Kasbiy psixologiya fanining predmeti quyidagilardan iborat: – texnik muhandis xodimlarining psixikasini har tomonlama o‘rganishdan hosil bo‘lgan bilimlar; – texnik muhandis xodimlarining ongi, ruhiyati, onglilik va ongsizlik holatidan hosil bo‘lgan xulosalar; – texnik muhandis xodimlarining shaxsining tuzilishi, uning faoliyati va faolligini o‘rganish orqali olingan nazariy va amaliy xulosalar. Barcha fanlar singari kasbiy psixologiya fanining ham o‘z ob’yekti mavjud, ular quyidagilardan iborat: – texnik muhandis idoralar xodimlarining psixologiyasi; – texnika inson munosabatlarida inson omili va psixologiyasi; – fuqarolarning onglilik va ongsizlik holatlari; – shaxsning tuzilishi; – shaxsning faoliyati; – shaxsning faolligi va uning shakllari.
Do'stlaringiz bilan baham: |