Dasturni amalga oshirish bosqichlari
Birinchi bosqich (1997-2001 yillar)
- mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy
salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun
huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish.
Ushbu bosqichda quyidagilarni amalga oshirish zarur:
-
«Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonunga muvofik, ta‘lim tizimi mazmunini tarkibiy qayta
ko‘rish va tubdan yangilash;
- pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini
oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish;
- ta‘lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlilik darajasi, malakasi, madaniy va
ma‘naviy-ahlokiy saviyasining sifatiga nisbatan qo‘yiladigan zarur talablarni belgilab
beruvchi davlat ta‘lim standartlarini yaratish va joriy etish;
xalqaro aloqalarni kengaytirish va kuchaytirish,kadrlar tayyorlashda xalqaro
donorlik tashkilotlari fondlari faoliyatiga tegishli sharoitlar yaratish, shuningdek
respublika ta‘lim sohasiga chet el investisiyalarini jalb etish bo‘yicha real chora-
tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;
- Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning monitoringini olib
borish.
Ushbu bosqichda bolalarni olti-etti yoщdan maktabga qabul qilish, ularning
jismoniy va akliy jihatdan rivojlanganligini e‘tiborga olgan holda amalga oshiriladi.
Taqozo etilayotgan, o‘kuvchi o‘rinlari zarur moddiy-texnika shartsharoitlari va pedagog
kadrlar bilan ta‘minlangan holda izchil tayyorlanadi.
Birinchi boskich bajarilishining monitoringi asosida Milliy, dasturni ro‘yobga chiqarish,
yo‘nalishlariga aniqliqlar kiritiladi.
Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar)
- Milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish,
mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan
holda unga aniqliklar kiritish.
Majburiy
umumiy o‘rta va.o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta‘limiga, shuningdek
o‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta‘limga
o‘tish to‘liq amalga oshiriladi.
Ta‘lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan
to‘ldirish ta‘minlanadi,ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga
keltiriladi.
Ta‘lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom
ettiriladi, o‘quv - tarbiya jarayoni yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik
texnologiyalar
bilan
ta‘minlanadi.
Uzluksiz ta‘lim tizimini axborotlashtirish amalga oshiriladi.
Ta‘lim xizmat ko‘rsatish bozorini shakllantirish mexanizmlari to‘lik ishga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |