127
Ta‘limning
samaradorligini oshirish, shaxsning ta‘lim markazida bo‗lishini va
yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta‘minlash uchun ta‘lim muassasalariga yaxshi
tayyorgarlik ko‗rgan, o‗z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol usullarni biladigan, ulardan o‗quv-
tarbiya jarayonini tashkil qilishda foydalanish qoidalarini o‗zlashtirgan o‗qituvchilar
kerak. Buning uchun fan o‗qituvchilarini yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol
usullar bilan qurollantirish, olgan bilimlarini o‗quv-tarbiyaviy mashg‗ulotlarda qo‗llash
malakalarini uzluksiz oshirib borish lozim
8
.
Mamlakatimiz rivojlanishining muhim
sharti zamonaviy iqtisodiyot, fan,
madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan
tizimini yaratishdan iborat.
SHaxs uzluksiz ta‘limda va kadrlar tayyorlashda ta‘lim xizmatlarining
iste‘molchisi hamda ishlab chiqaruvchisi sifatida namoyon bo‗ladi. Respublikamizda
amalga oshirilayotgan islohatlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi-har
tomonlama rivojlangan barkamol insondir.
Zamonaviy o‗qituvchiga qo‗yiladigan talablardan biri
dars jarayonida samarali
metod va texnik vositalarni qo‗llash, pedagogik mahorat qirralarini va ta‘limning
ilg‗or pedagogik texnologiyalarini puxta egallagan bo‗lishidir.
YOsh pedagoglar mutaxassislik bo‗yicha mavjud bilimlaridan tashqari o‗quv
jarayonlariga qadam qo‗yar ekanlar, pedagogik va psixologik bilimlar, texnologiya va
o‗qitish metodikalariga doir zarur pedagogik bilimlarni egallagan bo‗lishlari kerak.
Ana shularni e‘tiborga olgan holda, yosh pedagoglarning malakasini oshirishda
asosiy masalalar quyidagicha belgilanadi:
- o‗qitish jarayonining samaradorligini ta‘minlovchi
pedagogik malakalarni
shakllantirish;
- ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, gumanitar bilimlarni anglashga yo‗naltirilgan
yangi kasbiy tafakkurni shakllantirish;
- o‗qituvchi faoliyatining metodologik asosi sifatida pedagogik bilimlar
tizimini egallash.
Bugungi kunda o‗quvchini ta‘limning markaziga olib chiqish zarur. Buning uchun
an‘anaviy ta‘limdan vo‗z kechib, ta‘lim jarayoniga innovatsion pedagogik va axborot
texnologiyalarni tadbiq qilish muhimdir. Ta‘limning samaradorligini ko‗tarishga
bo‗lgan qiziqish, e‘tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar
qo‗llanilgan mashg‗ulotlar o‗quvchilar egallayotgan bilimlarni o‗zlari qidirib
topishlariga, mustaqil o‗rganib taxlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‗zlari keltirib
chiqarishlariga qaratilgan. Bunday o‗quv jarayonida o‗quvchi asosiy figuraga aylanadi.
O‗quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to‗g‗ri
joriy etilishi
o‗qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi, maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga
olib keladi. Bu esa o‗quvchidan ko‗proq mustaqillik, ijodiy va irodaviy sifatlarni talab
qiladi.
Hozirgi davrda sodir bo‗layotgan innovatsion jarayonlarda ta‘lim tizimi oldidagi
muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o‗zlashtirish, o‗zlashtirgan bilimlarni
o‗zlari
tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin
fikrlaydigan shaxslar kerak.
8
Vassiliou A, and at all.
Report to the European Commission on. New modes of learning and teaching in higher
education. Luxembourg. 2014. ISBN: 978-92-79-39789-9 doi:10.2766/81897
128
SHuning
uchun
ham,
ta‘lim
muassasalarining
o‗quv-tarbiyaviy
jarayonida zamonaviy
o‗qitish
uslublari - interfaol uslublar, innovatsion
texnologiyalarning o‗rni va ahamiyati beqiyosdir.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta‘lim tizimi orqali
shaxsning har tomonlama barkamol bo‗lib etishishini ko‗zda tutadi. Pedagogik
texnologiyalardan foydalanishning asosiy maqsadi esa respublikamizning ta‘lim
muassasalarida faoliyat ko‗rsatayotgan yosh istiqbolli pedagog kadrlarga pedagogika va
psixologiya fanlariga oid bilimlarni yanada mustahkamlash va olgan bilimlarini o‗quv-
tarbiya jarayoniga qo‗llay olishga o‗rgatish, shuningdek ularga pedagogik mahorat
sirlarini ochib berishdan iborat.
Ta‘lim texnologiyalyari bir qator belgilar bilan ta‘riflanadi:
•
Aniq, mantiqiy pedagogik, didaktik o‗qitish maqsadlarini ishlab chiqish;
•
O‗zlashtirilishi lozim bo‗lgan
axborotlarni tizimlashtirish, tartibga solish,
jipslashtirish;
•
Didaktik, texnik o‗qitish va nazorat qilish usullarini kompleks ravishda qo‗llash;
•
O‗qitishning diagnostik funksiyalarini kuchaytirish;
•
Sifatli ta‘limni kafolatlash
Oliygox pedagogining professional vakolati – mutaxassisning integral ta‘rifi
bo‗lib, uning xakkoniy vaziyatda professional muammolar va tipik professional
vazifalarni xal qila olishidir.
Pedagogik amaliyot unumli, kamunumli va unumsiz bo‗lishi mumkin
.
•
Unumli pedagogik amaliyot markazida tinglovchilarni keyingi kasbiy faoliyatlariga
tayyorlash, ularni mustaqil fikrlashga o‗rgatish yotadi.
•
Kam unumli pedagogik ijodiyotda pedagog asosan o‗z-o‗zini maqtash, o‗zini
reklama qilish bilan shug‗ullanadi.
•
Unumsiz pedagogik amaliyotida pedagog o‗z kasbiy faoliyatiga rasmiyatchilik
nuqtai nazaridan qaraydi
Pedagoglarning ish natijalariga binoan ularni quyidagi darajalarga ajratish mumkin:
•
reproduktiv – o‗zi nimani bilsa tinglovchilarni shunga o‗rgatadi;
•
adaptiv – o‗z bilimlarini auditoriyadagi tinglovchilarga moslay oladi;
•
bilimlarni tizimli modellashtiruvchi – kurs bo‗yicha
bilimlar sistemasini
shakllantirish strategiyasini biladi;
•
tizimli modellashtiruvchi ijodiyot – o‗z fanini xar tomonlama etuk shaxsni
shakllantirishga qaratilgan strategiyani ishlab chiquvchi o‗z ishining ustasi.
Do'stlaringiz bilan baham: