Kasbiy psixologiya


§ ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI FAOLIYATIDA JINOYATNI OCHISHNING PSIXOLOGIK TUZILISHI



Download 3,02 Mb.
bet97/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

§ ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI FAOLIYATIDA JINOYATNI OCHISHNING PSIXOLOGIK TUZILISHI

Jinoyat sodir qilgan shaxslarni qidirib topish va qo‘lga olishda operativ xodim jabrlanuvchi, guvoh, qidiruvdagi shaxslar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Chunki bu ma’lumotlar shaxsning qayerga ketishi mumkinligi, kim bilan bo‘lishi, nima uchun bu jinoyatni sodir qilganligi haqida xulosa qilishiga imkon beradi. Jinoiy harakat o‘zining dinamik xususiyatiga ega, sababi har bir qilmishning boshlanish va oxirgi bosqichi bo‘lishi tabiiy. Ma’lumki, operativ-qidiruv faoliyatida jinoiy harakat quyidagi ikki bosqichga bo‘linadi

  1. motivatsion, ya’ni boshlang‘ich, tayyorgarlik bosqichi;

  2. maqsadning qat’iyligi, ya’ni o‘z maqsadi yo‘lida irodaviy kuch ishlatish natijasida biror-bir qilmishning sodir etilishi.

Operativ xodim qidiruv faoliyatini amalga oshirishda sodir etilgan jinoyatga qarab jinoyatchining xulq-atvorini psixologik bashorat qilishi va uning psixologik portretini xayolan tasavvur etishi zarur. Chunki jinoyat sodir etganidan so‘ng qidiruvdagi shaxsning ruhiyatida o‘zgarishlar bo‘ladi va bu ko‘p jihatdan uning psixologik tuzilishiga bog‘lik. Shu nuqtai nazardan, tezkor xodim qidiruv faoliyatini amalga oshirishda quyidagilarga e’tibor qaratishi zarur:

  • sodir etilgan jinoyat ongli, reja asosida amalga oshirilganligini hisobga olish va shu asosda qidiruv tusmollarini tuzish;

  • sodir etilgan jinoyat ayrim ijtimoiy normalarning buzilishi yoki ehtiyotsizlik natijasida amalga oshirilmaganligini hisobga olish. Chunki professional jinoyatchilarda oldindan tayyorgarlik ko‘rish natijasida hissiy emotsional zo‘riqish kamroq bo‘ladi.

Jinoyat sodir qilgan shaxs psixologiyasida doimo sodir qilgan jinoyatimni hech kim topa olmasa yaxshi bo‘lardi, buni uchun men barcha shart-sharoitlarni amalga oshirib qo‘ydim, degan fikr turadi, Retsidivist shaxslar ko‘pincha jinoyat sodir qilishlaridan oldin ilgari sodir qilgan jinoyatlaridagi xatolarini hisobga oladi, uni o‘zicha tahlil qiladi va organ xodimi isbotlamasa, isbotlay olmasa yaxshi bo‘ladi, degan xayol bilan yuradi. Jinoyat sodir qilgan shaxslarni qidirish faoliyatini psixologik jihatdan quyidagi bosqichlarga bo‘lib o‘rganish zarur.

Birinchi bosqichda qidiruvning sababi, maqsadi, jinoyatni kim yoki kimlar sodir etgani, sodir etish usullari, jinoyatchilarning jinoyat sodir qilishdan maqsad va vazifalari.

Ikkinchi bosqichda guvohlar va ularning ko‘rsatmalari, ularga xos psixologik xususiyatlar, jinoyatchi shaxslarning psixologiyasini o‘rganish (ya’ni jinoyatga aloqadorligini). Bunda:

  • jinoyatchining tashqi ko‘rinishini idrok etish;

  • jabrlanuvchining tashqi ko‘rinishini idrok etish;

  • jinoyatchi shaxsning xatti-harakatlarini esda saqlab qola bilish;

  • jinoyatchi shaxsning yuz tuzilishini tasvirlab berishi;

Uchinchi bosqichda jinoyatchi shaxs haqida ma’lumotlarni to‘plash va ularni tahlil qilish:

  • jinoyatchi shaxsning tashqi ko‘rinishi haqida tasavvurga ega bo‘lish;

  • jinoyatchi shaxsning obrazini xayoliy tasavvur qila bilish;

  • qidirish ishlarini olib borishda jinoyatchi shaxsni taxminiy bilish;

  • yasharinish joylarini taxmin qila olish;

  • qidiruvdagi shaxsni qo‘lga olish uchun qo‘llanadigan usullarni o‘ylab topish.

To‘rtinchi bosqichda operativ xodim qidiruv harakatlarini amalga oshirish jarayonida quyidagi holatlarni aniqlashi kerak:

  • qidiruvdagi shaxsning ehtimol tutilgan harakatlari va yashirinish joylari;

  • uning niqoblanishi;

  • odatlari, qiziqishlari;

  • xarakteri va temperamenti;

  • qidiruvdagi shaxsning yaqin qarindoshlari, tanishlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • qidiruvdagi shaxsning boshqa shaxslar bilan o‘zaro aloqasi;

  • qidiruvdagi shaxs qidiruv harakatlarini sezganda o‘zini chetga olishi va aldash usullari;

  • qidiruvdagi shaxsning intellektual va boshqa shu kabi psixologik tomonlarini inobatga olish muhim ahamiyat kasb etadi.

Qidiruvdagi shaxs xatti-harakati dinamik xarakterga ega. U qidiruvda qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar asosida vujudga keladi va o‘zgarib boradi. Operativ xodimda qidiruv ishlarini olib borish uchun quyidagi psixologik sifatlar: psixologik tayyorgarlik, kasbiy mahorat, operativ xotira, mantiqiy tafakkur muhim hisoblanadi.

Dastlabki operativ tekshiruv, operativ kuzatuv va operativ ishlovdan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun ichki ishlar organlariga operativ qidiruv faoliyatidagi mavjud kuch, vosita, usullar va boshqa imko- niyatlarni belgilangan tartibda qo‘llashga, operativ kombinatsiyalar o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Shu maqsadda operativ xodimlar ichki ishlar organlarining turli bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladilar, huquqni muhofaza qilishning boshqa organlari, shuningdek, tashkilotlar, korxonalar, muassasalar, jamoatchilik va alohida fuqarolarning yordamlaridan faol foydalanadilar.

Shunday qilib, jinoyat sodir qilgan shaxslarni qidirib topishda va qo‘lga olishda operativ xodim jabrlanuvchi, guvoh, qidiruvdagi shaxslar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishlari talab etiladi. Operativ xodim qanchalik ko‘p ma’lumotga ega bo‘lsa, yig‘ilgan ma’lumot shaxsning qayerga ketishi mumkinligi, kim bilan bo‘lishi, nima uchun bu sodir qilganligiga oydinlik kiritadi. Shuningdek, qidiruvdagi shaxsning ehtimol tutilgan harakatlari va yashirinish maqsadlarini, niqoblanishini, odatlari va qiziqishlarini, xarakteri va temperamentini, qidiruvdagi shaxsning yaqin qarindoshlari, tanishlari haqida ma’lumotlarni to‘la egallashga imkon yaratadi. Mana shu yig‘ilgan ma’lumotlardan unumli va mohirona foydalangan holda qidiruvdagi shaxsning boshqa shaxslar bilan o‘zaro aloqasini aniqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.


  1. Download 3,02 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish