Kasbiy psixologiyada shaxs muammosi


Chet el psixologiyasida shaxs nazariyalari



Download 26,15 Kb.
bet2/5
Sana27.01.2022
Hajmi26,15 Kb.
#414282
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-mavzu

Chet el psixologiyasida shaxs nazariyalari


Jahon psixologiyasi fanida shaxsning kamoloti, uning rivojianishi tog'risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo`lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o'rganishda turlicha pozitsiyadan turib, muammoning mohiyatini yoritishda o'ziga xos tarzda yondashadiiar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalitik, bixevioristik nazariyalarni kiritish mumkim. Quyida sanab o'tilgan nazartyaiar va ularning ayrim namoyandalari tomonidan shaxsni rivojlantirish prinsiplari to'g'risidagi qarashlariga to'xtalib o'tamiz.
Biogenetik nazariyaning negizida insonning biologik yetilishi bosh omil sifatida qabul qilingan bo`lib, qolgar, jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyotiy xususiyat kasb etib, ular bilan shunchaki o'zaro aloqa tan olinadi, xolos. Vazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh maqsadi – biologik determinant (aniqlovchi)lariga qaratiladi va ularning mohiyatidan sotsial- psixologik xususiyatlar keltirib chiqariladi.
Taraqqiyot jarayonining o`zi, dastavval diologik yetilishning universal bosqichi sifatida sharhlanadi va takqin qilinadi.
Biogenetik qonunni F. Myuller va F. Gekellar kasih qilishdan. Biogenetik qonuniyat organning taraqqiyot nazariyasini tashviq qilishda va antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan tarixiy o`rin tutadi. Biroq bu qonuniyat tarafdorlari organning individual va tarixiy taraqqioti munosabatlarini tushuntirishda qo`pol xatolarga yo`l qovganlar. Jumladan, biogenetik qonunds ko`ra, shaxs psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenezi), butan insoniyat tarixiy taraqqiyotining (filogenezi) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan fikr o`rtaga tashlanadi.
Nemis psixologi V. Shternning fikricha, chaqaloq (yangi tug'ilgan bola) hali u odam emas, balki faqat sutemizuvchilarga daxldor hayyondir, u olti oylikdan oshgach psixik taraqqiyoti jihatidan faqat maymunlar darajasiga tenglashadi, ikki yoshida esa oddiy odam holiga keladi, besh yoshlarda ibtidoiy poda holalidagi odamlar darajasiga yetadi, maktab davridan boshlab ibtidoiy davrni boshidan kechiradi, kichik maktab yoshida o'rta asr kishilar ongiga va nihoyat yetuklik davrdagina (16 — 18 yoshlarda) u hozirgi zamon kishilarining madaniy darajasiga erishadi.
Biogenetik nazariyaning yirik namoyandalaridar amerikalik psixolog S.Xoll psixologik taraqqiyotnihg bosh qonuni „rekapitulatsiya qonuni" (filogenezni qisqacha takrorlash) deb hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenezdagi individual taraqqiyot filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Olimning talqiniga ko'ra, go'daklik hayvonlarga xos taraqqiyot pallasini qaytarishdan boshqa narsa emas. Bolalik davri esa qadimgi odamlarning asosiy mashg'uloti bo'lgan ovchilik va baliqchilik davriga aynan mos keladi. 8—12 yosh oralig'idagi bola o'sish davri o'smiroldi yoshidan iborat bo'lib, yowoyilikning oxiri va sivilizatsiyaning boshlanishidagi kamolot cho'qqisiga hamohangdir. O'spirinlik esa jinsiy yetilishdan (12— 13) boshlanib to yetuklik davri kirib kelgunga qadar (22 — 25 yoshgacha) davom etib, u romantizmga ekvivalentdir. S. Xollning talqiniga qaraganda, bu davrlar „bo'ron va tazyiqlar", ichki va tashqi nizolardan iborat bo'lib, ularning kechishi davomida odamda „individuallik tuyg'u"si vujudga keladi. Shaxs rivojlanishining ushbu nazariyasi o'z davrida bir talay tanqidiy mulohazalar manbayi vazifasini o'tadi, chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkin emas.
Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis „konstitutsion psixologiyasi" (insonning tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyandalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs (psixologiyasi) tipologiyasi negiziga bir qancha biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan o'sishining xususiyati o'rtasida uzviy bog'liqlik mavjud, deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va ularning biri sikloid toifasiga xos (tez qo'zg'aluvchi, his-tuyg'usi o'ta barqaror), ikkinchisi esa shizoid toifasiga (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg'usi cheklangan) xos odamlar ekanligini aytadi. Bu taxminini u shaxs rivojlanishi davriga ko'chirishga harakat qiladi, natijada o'smirlarda sikloid xususiyatlari (o'ta qo'zg'aluvchanlik, tajovuzkorlik, affektiv tabiatlilik, ilk o'spirinlarda esa shizoidlik xususiyatlari) bo'ladi, deya xulosa chiqaradi. Lekin insonda biologik shartlangan sifatlar hamisha yetakchi va hal qiluvchi o'rin tuta olmaydi, chunki shaxsning individual-tipologik xususiyatlari ham ma vaqt bir-biriga aynan mos tushmaydi.
Biogenetik nazariya namoyandalaridan amerikalik psixologlar A.Gezell va S.Xoll taraqqiyotning biologik modeli asosida taxminiy ish ko'radilar va bu jarayonda muvozanat, integratsiya, yangilanish sikllari o'zaro o'rin almashinib turadi, degan xulosaga keladilar.
Psixologiya tarixida Zigmund Freydning shaxs talqinida biologizmning eng yaqqol ko'rinishi o'z ifodasini topgan. Uning ta'limotiga binoan, shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan, ayniqsa birinchi navbatda, u jinsiy mayliga (libidoga) bog'liqdir. Biroq bunga o'xshash biologizatorlik omillari hamma vaqt inson xulqini belgilovchi birdan bir mezon yoki betakror turtki rolini bajaradi deya olmaymiz.
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko'rinishi — bu aksil qutbga joylashgan sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. Sotsiogenetik yondashishga binoan, shaxsda ro'y beradigan o'zgarishlar jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashuv usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan o'zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko'ra, inson biologik tur sifatida tug'ilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta'siri ostida shaxsga aylanadi.
G'arbiy Yevropaning muhim nazariyalaridan biri — bu rollar nazariyasidir. Ushbu nazariyaning mohiyatiga ko'ra, jamiyat o'zining har bir a'zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-harakat (xulq)ning barqaror usullari majmuyini taklif qiladi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo'lgan maxsus rollari shaxsning xulq-atvor xususiyatida, o'zgalar bilan munosabat, muloqot o'rnatishida sezilarli iz qoldiradi.
AQSHda keng tarqalgan nazariyalardan yana biri — bu individual tajriba va bilimlarni mustaqil egallash nazariyasidir. Mazkur nazariyaga binoan shaxsning hayoti va uning voqelikka nisbatan munosabati ko'pincha ko'nikmalarni egallash va bilimlarni o'zlashtirishning samarasi, qo'zg'atuvchini uzluksiz ravishda mustahkamlanib borishning mahsulidir (E.Torndayk, B.Skinner va hokazo).
K.Levin tomonidan tavsiya qilingan „fazoviy zarurat maydoni" nazariyasi psixologiya fani uchun o'z davrida muhim ahamiyat kasb etadi. K.Levinning nazariyasiga ko'ra, individning xulqi, xatti-harakati, psixologik kuch vazifasini o'tovchi ishtiyoq maqsadlar bilan boshqarib turiladi va ular fazoviy zarurat maydonining ko'lami va tayanch nuqtasiga yo'naltirilgan bo'ladi.
Yuqorida tahlil qilingan har bir nazariya shaxsning ijtimoiy xulqini o'zgalar uchun yopiq yoki cheklangan muhit xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tushuntiradi, bu o'rinda odam xohlaydimi yoki yo'qmi bundan qat'i nazar mazkur sharoitga moslashmog'i zarur, degan aqidaga amal qilinadi.
Bizningcha, barcha nazariyalarda inson hayotining ijtimoiy-tarixiy vaziyatlari va obyektiv shart-sharoitlari mutlaqp e'tiborga olinmaganga o'xshaydi. _ Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo'lib, u biogenetik, sotsiogenetik omillarning qimmatini kamsitmaydi, aksincha psixik jarayonlar taraqqiyotini birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Ushbu yondashishni uchta mustaqil yo'nalishga ajratib tahlil qilish mumkin, chunki ularning har biri o'z mohiyati, mahsuli va jarayon sifatida kechishi bilan o'zaro farqlanadi.

Download 26,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish