Aristotel o’zigacha bo’lgan filosoflarning, jumladan, o’z ustozi Platonning psixologik qarashlarini tahlil qildi. Aristotelning psixologik ta’limotida ruh va tananing o’zaro munosabati problemasi muhim o’rin tutadi. “Ruh, - deydi Aristotel, o’z tabiatiga ko’ra hukmron asosdir, tana esa tobe narsadir. Forma materiyaga nisbatan qanday bo’lsa, ruh ham tanaga nisbatan xuddi shunday. U (ruh) hayotga ma’no va yo’nalish beradi, ruh ta’sir qiladi va harakatlantiradi, tana esa ta’sirlanadi va harakatga keladi. Ruh tirik tananing sababi va manbaidir
Do'stlaringiz bilan baham: |