Kasbiy pedagogika


Kasbiy ta‟limning fransuz modeli



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/235
Sana06.06.2022
Hajmi4,74 Mb.
#640207
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   235
Bog'liq
kasbiypedagogika

Kasbiy ta‟limning fransuz modeli 
Fransiyada maktabni bitirgach, kollejlarda o‘qitish tizimi hukmronlik qiladi. Bu 
esa o‘z navbatida erta kasb egallashdan asrab qoladi. Fransiyada boshlang‘ich ta‘lim 
asosan 11 yoshgacha bo‘lib, keyin o‘quvchi kollejda ta‘lim oladi. Undan keyingi 
ta‘limni o‘quvchi umumta‘lim yoki texnik liseylarda davom ettirishadi. Bugungi kunda 
texnik liseylar texnik bilimlarni berib, u asosida bakalavr unvonini olish mumkin. 
O‘quv muassasining ixtisosligiga qarab, bakalavrlar fransuz tilini, sosiologiya 
asoslarini, matematika, tabiiy fanlar va texnologiya fanlarini yaxshi egallaydilar. 
Texnologiya yo‘nalishidagi bakalavrlar chet tillarini, kompyuter va tijorat 
bilimlariga ega bo‘ladilar, barcha bakalavrlar oliy o‘quv yurtlarida ta‘lim olish 
huquqiga egadirlar. 
Malakali ishchi-xodimlarni tayyorlashda davlat va xususiy liseylar faoliyat 
ko‘rsatib, ularning hammasi davlat nazorati ostida bo‘ladi. Kasbiy ta‘limga o‘qish 
jarayonini Ta‘lim vazirligi ishlab chiqib, uni moddiy ta‘mirlash javobgarligi davlat 
zimmasidadir. Umumiy kasbiy ta‘limda o‘qitish jarayoni Fransiyada bepuldir. 
Oliy ta‘limning fransuz modeli Fransiyadan tashqari Belgiya, SHveysariya
Avstriya, Norvegiya va boshqa mamlakatlarda joriy qilingan. Bu tizim talabalarni 
sinchiklab tanlash asosida qabul qilishni ko‘zda tutadi. Talabalar dastlabki 1-3 yilda 
umumiy dasturlar orqali ta‘lim olish bilan bir qatorda bo‘lajak tor ixtisosliklarni 
tanlashda faol ishtirok etadilar. 
Ko‘p bosqichli fransuz oliy ta‘lim modelining o‘ziga xos xususiyatlari 
quyidagilardan iborat: 
1. Fransuz universitetida ta‘limning dastlabki 2 yilida qator mutaxassisliklar 
uchun yagona o‘quv dasturlari mavjud. 
2. Universitetning 2-kursini tugatib, tegishli guvohnoma olgan talaba shu 
universitetning 3-kursida o‘zi tanlagan mutaxassislik bo‘yicha o‘qishni davom ettirishi 
yoki boshqa universitetga o‘tishi yoki o‘qishni elitar oliy o‘quv yurtlari (Grande Ecole – 
Katta maktab, Ecole Normale – Oddiy maktab)da davom ettirishi mumkin. 
3. Universitetning 3-kursini bitirgan talabalar «lisans» diplomini oladilar. 
Bunday diplomni olgan talabalar o‘qishlarini 4-kursda davom ettirish yoki ûqishni 
tashlab o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha amaliy ish bilan shug‘ullanish huquqlariga 
egadirlar. 4-kursni tamomlagan talabalar esa «metriz» diplomini oladilar. 
4. «Metriz» diplomi uning egasiga to‘liq oliy ma‘lumot olganligidan dalolat 
beradi.
Fransiyada magistrlik diplomining yagona nusxasi yo‘q. 


65 
SHuningdek, fransuz oliy ta‘lim tizimidagi ikkinchi sikl ta‘limning maxsus 
atamasi, nomi ham yo‘q. Ikkinchi sikl deyilganda, odatda, 4 yillik birinchi sikl oliy 
ta‘limdan so‘ng keladigan navbatdagi bosqich tushuniladi, xolos. Fransuzcha oliy ta‘lim 
modelining ikkinchi sikli 1-2 yillik ta‘limni o‘z ichiga olib, uni bitiruvchilar tanlagan 
mutaxassisliklari bo‘yicha chuqur bilimlarni o‘rganganliklari haqida maxsus ixtisos 
diplomini oladilar. 
5. Mutaxassislikni bildiruvchi diplom (masalan, 2 yillik o‘qishdan keyin 
beriladigan texnologiya sohasidagi universitet diplomi) oliy ta‘lim tizimidagi 3 siklli 
ta‘lim tizimining birinchi bitirganlikdan dalolat beradi. Masalan, ixtisoslashtirilgan oliy 
o‘quv yurtining 5 yillik kursini bitirgan talaba muhandislik diplomini olsa, 
universitetning dastlabki 1 siklini tamomlagan talaba yana 3 yillik kursni bitirgandan 
so‘nggina shunday diplom egasi bo‘lishi mumkin (L.M.Makarova, 1986: 71-73). 
6. Ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlarida ma‘lum soha mutaxassislik diplomini 
beruvchi yoki doktoranturaga kirish huquqini beruvchi 1 yillik qayta tayyorlov 
kurslarining keng tarmog‘i faoliyat ko‘rsatadi. 
Oliy ta‘lim tizimini tashkil qilishdagi va tarkibidagi qator milliy xususiyatlar 
boshqa Evropa mamlakatlarida ham mavjud: 
Daniya universitetlari 4 yillik oliy ta‘limdan so‘ng o‘z bitiruvchilariga asosiy 
daraja hisoblangan nomzodlik diplomini beradilar. Lekin bunday diplom muhandislik 
mutaxassislarini egallovchilarga 5 yillik ta‘limdan so‘ng, tibbiyot mutaxassislariga 8 
yillik oliy ta‘limdan keyin beriladi. Magistr diplomini olish uchun yana 1-2 yil o‘qish 
lozim bo‘ladi. Oliy texnika maktabi bitiruvchilariga (3-4 yil) muhandislik ixtisosligi 
bo‘yicha diplom beriladi (lekin muhandis-quruvchi diplomini olish uchun 5 yil o‘qish 
lozim bo‘ladi). 
Irlandiyada gumanitar fanlar va tijorat sohasida 3 yillik, tabiiy fanlar va turli 
muhandislik mutaxassisliklari uchun 4 yillik, qishloq xo‘jaligi, stomatologiya, 
veterinariya sohalari uchun 5 yillik, tibbiyot bo‘yicha 6 yillik o‘quv dasturlarini 
o‘zlashtirib bakalavrlik darajasiga ega bo‘lish mumkin. Magistraturaga bakalavr 
diplomi bilan kirilib, u erdagi ta‘lim muddati quyidagi jihatlari bilan xarakterlanadi: 
gumanitar fanlar va tijorat – 1 yil; pedagogik fanlar – 2 yil; muhandislik fanlari -1,5-2 
yil; tabiiy fanlar (kimyo) va tibbiyot – 4-6 yil. 
Gresiyada oliy ta‘lim asosan 4 yillik bo‘lib, ayrim sohalar bo‘yicha o‘qish 
muddati bir oz uzunroq: muhandislik va stomatologiya – 5 yil, tibbiyot – 6 yil. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari 
universitet maqomida bo‘lmagan Pedagogik Akademiya deb ataladigan 4 yillik oliy 
o‘quv yurtlarida tayyorlanadi. O‘rta maktab o‘qituvchilari esa universitetlarda 
tayorlanadi. 
SHunday qilib, oliy ta‘limni tashkil qilishdagi Evropa mamlakatlari o‘rtasidagi 
bir xil yondashuv uning ko‘p bosqichliligida, ta‘lim muddatlarini belgilashda, oliy 
ta‘limga asosan yoshlarni jalb qilishda ko‘zga tashlanadi. Hozirgi kunda xorijiy 
mamlakatlarning oliy siyosatlari quyidagi jihatlari bilan xarakterlanadi: 
1. Xususiy oliy o‘quv yurtlarini tashkil qilish, ularni rivojlantirish borasidagi 
amaliy ishlar davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bunday yondashuv, 
ayniqsa, AQSH, YAponiya va Fransiyada ko‘zga yaqqol tashlanadi. 


66 
2. Oliy o‘quv yurtlari davlat tasarrufida bo‘lgan davlatlar alohida ajralib turadi. 
Bu davlatlarda xususiy oliy o‘quv yurtlari cherkov tasarrufida bo‘lib, ular 2-3 foizni 
tashkil qiladi. 
3. Xususiy oliy o‘quv yurtlar tizimi keng rivojlanayotgan mamlakatlar va 
ularning mavjudligi davlat tasarrufidagi oliy o‘quv yurtlari obro‘siga putur etkazmaydi.
4. YUqoridagi barcha mamlakatlardagi xususiy oliy o‘quv yurtlar moliyaviy 
jihatdan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. 
5. Xususiy oliy o‘quv yurtini tashkil qilish - bu ko‘p sarmoya talab qiladigan 
tadbirdir. Bu borada to‘plangan tajribalarning dalolat berishicha, faqat iqtisodiy 
baquvvat ijtimoiy tashkilotgina o‘rta darajadagi xususiy oliy ta‘lim maktabi faoliyatini 
tashkil qila oladi. 

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish