“Yaxshi ishga ega bo`lish” trening mashg’uloti.
Maqsad: Kasb tanlashga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish.
Vazifalar: Yoshlarga shaxs sifatida shakllanishda nimalar kerakligini o`rgatish;
-muvaffaqiyatli taqdimot ko`nikmalarini ishlab chiqish;
-hayotiy va kasbiy istiqbolni rejalashtirish ko`nikmalarini ishlab chiqish.
Kutilayotgan natijalar:
-o`zlarini shaxs sifatida anglashga o`rganadilar;
-ishtirokchilar muvaffaqiyatli taqdimot va rejalashtirish ko`nikmalarini o`zlashtiradilar;
-ishtirokchilar ongli holda kasb tanlashni o`rganadilar.
Uslublar: interfaol uslublar – muzyorar, enerjayzer, ijodiy topshiriq, qisqa – ma’ruza, guruhda ishlash.
Mo`ljallangan guruh: Yuqori sinf o`quvchilari.
Davomiyligi: 3 soat.
Reja:
45 daqiqa
|
Kirish qismi – 45 daqiqa.
|
Tanishuv “Men yoqtirgan kasb” – 5 daqiqa.
Ishlash qoidalarini aniqlash – 5 daqiqa.
Maqsad va vazifalarni aniqlash – 5 daqiqa.
Test «5 ta kasb» – 30 daqiqa.1 qism45 daqiqaAsosiy qism – 45 daqiqa.
Jadvalni to`ldirish – “To`g’ri qaror qabul qilishda mening qadamlarim” – 20 daqiqa.
Muvaffaqiyat uchun amaliy qadamlarni aniqlash – 15 daqiqa.
O`qituvchining xulosasi – 10 daqiqa2 qismTanaffus «Sharaflar yo`li» o`yini. 45 daqiqaAmaliyot – 45 daqiqa
«Ish beruvchi bilan suhbat» – kichik guruhlarda ijodiy ish – 35 daqiqa.
Qisqa ma’ruza – «Muvaffaqiyatli taqdimot sirlari» – 5 daqiqa.
O`qituvchi xulosasi – 5 daqiqa.3 qismTanaffus «Ushlab ol» o`yini. 45 daqiqaYakuniy qism – 45 daqiqa.
Qisqa ma’ruza – “Ish beruvchining taxminiy savollari” – 20 daqiqa.
Ishtirokchilar fikrini aniqlash – 20 daqiqa.
O`qituvchining yakuniy xulosasi – 5 daqiqa.4 qism
Seminar-treningni borishi:
1-qism:
Kirish qismi.
Tanishuv “Men yoqtirgan kasb”.
«Men yoqtirgan kasb» – O`qituvchi ishtirokchilardan doira shaklida turishlarini so`raydi. Barcha ishtirokchilar doira shaklida turganlaridan so`ng, O`qituvchi tanishuv qoidasini tushuntiradi. Har bir ishtirokchi o`z ismi va yoqtirgan kasbini aytishi kerak. Boshqalar esa diqqat bilan tinglashlari lozim. Masalan: “Mening ismim Nilufar va men shifokor bo`lishni xohlayman”.
Ishlash qoidalarini aniqlash.
faollik;
ko`ngilli ishtirok;
belgilangan vaqtga rioya qilish;
boshqalar fikrini hurmat qilish;
qo`l ko`tarish qoidasi;
fikrni qisqa va lo`nda bildirish.
O`qituvchi hamma takliflarni tinglab, guruh roziligi bilan taklif qilingan qoidalar yozib chiqiladi.
Maqsad va vazifalarni aniqlash.
Psixologik test: – «Beshta kasb».
Maqsad: o`quvchi-yoshlarning turli kasblarga nisbatan qanday munosabatda ekanliklarini o`rganish.
Testning o`tkazilishi – vatmanda yoki doskada quyidagi jadval chiziladi:
5
|
Sotuvchi, boshlang’ich sinf o`qituvchisi
|
Chilangar, radiomontajchi
|
Bog’bon,
|
zootexnikLoyihalovchi,
kotibaBo`yoqchi, dizayner4Tokar’, avtochilangarVeterenariya vrachi,
chorvadorYer o`lchovchi
uyali aloqa operatoriArxitektor,
fotosuratchiYuqori sinf o`qituvchisi, enaga3Geolog,
tuproqshunosIqtisodchi,
programmistAkter,
zargartarbiyachi, ofisiantAloqa xodimi, tikuvchi2Musahhih (korrektor),
EHM operatoriRassom, sozandaKollej o`qituvchisi, korxona administratoriHaydovchi,
televizor ustasiAgronom, biolog1Oynalarga jilo beruvchi, modelyerOliygoh o`qituvchisi, shifokorQuruvchi-muhandis,
elektrikO`rmon xo`jaligi xodimi, asalarichiAloqa operatori,
matbaada matnlarni teruvchi ABVGD
Har bir ishtirokchi qog’ozda 25ta katakdan iborat shunday jadvalni chizadi va har bir katakka berilgan 2 ta kasbdan birini tanlab yozadi.
Keyin ishtirokchi ustunlar (a, b, v, g yoki d) bo`yicha 5 ta tanlangan kasbni solishtirib, eng yoqqanini 5 ball bilan, uncha yoqmaganini 4 ball va h.k.z. hamda eng kam yoqqanini 1 ball bilan baholashi kerak. Bu ballar kasb yozilgan kataklarga yoziladi. Qatorlar (1, 2, 3, 4, 5) bo`yicha ham xuddi shu amallar bajarilishi kerak.
Shunday qilib, har bir katakda ishtirokchi tanlagan kasb hamda 2 ta ball, biri shu kasbning ustunlar bo`yicha bali, ikkinchisi esa qatorlar bo`yicha bali yozilgan bo`lishi kerak.
Olingan ma’lumotlar tahlili. Quyida ishtirokchilarga berilgan jadvalda 5 tipga taalluqli kasblar taklif etilgan.
Kasb tiplari
|
Taxminiy kasblar
|
Inson – inson
|
|
(I)sotuvchi, oliygoh o`qituvchisi, shifokor, kollej o`qituvchisi, korxona administratori, boshlang’ich sinf o`qituvchisi, tarbiyachi, ofisiant, yuqori sinf o`qituvchisi, enagaInson – texnika
(Tex)Quruvchi-muhandis, aloqa ustasi, tikuvchi, haydovchi, televizor ustasi, chilangar, tokar’, avtochilangar, radiomontajchi, elektrikInson – tabiat
(T)O`rmon xo`jaligi xodimi, asalarichi, geolog, agronom, biolog, veterenariya vrachi, bog’bon, zootexnik, chorvador, tuproqshunosInson – belgilar sistemasi
(B)Aloqa operatori, musahhih, EHM operatori, iqtisodchi, dasturlovchi, yer o`lchovchi, chizmachi, kotiba, uyali aloqa operatori, matbaada matnlarni teruvchiInson – san’at
(S)Oynalarga jilo beruvchi, modelyer, rassom, sozanda, aktyor, zargar, arxitektor, fotosuratchi, bo`yoqchi, dizayner.
Quyidagi jadval esa kalit hisoblanadi, uning yordamida ishtirokchilarning har bir guruhdagi kasbga munosabaini aniqlash mumkin, ya’ni,
“inson – inson” (I) a5, b1, v2, g3, d2;
“ inson – texnika” (Tex) – a4, b5, v1, g2, d3;
“ inson-tabia”t (tabiat) – a3, b4, v5, g1, d2;
“ inson-belgi” (Belgi) – a2, b3, v4, g5, d1;
“ inson-san’at” (San’at) - a1,b2, v3, g4, d5.
Bu kataklarga yozilgan ballar har bir yo`nalish bo`yicha alohida qo`shib chiqiladi.Olingan ballarni solishtirganda, qaysi tip bo`yicha to`plangan ballar yig’indisi eng ko`p bo`lsa o`quvchilarning qaysi kasbga ko`proq, qaysi biriga kamroq qiziqishi borligini aniqlash mumkin.
5
|
Inson
|
Texnika
|
Tabiat
|
Belgi
|
San’at
|
4
|
Texnika
|
Tabiat
|
Belgi
|
San’at
|
Inson
|
3
|
Tabiat
|
Belgi
|
San’at
|
Inson
|
Texnika.
|
2
|
Belgi
|
San’at
|
Inson
|
Texnika.
|
Tabiat
|
1
|
San’at
|
Inson
|
Tex
|
Tabiat
|
Belgi
|
|
A
|
B
|
V
|
G
|
D
|
2-qism:
ASOSIY QISM.
“To`g’ri qaror qabul qilish yo`lida mening qadamlarim” – qadamlar jadvalini to`ldirish
Maqsad: ishtirokchilarga hayotiy va kasbiy istiqbollarini ongli ravishda rejalashtirishga yordam berish.
Mashqning ta’rifi:
Boshlovchi ishtirokchilarga test natijalariga asoslangan holda o`zlariga mos kasblar ro`yxatini tuzib chiqishlarini taklif etadi. Buning uchun doskaga savollar yozib chiqadi va ishtirokchilardan ularga ixtiyoriy ravishda javob berishlarini taklif etadi (ketma-ketlikda yohud bitta yoki ikkita ishtirokchini tanlab olib ulardan hamma savollarga javob berishlarini taklif etish mumkin):
Kim bo`lishni xohlardingiz?
Nimaga siz aynan shu kasbni tanladingiz?
Tanlangan kasb uchun nimalar kerak?
Bu kasbga ega bo`lish uchun qanday ma’lumotga ega bo`lish kerak?
Bu kasbni egallashingiz uchun imkoniyat chegarasi qanday?
Ish beruvchi sizga qanday sharoitlar yaratib berishini xohlar edingiz?
Ishtirokchilar savollarga javob berib bo`lganlaridan so`ng individual tarzda quyidagi jadvalni to`ldirib berishlari taklif etiladi. Shundan so`ng ixtiyoriy ravishda ishtirokchilardan o`zlari tuzgan jadvallarining taqdimotini o`tkazishlari so`raladi, guruh tomonidan har bir taqdimot muhokama qilinadi va qo`shimchalar kiritiladi.
Masalan,
Bu kasbni egallash uchun qanday qobiliyat va shaxsiy sifatlarga ega bo`lish kerak? – kasbni ko`rsating
|
Siz bu qobiliyat va sifatlarga egamisiz? (Ha, yo`q, bilmayman)
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |