10- mavzu. Monologik nutqini shakllantirishning nazariy asoslari
Reja:
1. Monologik nutqni shakllantirishning nazariy asoslari.
2. Monologik nutqni shakllantirish usullari.
3. Bolalarni monologik nutqni o‘rgatish ishining mazmuni va vazifalari
4. Monologik nutqni rivojlantirishga doir mashg’ulotlar
Tayanch tushunchalar: aksil va yaqin ma’noli so‘zlar, sinonimiya, antonimiya,
morfologiya, so‘z yasash, sintaksis, intonatsiya, reproduktiv va qidiruv savollar,
imitasiya, dorilfunun.
Моnologik nutq bir kishining boshqalarga qaratilgan nutqi hisoblanadi va
hikoya qilish, xabar berish, o‘qigani yoki eshitganini qayta so‘zllab berish, o‘zi savol
berib, o‘zi javob berish shaklida namoyon bo‘ladi. Bolalarga keng yoyilgan fikr
tuzishni o‘qitishda tarbiyachi ularda matn tuzilmasi (boshi, o‘rtasi, ohiri) haqidagi eng
oddiy bilimlarni, gap bilan fikrning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar haqidagi
tasavvurni shakllantirishi zarur. Aynan ushbu ko‘rsatkich (gaplar o‘rtasidagi aloqa
vositasi) nutqiy fikrning ravonligini shakllantirishning muhim shartlaridan biri sifatida
ishtirok etadi. Har qanday tugallangan fikrda iboralarni bog‘lashning keng tarqalgan
variantlari mavjud bo‘ladi. Gaplarni bog‘lashning eng keng tarqalgan usuli– bu zanjirli
aloqadir. Olmosh, leksik takrorlash, sinonimik jihatdan o‘rin almashish mazkur
aloqaning asosiy vositalari hisoblanadi. Zanjirli aloqa nutqni yanada moslashuvchan
va rang-barang qiladi, chunki bola bu usulni egallar ekan, bir so‘zni qayta
takrorlashdan qochadi. Pedagog bolalarga gaplarni parallel ravishda bog‘lashni
o‘rgatishi zarur, bunda gaplar bir-biriga ulanmaydi, balki taqqoslanadi yoki hatto
qarama-qarshi qo‘yiladi (Kuchli shamol esardi. Quyon iniga yashirinib oldi).
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga ravon matnlar tuzishni o‘rgatishda ularda
mavzuni va aytilgan so‘zning asosiy fikrini ochib berish, matnga sarlavha qo‘yish
qobiliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zarur.
Ravon fikrni tashkil etishda intonatsiya katta rol o‘ynaydi, shuning uchun ayrim
gaplar intonatsiyasidan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, umuman,
matnning tarkibiy birligi va mazmunan tugallanganligini qayd etishga yordam beradi.
Kattalar bilan bolalarning birgalikdagi so‘z ijodkorligi monologik nutqni
rivojlantirishning asosiy sharti hisoblanadi. Endigina besh yoshga to‘lgan bolalar
tanish ertaklarni hikoya qilib berish, voqealar to‘qish, shaxsiy tajribasidan so‘zlab
berishga qiziqishni namoyon qiladilar. Katta yoshli kishi yo‘naltiruvchi va
aniqlashtiruvchi savollarni berish, o‘yin vaziyatlarini yaratish orqali bola tashabbusini
qo‘llab-quvvatlashi darkor. Pedagogning sekingina hikoya mazmunini, rejasini,
voqealarning ehtimoliy rivojini, so‘z shaklini aytib qo‘yishi birgalikdagi so‘z
ijodkorligida muhim ahamiyatga egadir.
2. Monologik nutqni shakllantirish usullari. Bolalarda grammatik tizimni –
sintaksis, morfologiya, so‘z hosil qilishni shakllantirish o‘zining alohida
xususiyatlariga ega bo‘lib, ularni rivojlantirish uchun pedagog turli vositalarni
qo‘llashi darkor. Morfologiya va so‘z hosil qilishni o‘zlashtirish uchun
rag‘batlantiruvchi til o‘yinlari; sintaksisni rivojlantirish uchun esa, keng fikr bildirish
uchun motivatsiyani yaratish muhim. Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turlicha
darajada rivojlanadi va o‘z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli
xususiyatga ega bo‘ladi. Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag‘batlantirishga
(gap so‘z hosil qilish va so‘z ijodkorligi xususida bormoqda); oltinchi yilda – gap
tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning grammatik to‘g‘riligini shakllantirishga (so‘z
o‘zgartirishda); yettinchi yilda – hosila so‘zlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik
munosabatlarni oddiy tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik
tuzilmalarni ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim. Didaktik o‘yinlar va
grammatik mazmundagi mashqlar – bolalarning tilga oid o‘yinlarini, ularning
grammatik sohasidagi faolligini rag‘batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog
bolalarga so‘z birikmasini o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlarni bir-biri bilan to‘g‘ri
bog‘lash qobiliyatini o‘rgatishi zarur. Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik
tuzilmalarni shakllantirishni yozma nutq vaziyatida, ya’ni bola matnni aytib turadigan,
katta yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish tavsiya etiladi.
Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlarning to‘g‘ri
tartibini qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga alohida e’tiborni
qaratish zarur. Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda
leksikadan to‘g‘ri foydalanish haqida oddiy tasavvurlar shakllansin. Buning uchun
bolalarga gapda so‘zlarni biriktirishning turli usullarini, so‘zlar o‘rtasidagi ayrim
mazmunli va grammatik bog‘liqliklardan foydalanishni hamda gapni intonatsion
jihatdan rasmiylashtirishni o‘rgatish zarur. Shunday qilib, nutqning grammatik tizimini
shakllantirish jarayonida sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko‘nikmasi
shakllanadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlarni tuzish
jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi. Bola nutqi, agarda u
atrofdagilarga tushunarli bo‘lsagina ishonchli muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu
esa fikrni so‘zlarda izchil, ravon va to‘liq ifodalashga, aniq so‘zlarni tanlashga,
talaffuzning sofligi va to‘g‘riligiga bog‘liq. Qulay shart-sharoitlarda u yoki bu darajada
ushbu xususiyatlar bolada aniq reja asosida o‘qitish, turli metodik usullarni qo‘llash
yo‘li bilan hosil qilinadi. Tarbiyachi bolalarning tafakkurini va uning nutqining barcha
jihatlarini, shu jumladan, obrazlilikni ham ularga atrofdagi hayot, oila va maktabgacha
ta’lim muassasasining maishiy hayoti, kishilar mehnati, ijtimoiy voqea va hodisalar
bilan, jonli tabiat va predmetli olam bilan tanishish imkonini beradigan darajada
rivojlantiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar borliqni faol qabul qiladilar va atrof-
muhitdagi hayotga qo‘shilib ketadilar, bu esa ularda so‘z zaxiralarining tez ortishiga
olib keladi.
Monolog nutq yaxshi xotirani, nutqning shakl va mazmuniga diqqatni
yo'naltirishni talab etadi. Shuning bilan bir vaktda, monolog nutq tafakkurga tayanadi.
Monolog nutq lingvistik (tilshunoslik) tomondan ham murakkab hisoblanadi.
Monolog nutq tinglovchilarga tushunarli bo'lishi uchun yoyik gaplardan, aniq
lug'atdan foydalanish kerak.
Hikoya qila olish qobiliyati kishilarning muloqotda bo'lish jarayonida katta rol
o'ynaydi. Bola uchun esa bu kobiliyat bilish vositasi, o'z bilinilarini, tasavvurlarini
tekshirish vositasi hisoblanadi.
Bolalarda monolog nutqning shakllanishi ularda mantikiy tafakkurning rivojlanishi
bilan bog'likdir. Bundan tashkari, bola nutqi monolog nutqqa aylanishi uchun u tilning
lug'atini va grammatik tomonini erkin egallagan bo'lishi kerak.
Ruhshunoslarning aytishicha, bolalarda monolog nutq besh yoshdan boshlab
paydo bo'ladi.
Ruhshunos D. B. Elkanin bu hakda shunday yozadi: „Bola hayot tarzining
o'zgarishi, kattalar bilan yangi munosabatlarning va yangi turdagi faoliyatlarning
shakllanishi nutq shaklini va uning vazifasini (xizmatini) farklashga olib keladi.
Muomalaning yangi vazifalari vujudga keladi, bola o'z taassurotlarini, kechinmalarini,
rejalarini (niyatini) kattalarga yetkazishga harakat qiladi. Nutqning yangi shakli —
monolog tarzida xabar qilish, ko'rgan va eshitganlari to'g'risida hikoya qilish paydo
bo'ladi", bolalarni hikoya qilishga o'rgatish jarayonida barkamol tarbiya berishning
xilma-xil masalalarini hal qiladi, aqliy rivojlanishga yordam beradi. Hikoya qilib
berishda mantiqiy tafakkur, diqqat rivojlanadi. Nutq grammatik jihatdan shakllangan
bo'lib, o'zini tutish, jamoa oldida so'zga chikish malakasi hosil bo'ladi".
Shu munosabat bilan bolalar bog'chasida ta’lim-tarbiya dasturida bolalarni hikoya
qilishga o'rgatish bo'yicha har bir yosh guruhlariga ish vazifalari va mazmuni belgilab
berilgan.
Bu guruh bolalarini tanish hikoya va ertaklarni (tarbiyachining savollari va
kitobdagi rasmlar yordamida, keyinchalik mustakil) so'zlab berishga o'rgatiladi,
o'yinchok, buyum va rasm mazmuni bo'yicha hikoyani (3—4 gapdan iborat) takrorlash
ko'nikmasi tarbiyalanadi, tanish ertaklardan olingan parchalarni sahna- lashtirishda
katnashishga o'rgatiladi.
O'rta guruhlarda hikoya qilishga o’rgatish vazifalari va ularning mazmuni ancha
murakkablashadi. Ushbu guruh bolalari birinchi yarim yillikda tanish hikoya va
ertaklarni mustakil holda qayta hikoya qilishga, asar kahramonlarining suhbatini
ifodali so'zlab berishga o'rgatiladi.
Mashg'ulotlarda birinchi marta o'kib berilgan kichik ertak va hikoyalarning
mazmunini qayta hikoya qilishga, o'rtoklari hikoya kilayotganda e'tibor bilan
tinglashga, o'yinchoklar, turli buyumlar va yil fasllarini tavsiflovchi (awal
tarbiyachining savollari, so'ngra namuna va reja asosida) hikoya tuzishga o'rgatiladi.
Ikkinchi yarim yillikda bolalarga tanish ertak va hikoyalarni tinglashni, ularda
ishtirok etuvchi personajlarning gaplarini, o'ziga xos xususiyatlarini tushunishni, asar
mazmunini hikoya kilayot- gan o'rtoklarining Nutqini diqqat bilan eshitishni, asar
matnini buzib hikoya kilgan joylarini paykashni o'rgatish davom ettiriladi.
Katta va maktabga tayyorlov gumhlari uchun „Nutq o'stirish" bo'limida bolalarni
hikoya qilib berishga o'rgatish yuzasidan olib boriladigan ishlar. ularning mazmuni
quyidagicha belgilangan:
Birinchi yarim yillik. Badiiy asarlarni qayta hikoya qilish malakasini o'stirish.
Adabiy asarlarni mazmunli, mantiqiy izchillikda, aniq va tasviriy, ifodali hikoya
qilishga o'rgatish.
Tarbiyachi qayta hikoya qilishni o'rgatayotganda bolalar diqqatini, ayniqsa,
ertakning boshlanmasi, takrorlanib kelayotgan parchalarga, xulosa qismiga :
hikoyalardagi kahramonlarning o'zaro Nutqi kabilarga karatishi lozim.
Bolalar asar voqealarini so'zlayotganda ovoz ohangining xilma-xil turini (so'rok,
his-hayajon. hayratlanish, iltimos) qo'llay bilishlariga erishish.
Bolalarga o‘yinchoklar
va buyumlar hakida hikoya tuzishni o'rgatayotganda o'yinchoklarni ta’riflab berishga,
ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ko'rsatuvchi belgilarni (rangi, shakli, kanday
o'ynalishi va boshkalar) aniq so'zlar orkali ifodalashga o'rgatish.
Ijodiy hikoya qilish. Bolalarni tarbiyachi tomonidan belgi- langan hikoya yoki
ertakni nihoyasiga yetkazishga, qisqa, lo‘nda jumlalar tuzishga, tasviriy vositalardan
foydalanishga o'rgatish.
Bolalarning shaxsiy tajribalari va tarbiyachi taklif etgan hayotiy mavzular asosida
mantikiy rivojlanib boruvchi hikoya yoki ertak tuzish kobiliyatlarini rivojlantirish:
„Kuvonchli kun“, „Xafa bo'lgan kunim“, „Mehmonda", „Bizning oila“, „Eng yakin
o'rto- g'im“, „Dam olish kuni“, „Dadamga karashdim", ,,Ko'g‘irchok teatriga bordim“
va boshkalar.
Bolalarni tuzayotgan hikoya yoki ertaklarida ishtirok etuvchi kahramonlarning
ruhiy kechinmalarini bilishga o‘rgatish; „Birin- chi kor", „Yaxmalakda", „Yangi yil
bayrami", „Korbobo", „Men sevgan fasl“, „Tashkarida kor, uyimizda bahor", „Xola-
xola o‘ynadik“, „Kim oladi-yo, shuginani-yo“ o'yini, „Men onamga yordamchi",
„Ukamga mehribonman" va boshkalar.
Bolalarga suratlar bo'yicha hikoya tuzishni o'rgatayotganda. awalo, ularning
mustakil fikrlashlariga, suratda tasvirlangan vokealarga o‘z munosabatlarini
bildirishlariga imkon yaratish kerak. Shu bilan birga, rasmda aks ettirilgan mavzuli
vokeaga karab ilgari nima bo'lgani va keyin nima bo'lishi kerakligi hakida fikr
yuritishga undash. Tabiat manzaralari aks ettirilgan suratga karab, undagi go‘zaIlikni,
nafislikni ifodalay oladigan tasviriy so‘zlar, o'xshatish va sifatlashlar ishtirokida gap
tuzishga o'rgatib borish.
Bolalarning birgalikdagi hayot tajribalaridan olingan vokealar: ekskursiya, sayr,
mehnat jarayoni, jonli va ravon hikoya qilib berish malakasini tarbiyalash. Hikoya
kilayotganda tevarak-atrof- dagi buyum, vokea-hodisalarning nomini, ularning o'ziga
xos xususiyatlarini, xatti-harakatlarini to'g'ri ifodalashga, vokealarning vakti va joyini
ko'rsatishga o'rgatish. Topishmoklar o'ylab topishga undash.
Ikkinchi yarim yillik. Bolalarni badiiy asarlarni qayta hikoya
qilishga o'rgatishni
davom ettirish.
Bolalarni manzarali suratlar bo'yicha maxsus hikoyalar to'kishga o'rgatish, ularni
surat mazmunini tushunishga, suratdagi manzarani tevarak-atrofdagi manzaralar bilan
taqqoslashga. o'z hikoyalarida tasviriy so'z va iboralardan foydalanishga o'rgatishni
davom ettirish. Bolalar mustakil hikoya tuzayotganlarida og'zaki Nutq shakllaridan
foydalanishlariga erishish.
Ijodiy hikoya qilish: tarbiyachi tomonidan taklif etilgan mavzu bo'yicha vokeani
izchil davom ettirib, tugal mazmunli hikoya tuzish ko'nikmalarini mustahkamlash,
vokea sodir bo'lgan joy, vakt, tabiat manzarasini qisqacha tasvirlash, kahramonlarning
ruhiy kechinmalarini ko'rsatishlariga ahamiyat berish: „Gul bayrami'', „Navro'z",
„Onamlarning bayrami'', „Bahor keldi", „Men kushlarga don berdirn", „Men onamga
yordamchi", „Tomorkada", „Mening mushugim", „Metroda", „Avtobusda",
„Trolleybusda",
„Ko'chada",
„Bozorda",
„Do'konda",
„Arkon
o'ynadik",
„Kuvlashmachok", „Bekinmachok", „Mehmon- mehmon" mavzularida hikoya o'ylab
topishga undash.
Mustakil tuzgan hikoyalaridagi personajlarga qisqacha ta'rif berishlariga, ularning
xatti-harakatlarini baholashlariga ham diqqatni karatish va o'rgatib borish.
Mustakil tanlangan mavzu bo'yicha hikoya tuzishda vokealarning izchilligiga,
tugal mantikka ega bo'lishiga, tasviriy ifoda vositalaridan o'rinli foydalanishlariga
ahamiyat berish.
Monolog Nutqini o'stirishning yukoridagi dastur vazifalari va mazmuniga ko'ra
bog'chaning o'rta guruhidagi bolalar hikoya qilib berishning kuyidagi turlarini
egallashlari lozim:
1.
Tanish ertak va hikoyalarni qayta hikoya qilib berish.
2.
Mashg'ulotlarda birinchi marta o'kib berilgan hikoya va aytib berilgan qisqa
ertaklarni qayta hikoya qilib berish.
3.
Ko'rib turgan narsa-buyumlar: o'yinchoklar, o'simliklar, kiyimlar, idish-
tovoklar, mebellar va hokazolar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish.
4.
Vokeaviy-sujetli rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish.
5.
Bolalar o'z tajribalari asosida xotiradan hikoya qilib berishlari.
Katta guruh dasturida hikoya qilishning kuyidagi turlari bayon
etilgan:
1.
Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berish.
2.
Narsa-buyumlar: o'yinchoklar, o'simliklar. kiyim- kechaklar, idish-tovoklar,
mebellar va hokazolar hakida hikoyalar, ularning o'ziga xos xususiyatlarini
ko'rsatuvchi belgilarni tuzish.
3.
Rasmlar bo'yicha tasviriy va vokeaviy hikoya tuzish.
4.
Xotiradan o'z shaxsiy tajribasida kuzatgan vokea va hodisalami, narsalarni,
bog'chada va uyda nimalar kilganini, guruhda va uyda bo'lib o'tgan eng qiziqarli
vokealar hakida hikoya qilib berish.
5.
Ta’limiy o'yinlar asosida tasviriy hikoya tuzish: „Ko'g'irchok, o'yinchokni top",
„Ko'g'irchok, menda kanaka gul bor", „Ko'g'irchok, top-chi, yonimda kim o'tiribdi?",
„Ko'g'irchok, ko'limdagi suratlar kaysi ertakdan olinganini top- chi?" va boshkalar.
6.
Ijodiy hikoya qilishga, tarbiyachi tomonidan boshlangan ertak va hikoyani
oxiriga yetkazish, tarbiyachi taklif etgan mavzu va reja asosida ertak yoki hikoya
to'kish, berilgan 3 — 4 so'z yordamida ertak yoki hikoya to'kishga o'rgatish.
Qayta hikoya qilish uchun tanlangan matn bolalar uchun tushunarli bo'lishi kerak.
Qayta hikoya qilish mashg'ulotlari har bir yosh guruhining shaxsiy xususiyatlarini,
ularning qayta hikoya qilish kobiliyatlarini hisobga olgan holda tuziladi.
Bu yoshdagi bolalarni qayta hikoya qilishga o'rgatish ularga tanish bo'lgan
ertaklarni („Bo'g'irsok", „Sholg'oirT, „Bo'ri bilan echki“, „Ochko'z it") takrorlashdan
boshlanadi. Tarbiyachi kichkintoy bolalarni qayta hikoya qilishga o'rgatishda
kuyidagi usuldan foydalanadi. Bolalar tarbiyachining takroriy hikoyasidagi bitta-ikkita
so'zni yoki to'lik gapni takrorlaydilar:
—
Choi bilan kanipir...
—
Yashashar ekan.
—
Bir kuni chol...
—
Sholg'om ekibdi.
So'ngra bolalar sekin-asta savollar yordamida qayta hikoya qilishga o'rgana
boshlaydilar. Savollar vokealar ketma-ketligini belgilashga, ishtirok etuvchilarning
nomini aytishga karatilgan bo'ladi:
—
Bo'g'ircok kimni uchratdi?
—
Kuyonni.
Agar bola ertakning boshlanishini yaxshi eslab kolgan bo'lsa, u holda uni mustakil
hikoya qilib bera oladi. So'ngra qayta hikoya qilish jarayonida bola kiynalsa,
tarbiyachi yordamlashadi, ya’ni matnni esiga tushirishdan foydalaniladi, bu ertak
mazmunini oson takrorlashga yordam beradi.
Qisqa xalk ertaklarini qayta hikoya qilishdan so'ng kichik hajmdagi hikoyalarni
qayta hikoya qilishga o'tishi mumkin (Mirnuihsin. „Olxo'ri", ,,Tosh“).
Mashg'ulotda asarga ishlangan illustratsiyalar ko'rsatiladi. Ko'rsatish savollar,
ko'rsatmalar berish bilan birga ko'shib olib boriladi. lllustratsiyalarni asarni o'kib
berishdan avval yoki o'kib bergandan keyin ko'rsatgan ma'kul. Tarbiyachi shunday
deydi: „Hozir men sizlarga rasmlarni ko'rsataman, so'ngra hikoya o'kib beraman" yoki
„Hozir hikoyani o'kib beraman, so'ng rasmlarni ko'rsataman".
O'rta guruhda bolalarni qayta hikoya qilishga o'rgatishda ancha murakkab bo'lgan
vazifalar hal etiladi: bolalarni kichik hajmli va tanish bo'lgan ertak va hikoyalarni
hikoya qilib berishga o'rgatib kolmasdan, balki asar kahramonlarining gaplarini ifodali
qilib bayon etishga, boshka bolalarning qayta hikoya qilishlarini diqqat bilan
tinglashga va matnga taallukli bo'lmagan jumlalarni topishga o'rgatadi. Ushbu guruhda
bolalar butun yil davomida 8 — 1 0 ta adabiy matnni (o'zbek ertaklaridan „Tulki bilan
Turna", „Maktanchok kuyon", „Fil va xo'roz", „Ikki o'rtok", A. Oripov- ning „Bobo va
nabira" she'rining mazmunini qayta hikoya qiladilar.
O'rta guruh bolalariga qayta hikoya qilishlari uchun tavsiya etilgan asarlar
mavzusi, mazmuni va shakli jihatdan katta fark qiladi. Shuning uchun o'rta guruh
bolalarini qayta hikoya qilishga o'rgatislidagi muhim vazifa — bu ularga asarning
mantikiy bog'lanishini, uning mazmunini tushunib olishga yordam berishdir. Bunga
asarni dastlabki o'kishdan so'ng o'tkaziladigan suhbat orkali erishish mumkin. Bunday
suhbatda tarbiyachining savollari asosiy metodik usul bo'lib hisoblanadi.
Badiiy asarlar yuzasidan ikki guruhdagi savollar berilishi mumkin:
1)
asar mazmunini tushunib olishga yordam beruvchi;
2)
vokeaning ketma-ketligini esga tushirishga yordam beruvchi.
Shuningdek, asar o'kib berilgandan keyingi suhbat bola
Nutqidagi lug'at boyligini aniq
lash va faollashtirish, kahramon- larning ovozlarini ifodali bayon etishga ta’sir etish
kabilarni amalga oshirishga yordam beradi.
Adabiy matn o‘kib berilgandan so‘ng, bolalar asar mazmunini tushunib olganlarini
aniq lash maksadida matn yuzasidan qisqa suhbat o'tkaziladi.
Tarbiyachi bolalarga shunday savollar beradi: „Ertak nima hakida ekan? Bu
ertakdagi kuyon kanday? (ko'rkok, yolg'onchi, tarbiya ko'rmagan.) Kuyon sheriklariga
nima deb maktanibdi va u bilan kanday vokea ro'y beribdi? Agar siz maktanchok
kuyonchani uchratib kolsangiz, unga nima degan bo'lar edingiz? (Uyalmaysanmi,
maktanchoklik qilishga. Yolg'onchi, ko'rkoksan- ku. Bundaylarni biz o'zimizga
sherik, o'rtok qilib olmaymiz, u bilan birga o'ynamaymiz.) Asar matni yuzasidan
suhbat o'tkazilgach, u ikkinchi marta o'kib yoki hikoya qilib beriladi va bolalar
tomonidan qayta hikoya kildiriladi. Tarbiyachi bolalarga shunday deydi: „Endi diqqat
bilan tinglanglar. Hozir men bu ertakni yana bir marta o'kib (hikoya qilib) beraman.
So'ngra sizlar menga qayta hikoya qilib berasizlar".
O'rta guruhda tarbiyachi va bolaning birgalikda (hamkorlikda) qayta hikoya
qilishlaridan keng foydalaniladi. Bola qayta hikoya kilayotganda tarbiyachi
jumlalarni uning esiga tushirib turadi, esidan chikargan so'zlarni aytib turadi. Bu qayta
hikoya kilislining ravonligini ta'minlaydi, jumlalar uzilib qolishining oldini oladi.
Sekin-astalik bilan bolaning qayta hikoya qilishiga talab orta boradi. Endi tarbiyachi
boladan hikoyaning to'lik bo'lishini („Sen nima hakida hikoya qilib berishni esingdan
chikarding?"), asarni qayta hikoya qilib berayotganda bola diqqatini asardagi
personajlarning so'zlarini ifodali qilib aytib berishga jalb qilish kerak. Masalan:
„Tulki xo'rozdan derazadan karashini kanday so'raydi?" — „Samimiy, ayyorona";
„Maktanchok kuyon o'rtoklariga nima deb maktandi?" — „Vs-e. Yem bo'lib bo'pman.
Boshiga chikib bir tepdim, til tortmay o'lib koldi" — (Maktanib, gerdayib.) Ushbu
guruhda savollar bo'yicha qayta hikoya kilislidan ham foydalanish mumkin. Ba’zi
hollarda bolalar asar mazmunini o'z so'zlari bilan bayon etadilar. Bunday holda bola
tomonidan tanlangan so'zlarni muallifning fikrini aniq va to'g'ri ifodalashini nazorat
qilib borishi kerak.
Bolalarning qayta hikoya kitishlarini baholash muhim uslubiy (metodik)
usullardan hisoblanadi. O'rta guruhda
bolalarning hikoyasini tarbiyachi baholaydi.
Bolalarning qayta hikoya qilishini baholashda uning yaxshi tomonlarini va
kamchiliklarini, harakatchanligini aytib. qisqa tahlil qilish lozim. Bu bilan kuyidagi
dastur vazifasini bajarish zarur: bolalarda qayta hikoya qilishda matnga to'g'ri
kelmaydigan joylami seza olish qobiliyatini tarbiyalash. Tarbiyachi bolalarni qayta
hikoya qilishga o'rgatish orkali ularning Nutq faolligini, mustakilligini rivojlantirishga
ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |