joyni niqoblash, razvedka tadbirlari, merganlarni joylashtirish;
ehtimol tutilgan ruhiy va jismoniy kurash imkoniyatlarini taxminan baholash;
huquqbuzarlarni taslim bo‘lishga majburlash choralari;
jismoniy ushlash rejasini (maxsus operatsiya rejasini) ishlab chiqish;
qo‘lga olish ishtirokchilariga ijobiy-ruhiy ta’sir ko‘rsatish.
Maxsus operatsiya rahbari operativ vaziyatni baholaydi, ushlash
haqida qaror qabul qiladi, ushlashning har bir ishtirokchisiga aniq vazifalar qo‘yadi, maxsus vositalar va quroldan kerak bo‘lganda foydalanish tartibini belgilaydi. Qo‘qqisdan harakat qilish, operatsiya boshida esa shovqin bilan chalg‘itish omilidan samarali foydalaniladi.
Ushlash guruhi ushlanayotganlarga qaraganda ancha ko‘p (kamida 4:1) bo‘lishi kerak1.
Kuchga asoslangan harakatlar boshlanguniga qadar hokimiyat vakili huquqbuzarlarni o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lishga chaqiradi, qurol ishlatilishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.
Yashiringan huquqbuzarlarga qaratilgan murojaat qisqa, xushmuo- mala, xotirjam va ishonarli bo‘lishi kerak. Murojaat so‘ngida «ushlangan vaqtingizda sizga insoniy munosabatda bo‘linishini kafolatlayman» jumlasi bo‘lishi kerak.
Garov sifatida tutqunlikka olinganlar bo‘lmasa va qurol bilan qarshilik ko‘rsatilsa, merganlar ushlanayotganlarning hayotiga xavf tug‘dirmay- digan jarohat yetkazgan holda qurol ishlatadilar. Garovga olingan shaxslar bo‘lganida esa qurol o‘limga olib keladigan tarzda qo‘llaniladi.
Yashiringan huquqbuzarlarni ushlashda ko‘pincha ular bilan ruhiy ta’sir ko‘rsatadigan muzokaralarga kirishish zarurati yuzaga keladi. Muzokara - huquqbuzarlarni bundan buyon jinoiy harakatlardan voz kechishga ko‘ndirish maqsadida ularga qonuniy-ruhiy ta’sir ko‘rsatish. Muzokaralarda ruhiy aloqa o‘rnatish eng qiyin vazifa hisoblanadi.
Mantiqiy dalillash bilan birga huquqbuzarning hissiy-irodaviy o‘ziga xosliklariga ta’sir ko‘rsatish (qarindoshlik hissiyotlarini qo‘zg‘atish, altruistik hissiyotlar, yengilishning muqarrarligi hislari va sh.k.) usullaridan ham jadal foydalaniladi.
Muzokaralar razvedka maqsadlarida, zarur hollarda esa huquqbuzarni kuch ishlatib ushlab olishdan avval uni ruhiy toliqtirish maqsadida ham olib boriladi.
Muzokaralar olib boriladigan jinoiy vaziyatlar ro‘yxati qonunda nazarda tutilgan. Muzokara olib boruvchi shaxslar oshkor etilmaydi.
Muzokaralarni vakolatli shaxslar olib boradilar. Muzokarachining nutqi ravon, ishontirish va hissiy ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega, operativ va refleksiv tafakkuri rivojlangan, simpatiyasi - shaxsiy jozibasi bo‘lishi kerak. Ular maxsus tayyorgarlikdan o‘tadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |