Kasbiy pedagogika



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/235
Sana06.06.2022
Hajmi4,74 Mb.
#640207
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   235
Bog'liq
kasbiypedagogika

Ishlab chiqarish.
Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash 
tizimining yo‘nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining 
maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, ta‘limning 
muvoziy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard 
natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi. 
3. O‟rta maxsus, kasb-hunar ta‟limining davlat ta‟lim standarti 
Davlat ta‘lim standartlari ta‘lim tizimining eng zarur va etarli darajasi hamda 
o‘quv yuklamalari hajmiga qo‘yiladigan asosiy davlat talablarini belgilab beradi. 
Ta‘lim mazmunining zaruriy o‘zagi hisoblanmish ta‘lim standarti vositasida 
mamlakat xududidagi turli o‘quv muassasalarida ta‘limning barqaror darajasini 


71 
ta‘minlash sharti amalga oshiriladi. O‘quv yuklamalari me‘yoriga keltiriladi, ta‘lim 
oluvchilar bilimini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. 
Ta‘lim oluvchi davlat belgilagan ta‘lim standarti bilan cheklanishi mumkin yoki 
bilimlarni chuqurroq egallash maqsadida mustaqil ravishda, ya‘ni kengroq, chuqurroq 
bilim olishga va yuqori reyting bali to‘plash huquqiga ega. Natijada, qiyin yoki ta‘lim 
oluvchi xush ko‘rmaydigan predmetni o‘rganishda unga standartda belgilangan me‘yor 
bilan cheklanishga imkon beriladi. Bunda ta‘lim oluvchi o‘zining qiziqishi, xohishi, 
qobiliyatini va intilishlarini ro‘yobga chiqarishga, o‘zi uchun eng maqbul yo‘lni ongli 
va mustaqil ravishda tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Davlat ta‘lim standartlari o‘quv-tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari 
uchun majburiy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talablar ochiq bo‘lishini nazarda tutadi. 
Ta‘lim oluvchilar uchun shakl va mazmun jihatidan tushunarli tarzda ifoda qilingan 
mazkur talablar ta‘lim oluvchilar va ularning ota-onalariga oldindan ma‘lum qilinadi. 
Davlat ta‘lim standarti talablaridan kelib chiqib, Oliy va o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta‘limining davlat ta‘lim standarti ishlab chiqiladi. O‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta‘limi tarmoqli standarti – malaka talablariga mos holda kasbiy tavsifnoma asosida 
muayyan tayyorlov yo‘nalishi va kasb-hunar bo‘yicha ta‘lim mazmunining zarur va 
etarli hajmi va so‘nggi maqsadlarini, o‘quv yuklamalari hajmini aniqlovchi hamda 
ta‘lim sifatining standart talablariga muvofiqligini ta‘minlovchi me‘yoriy hujjatdir. 
Kasb-hunar ta‘limi dasturi kasb-hunar kolleji bitiruvchisiga egallagan kasbi 
bo‘yicha ishni malakali bajarish imkonini berish hajmidagi ma‘lum kasbga doir 
umumkasbiy va maxsus fanlarni hamda ishlab chiqarish ta‘limi va amaliyotini o‘z 
ichiga oladi. 
Kasb-hunar ta‘limi dasturini muvaffaqiyatli egallash kasb-hunar kollejlari 
bitiruvchilarini kasbi va ixtisosligi bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi 
bilan ta‘minlaydi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limini standartlashtirishning maqsadi va 
vazifalari – o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining yuksak sifatini hamda mamlakatda 
amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohatlarni, rivojlangan demokratik 
davlat barpo etish talablariga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni 
ta‘minlash, sifatli ta‘lim xizmatlari ko‘rsatish, kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning 
manfaatlarini himoya qilish, kadrlar tayyorlash sifatini, ta‘lim faoliyatini baholash 
mezonlari va tartibini belgilashdan iboratdir. 
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi sifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko‘rsatiladigan 
ta‘lim xizmatlari turlariga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablarni belgilash, ta‘lim 
oluvchilarning bilimi va kasb malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibiga, 
xalqning boy merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta‘lim oluvchilarni ma‘naviy-
axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etishdan iborat bo‘ladi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi, o‘quv-tarbiya jarayonini, pedagogik va 
axborot texnologiyalari bilan ta‘minlashga, ta‘lim darajasini nazorat qilishga, ta‘lim 
muassasalarida ta‘lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan 
me‘yorlar va talablarni belgilash; kadrlarning maqsadli va sifatli tayyorlash uchun 
ta‘lim, fan, ishlab chiqarishning samarali integrasiyasini ta‘minlashdan iboratdir. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilingandan keyin uni amalga oshirish 
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining birinchilar qatorida qabul 
qilgan qarori 1998-yil 5-yanvardagi «Uzluksiz ta‘lim tizimi uchun davlat ta‘lim 
standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida» gi 5 sonli qaroridir. 
O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonunning 7-moddasiga, 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq respublikada idoraviy bo‘ysunishi va 


72 
mulkchilik shakllaridan qat‘i nazar ta‘lim muassasalarining barcha turlari uchun 
majburiy bo‘lgan davlat ta‘lim standartlari (DTS) belgilanadi. 
- DTS kadrlar tayyorlash sifatiga, ta‘lim mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan 
talablarni;
- ta‘lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va etarlicha darajasini hamda ta‘lim 
muassasalarini bitiruvchilarga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablarini;
- o‘quv yuklamasining zarur hajmini; ta‘lim muassasalari faoliyatini va kadrlar 
tayyorlash sifatini baholash tartibi va mexanizmini belgilaydi. 
DTS ta‘lim jarayonini va ta‘lim muassasalari faoliyatini baholashni tartibga 
soluvchi boshqa me‘yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos hisoblanadi. 
Davlat ta‘lim standartlarining maqsad va vazifalari. Davlat ta‘lim standartlari joriy 
etilishi quyidagi maqsadlarni nazarda tutadi: 
- ta‘limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur 
iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga 
javob beruvchi kadrlar tayyorlanishini ta‘minlash: 
- mamlakatning ijtimoiy va ijtimoiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat 
ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib 
kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish; 
- ta‘limning demokratiyalashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta‘lim 
oluvchilarning huquqiy iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek ta‘lim jarayoni 
samaradorligini oshirish; 
- sifatli ta‘lim xizmatlarini ko‘rsatish, ta‘lim va kadrlar tayyorlash sohasida 
shaxsning, jamiyat va davlatning manfatlarini himoya qilish; 
- kadrlar tayyorlash sifatini va ta‘lim faoliyatini baholash mezonlarini va tartibini 
belgilash; 
- ta‘lim jarayoni va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta‘minlash, 
ta‘limning barcha turlari va bosqichlarida o‘quv-tarbiya jarayonini maqbullashtirish; 
- mehnat va ta‘lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlilikni ta‘minlash. 

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish