Qadimgi filosofiyaning mashhur namoyandalari Suqrot (eradan avvalgi 469-399) va Platon (eradan avvalgi 427-347 yillar) ham inson psixikasi, ruhiy hayoti haqida butunlay boshqacha nazariyani olg’a surganlar. Ularning fikricha, tana va jon boshqa-boshqa qismlardir. Guyoki jon inson tanasiga “ideal” dunyodan kiradi-yu, ma’lum vaqtdan so’ng yana o’sha dunyoga qaytib ketadi. Mashhur filosof Demokrit esa (eradan avvalgi 460-370 yillar) inson organizmi atomlardan tashkil topgan, uning ruhi mayda atomlardan iborat degan fikrni olga suradi
Do'stlaringiz bilan baham: |