Kasbiy psixologiyada shaxs muammosi


Sobiq Ittifoq psixologiyasida shaxs ta'rifi



Download 26,15 Kb.
bet3/5
Sana27.01.2022
Hajmi26,15 Kb.
#414282
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-mavzu

Sobiq Ittifoq psixologiyasida shaxs ta'rifi


Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari tadqiq qilinadi. Bu haqda psixologlar shaxsga nisbatan turlicha ta'rif berganlar va uning tuzilishini o'ziga xos tarzda tasavvur qilganlar. Quyida mualliflarning ayrimlari va ularning fikrlariga qisqacha to'xtalib o'tamiz.
A.G.Kovalevning fikricha, shaxs — bu ijtimoiy munosabatlarning ham obyekti, ham subyektidir. A.N.Leontev ushbu masalaga boshqacharoq yondashib, unga shunday ta'rif beradi: shaxs — bu faoliyat subyektidir. K.K.Platonovning talqiniga qaraganda: jamiyatda o'z rolini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli a'zosi shaxs deyiladi. Bu muammoning mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan S.L.Rubinshteyn ta'rificha, shaxs — bu tashqi ta'sirlar yo'nalishini o'zgartiruvchi ichki shart-sharoitlar majmuyidir.
Bizningcha. muayyan jamoa a'zosi, jismoniy, jinsiy, ijtimoiy kamolotga erishgan, biologik va sotsiologik shartlangan xislatlar egasi, o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqaruvchi, bilimga intiluvchi, faoliyat, xulq, muomala subyekti shaxs deyiladi.
Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin ayniyat bo'lmagan tushunchalar qoilanilib kelinadi, chunonchi: odam, shaxs, individ. Ularning mohiyatini aniqroq izohlab berish uchun har birining psixologik tabiatini tahlil qilish maqsadga muvofiq.
Odam. Sutemizuvchilar sinfiga daxldorlik, biologik jonzot ekanligi odamning o'ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qo'llarning mehnat faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, uning o'ziga xos tomonlaridir. Ijtimoiy jonzot sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o'z qiziqish va ehtiyojlariga mutanosib uni o'zgartirish imkoniyatiga ham egadir.
Shaxs. Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda rivojlanuvchi, til yordami bilan, boshqa kishilar bilan muloqotga kirishuvchi odam shaxsga aylandi. Shaxsning asosiy tavsifi ijtimoiy mohiyati hisoblanadi.
Individ. Har bir inson betakror o'ziga xos xususiyatlarga ega. Shaxsning o'ziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individuallik shaxsning intellektual, emotsional va irodaviy sohalarida namoyon bo'ladi.
Sobiq Ittifoq psixologiyasida shaxsning tuzilishiga oid eng ko'p tarqalgan materiallar bilan qisqacha tanishamiz.

Download 26,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish