Kasbiy psixologiya


§. ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI FAOLIYATIDA JINOYATCHILARNI QIDIRISHNING PSIXOLOGIK MUAMMOLARI



Download 3,02 Mb.
bet96/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

§. ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI FAOLIYATIDA JINOYATCHILARNI QIDIRISHNING PSIXOLOGIK MUAMMOLARI

Jinoyat - O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 14-mod- dasiga asosan, Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan aybli, ijtimoiy-xavfli qilmish84. Jinoyatlarni ochish jarayonida sodir etilgan jinoyatning sababini aniqlash yaxshi samara beradi. Chunki jinoyat motivi jinoiy qilmish sodir etishga ahd qiluvchi anglab yetgan his-tuyg‘udir. Jinoyatchilik, ayniqsa, agar u uyushgan bo‘lsa, jamiyatimizga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi, bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «O‘zbe- kiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarining «O‘zbekistonning jinoyatchilikka qarshi kurash strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari» deb nomlangan qismida alohida to‘xtalib o‘tadi.

Ichki ishlar sohasida ishlaydigan har bir shaxsning o‘ziga xosligi, jinoyat olamidagi shaxslardan xabardor bo‘lishi va ularni bilishi, eng asosiysi, jinoyat sodir qilishining oldini olishdir. Jinoyatlarni ochishda avvalo jinoyatchining intellektual-ma’naviy xislatlari, ruhiy va jismoniy holatini hisobga olish zarur. Shuningdek, jinoyatchi shaxsining psixik jarayonlarini mantiqiy tahlil etish, u sodir etgan jinoyatni malakali baholash, jumladan individual bashorat qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Sodir etilgan jinoyatni ochishda jinoyatchi to‘g‘risida har tomonlama chuqur tasavvurga ega bo‘lish uchun jinoiy harakatning vaqti, joyi va boshqa jihatlari to‘liq psixologik tahlil etilishi, ya’ni jinoyat sodir etilishining yashirin motivlari va maqsadlarini inobatga olish zarur.

Jinoyatchi shaxs jinoyatni nima maqsadda sodir etishi mumkin? Aynan mana shunday muammoli savol qo‘yish jinoyatchilikka qarshi kurashishda, ayniqsa, agar u «kasbi»ni puxta biladigan retsidivist tomonidan sodir etilsa, unga qarshi kurashish o‘ta muhim hisoblanadi. Bu borada jinoyat-qidiruv faoliyati mutaxassislari shunday xulosaga kelgan: «Jinoyatchilikka qarshi kurash bu xuddi ziddiyatdek, ya ’ni ikki tomon ham o ‘ziga xos bir-biriga qarshi xabarga ega bo ‘ladi va bu xabarlar natijasida ikkala subyekt ham bir-birining eng nozik tomonini bilgan holda kurash olib boradi».

Jinoyat sodir qilgan shaxsning asosiy maqsadi:

  1. o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish;

  2. eng asosiysi, qilgan jinoyatining izini yo‘qotishdan iboratdir. Jinoyatchi shaxslar psixologiyasi va an’analaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, ular ko‘p hollarda jinoyatni mahorat bilan (professional) sodir etadilar, shuningdek, boshqa shaxslarni qo‘rqitish, aldash yo‘li bilan jinoyat sodir etishga majbur qiladilar.

Jinoyatchi shaxslar iloji boricha ichki ishlar organlari xodimlari bilan muloqotda bo‘lishni xohlashmaydi, ulardan uzoqroq yurish, o‘zlarini olib qochishga harakat qiladilar. Agar ular bilan muloqotga kirishadigan bo‘lsa, o‘zlarining faqat ijobiy tomonlarini ko‘rsatishga intiladilar, chunki ijobiylik ularning har xil voqea-hodisalardan keyin gumon qilinmasligini ta’minlashi mumkin.

Jinoyat qidiruv organi xodimlari shaxslarni profilaktika inspektor- larining tavsiyasi bilan tekshirishi mumkin. Agar jinoyat qidiruv organi xodimi uchastka inspektori aytgan shaxsni yaxshi bilsa, bu gumon boshqa tekshirilmaydi va bu haqida profilaktika inspektorini faqat ishontira bilishi kerak bo‘ladi.

Ko‘p hollarda jinoyatchi shaxs organ xodimi, ya’ni profilaktika inspektori bilan muomalasini yaxshi qiladi, o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatib yuradi va bundan foydalanib jinoyat sodir qiladi. Jinoyatchi shaxslar o‘zlari haqida biror-bir yomon fikr yuzaga keltirmaslikka harakat qiladi, asosan o‘zlarini boy qilib ko‘rsatmaydi, agar jinoyat, masalan, o‘g‘rilik sodir qilgan bo‘lsa ham tanishlaridan hammaning oldida pul qarz so‘raydi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari turli toifadagi jinoyatchilarning psixologiyasini, sodir etilgan jinoyatiga qarab, u qaysi shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini, sodir etilgan jinoyatning asosiy maqsadi va motivlarini mukammal bilishlari, zudlikda ehtiyot choralarini ko‘rishlari, shuningdek, jinoyatchi shaxsning hamda jinoyatchi guruhlarning qilgan jinoiy xatti-harakatlari, ularning psixik holatlarini, individual psixologik xususiyatlarini jinoyatni ochish jarayonida psixologik bilimlar, psixologik usul va uslublardan mohirona foydalangan holda ochish qobiliyatiga ega bo‘lishlari davr talabidir.


  1. Download 3,02 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish