Kirish. Kasbiy psixologiya, o‘z mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy psixologiya fani tarkibiga kiradi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda kasbiy psixologiya o‘ziga xos predmet bo‘lib, odam-texnika o‘rtasida funksiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarining nozik tomonlarini qamrab oladi. Insonning xulq-atvorini, xattiharakatlari bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganadi. Kasbiy psixologiyaning rivojlanish tarixi. Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan bo‘lib, umumiy psixologiyaning qonuniyatlarini o‘rganadi va bu faoliyat samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi. Kasbiy psixologiya fani texnik muhandis xodimlarining munosabatlari, odamlarning psixik faoliyatini texnik boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Bunda texnik muhandislik faoliyatining psixologik asoslarini o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |