Yaxshi ishga EGA bo`lish
1 2 Bog'liqYaxshi ishga ega bo\'lish trening
1. Odamlar bilan muloqot qilish Ha2. Xujjatlar bilan ishlashni bilishYo`q3. Jadval to`ldirilgandan so`ng boshlovchi xulosalarini aytib o`quvchi tomonidan tanlangan kasbni egallash uchun qanday sifatlarga ega bo`lish kerakligi haqida chuqurroq o`ylab ko`rishlarini taklif etadi. Bu natijalar ota-onalar, psixolog o`qituvchilar bilan ham muhokama qilinishi taklif etiladi. “Muvaffaqiyatga erishish uchun amaliy qadamlar”mashqi– 15 daqiqa. Maqsadga erishish yo`llarini ongli ravishda rejalashtrish ko`nikmalari bo`yicha olingan ma’lumotlarini mustahkamlash uchun ishtirokchilarga quyidagi savollarga javob berishlarini taklif etiladi. Siz qaror qabul qildingiz, endi quyidagilarni aniqlash kerak: Qaysi o`quv muassasasida kerakli ma’lumotni olishingiz mumkin? Qanday qilib o`zingizda kasbiy muhim ko`nikmalarni rivojlantirishingiz mumkin? Qanday qilib bu mutaxassislik bo`yicha amaliy tajribaga ega bo`lish mumkin? Qanday qilib mehnat bozorida raqobatbardoshligingizni oshirish mumkin? Xulosa: Hozirgi mashg’ulotlardan ko`rib turibmizki, inson doimo o`z hayotini rejalashtirishi, tanlagan kasbiga mas’uliyat bilan qarashi, tanlagandan so`ng esa bu maqsadga qanday erishish yo`llarini izlashi va buning uchun nimalar qilishi kerakligini bilib oldik. Interfaol o`yinlar. “Ko`zgu”, “Sharaflar yo`li”. “Ko`zgu”: Ishtirokchilar ikki guruhga bo`linadilar. Ikki guruh bir–biriga qarama-qarshi turadi. Birinchi guruh ikkinchi guruh qilayotgan hamma harakatlarni qaytaradi. Keyin joylari bilan almashadilar (5daqiqa). Shuningdek, quyidagilarni bajarishni taklif etish mumkin: Bunda chap tarafdagilar o`ng tarafdagilarni bir-birlariga tegmasdan va yaqinlashmasdan kuldirishlari. Keyin hamma o`z joyini bir-birlari bilan almashadi. Bunda o`ng tarafdagilar chap tarafdagilarni joylari bilan almashishga ko`ndirishlari kerak. Enerdjayzer insonda kuch ishlatmasdan kuzatuvchanlik va e’tiborni, boshqalarni ishontirish, o`z fikriga ega bo`lish kabi sifatlarni rivojlantiradi. “Sharaflar yo`li”: Ishtirokchilar 2 guruhga bo`linadilar va ikki qator bo`lib turadilar. Shundan so`ng hamma baravariga qarsak chalishadilar. Eng oxirida turgan ishtirokchi ikki qator orasidan, ya’ni “Sharaf yo`li”dan yurib boradi va boshqa qatorga turadi. Xuddi shu tarzda boshqa qatordagi ishtirokchi ham “Sharaflar yo`li”ni bosib o`tishi kerak bo`ladi. Keyinroq boshlovchi o`yinga izoh beradi va ishtirokchilar bilan fikr-mulohazalar almashadi. 3-qism: AMALIYOT. “Ish beruvchi bilan suhbat” – kichik guruhlarda ijodiy ish. Maqsad: o`zini taqdimot qilish ko`nikmalarini o`zlashtirish. Mashq ta’rifi: Rolli o`yin. Ishtirokchilardan birontasi “Ish beruvchi” rolini o`ynaydi. Boshqa ishtirokchilar “Da’vogar” lar rolida bo`ladilar. “Ish beruvchi” “Da’vogar”ga rad javobini berishi va juda qattiq shartlarni qo`yish kerakligi tayinlanadi. Suhbatda ishtirok etmagan guruh ishtirokchilari suhbatni e’tibor bilan kuzatib, tahlil qilib, da’vogarning muvaffaqiyatini baholashadi hamda tegishli maslahatlar berishlari kerak bo`ladi. Kuzatuvchilarga ular e’tibor berishlari shart bo`lgan mezonlar ro`yxati yozilgan kartochkalar tarqatiladi, maslan: tashqi ko`rinish, o`zini tutish, javoblarning aniq berilishi va h.k.z. Muvaffaqiyatli taqdimot sirlari. Har doim o`z so`zingizda qat’iyatli bo`ling; Nutqingizni aniq va ravon bayon eting; Fikringizni aniq bayon qiling; Hech qachon haddan tashqari past yoki baland ovozda gapirmang; Diqqat e’tiborli va muloyim bo`ling, hech qachon jahl bilan so`zlashmang; Har doim gapingizni kulib boshlang va kulib tugating; “Balkim”, “Kim biladi” kabi so`zlarni ishlatishingiz ishonchni kamaytiradi; Hech qachon suhbatdoshingizni e’tibordan chetda qoldirmang(har bir eshituvchiga 3 soniyadan nigohingizni qarating); Oyog’ingizni goh u yerga goh bu yerga almashtirmang; Qo`lingizni orqangizda tutmang, doim ochiq bo`lishga harakat qiling; Stolga/stulga yastanmang, suyanmang; Chalg’ituvchi harakatlarni bajarmang; Har doim javoblar uchun rahmat so`zini ishlating. 4-qism: YAKUNIY QISM. Ish beruvchining taxminiy savollari: Ta’limdagi muvaffaqiyatlaringizni qanday tasvirlab bergan bo`lar edingiz? O`qishingiz vaqtida qanday qiyinchiliklarga uchragansiz? Nima uchun aynan shu ishni tanladingiz? Nima uchun sizda maxsus ta’limingiz yo`q? Uning o`rnini nima bilan to`ldirasiz? Oxirgi ish joyingiz haqida gapirib bering? Oldingi ish joyingizda sizga nima ko`proq (kamroq ) yoqar edi? Nima uchun siz oldingi ish joyingizdan ketdingiz? O`z ishingizda nimani bajarish siz uchun qiyin kechgan? O`zingizni qanday tasvirlagan bo`lar edingiz? Aniq ish joyingiz yo`qligida nima bilan shug’ullandingiz? Professional savollar: Qanday mahsulot (ma’lumot hajmi) bilan ishlashga to`g’ri kelgan? Bo`lajak ishingizni qanday tasavvur qilasiz? Bizning korxonamiz haqida qanday ma’lumotga egasiz? Shaxsiy savollar: Oilangiz haqida; Salomatligingiz haqida; Shaxsiy fazilatlaringiz. Chalg’ituvchi savollar: (maqsad – da’vogar qiyin vaziyatlarda o`zini qanday tutishini, qanchalik tez va qanday yechim topishini kuzatish). O`z kamchiliklaringiz bilan qanday kurashasiz? Muammoli vaziyatlarda o`zingizni qanday tutasiz? Har bir inson ba’zida yolg’on gapiradi. Siz qachon yolg’on gapirasiz (misol keltiring)? Nima uchun atrofdagilar bilan muammolar paydo bo`ladi? O`zingizga 3 xil tavsif bering. Da’vogar ish beruvchidan nimalarni so`rashi mumkin: Korxonaning o`ziga xos xususiyatlari. Uning kelajakdagi imkoniyatlari. Lavozim majburiyatlari. Javobgarlik darajasi. Mehnat sharoiti. Bo`sh o`rinning paydo bo`lish sababi. Savollarni kartochkalarga bo`lib ish beruvchi rolida ishtirok etayotgan ishtirokchilarga tarqatish kerak. Xulosa. Boshlovchi ishtirokchilarga doira shaklida turib, ketma-ket berilgan mikrofonni (bu oddiy marker bo`lishi mumkin) olib, trening haqida o`z fikrlarini aytishlarini taklif etadi. Boshlovchining xulosasi: hammaga seminarimizda qatnashganingiz uchun katta rahmat. O`ylaymizki, bu yerda olgan bilimlaringiz Sizga va do`stlaringizga yaxshi ish topishga albatta yordam beradi. Download 25,31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: 1 2 Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |