Epikurning (eradan avvalgi 342-271 yillar) fikricha ruh butun organizmga tarqalgan juda nozik jismdir, uni g’ayrijismiy deyish alahsirashdan boshqa narsa emas. O’rta asrlarga kelib Sharqda ham , G’arbda ham Aristotelning psixologik ta’limoti hukmron bo’lib qoldi. Bu ta’limot keyinchalik metafik yoki rasionalistik psixologiya ismi bilan yuritildi. Metafizik deb atalishining sababi shundaki, bu ta’limotga asosan ruh g’ayrijismiy bir narsa deb tushuntiriladi. X1X asrning oxirlariga kelib psixologiyada tarixiy psixologiya, yosh psixologiyasi va zoopsixologiya kabi tarmoqlar paydo bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |