvi sektoridagi ichki nazorat va 
audit joriy qilish ishlari rivojlangan mamlakatlardagi korporativ sektordagi katta 
tajribaga tayanildi.

Ichki nazorat va audit tizimi faoliyatining zamonaviy funktsiyalarini aniqlashda 


A.Kent 1948 yil mart oyida nashr etgan «Ichki auidit» maqolasida operatsion audit 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish