Nazorat qilish va baholash
O‘zlashtirmaydigan va faol bo‘lmagan o‘quvchilarni tez-tez nazorat qilib turish.
O‘zlashtirmaydigan o‘quvchilarga o‘z nuqtai-nazarlarini isbotlash talabini qo‘yish.
O‘zlashtirmaydigan o‘quvchilarni yaxshi baholar bilan rag‘batlantirish.
Qo‘yilgan baholarni aniq mezonlar bilan isbotlash.
Har bir o‘quvchining shaxsiy sifat va fazilatlarning rivojlantirish shartsharoitlarini hisobga olib borish.
Yaxshi o‘zlashtiradigan o‘quvchilarga individual yondashish.
3. Kasb - hunar ta’limida tarbiya jarayonini nazorat qilish
Tarbiya jarayonida “o‘quvchi” tushunchasi bilan bir qatorda “shaxs” tushunchasidan foydalaniladi. Bu bilan tarbiya jarayoni avvalambor o‘quvchini shaxs sifatida shakllantirishga qaratilganligi ta’kidlanadi. “Shaxs” nutq qobiliyatiga ega bo‘lgan va mehnat faoliyatiga layoqatli aqlli zot - insondir». Shaxs atrofidagi odam bilan o‘zaro faol munosabat jarayonida, jamiyatda, jamoada, boshqa odamlar bilan muomalada shakllanadi. Shaxs tushunchasi alohida odamga unga xos bo’lgan shaxsiy xususiyatlar bilan tavsif berish uchun foydalaniladi. Shaxsning asosiy xususiyati jumlasiga uning o‘ziga xosligi, fikrlash tarzi, faoliyati motivlari kiradi.
T arbiyaviy jarayonning asosi, shaxsning ijtimoiy jihatdan qimmatli fazilatlarni shakllantirishning asosiy manbai - faoliyat va muomaladir. Tarbiyalanuvchilarning jamiyatga foydali faoliyati qanchalik oqilona tashkil etilgan bo‘lsa, tarbiya jarayoni shunchalik samarali kechadi. Tarbiya jarayonining ana shu muhim qonuniyatini o‘qituvchi hamisha yodda saqlashi va doimo o‘z tarbiyaviy tatbiq etmog‘i darkor.
Tarbiya jarayonining asosi bo‘lgan ijtimoiy-foydali faoliyat o‘quv mehnatini ham, unumli mehnatini ham, jamoatchilik asosidagi mehnatini ham, ishdan tashqari paytdagi ijtimoiy faoliyatini ham o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy foydali faoliyat jarayonida o‘quvchilar o‘rtasida muomalaning xilmaxil shakllari tarkib topadi, shaxsning ijtimoiy qimmati vazifalari rivojlanadi. O‘quvchilar ijtimoiy foydali mehnatning har xil turlarida qatnashib, aslida jamiyat ishlariga kirishib boradilar, jamiyatda muayyan o‘rnini egallaydilar. Yigit va qizlar ijtimoiy mehnatga qo‘shilib o‘zlarining ahamiyatlarini, jamiyatga foydali ekanligini his qiladilar. Faoliyat jarayonida vujudga keladigan munosabatlar o‘quvchilar zimmasiga jiddiy vazifalarni yuklab, ularning xulq-atvoriga, shaxs xislatlariga nisbatan yuksak talablar qo‘yadi. O‘qituvchining o‘quvchilar ijtimoiy foydali faoliyatini tashkil etish sohasidagi ishning muhimligi ham ana shundan kelib chiqadi. U o‘quvchilarni ana shunday faoliyatning har xil turlariga jalb qilibgina qolmay, eng muhimi, ularda ana shu faoliyatga munosabatni, shuningdek faoliyat jarayonida tarkib topadigan o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarini tarbiyalashi lozim. Ta’lim jarayoniga nisbatan tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunda asosiy vazifa - faoliyat usullarini egallashdan iborat bo‘ladi.
Shaxs yaxlit zot bo‘lib, uning har bir xislati boshqa xislatlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu sababli insonni qismlarga ajratib tarbiyalab bo‘lmaydi. Bu esa tarbiya vazifalarini, avvalo o‘quvchilarning g‘oyaviy-siyosiy, mehnat va axloqiy tarbiyasi vazifalarini hal etishga kompleks yondoshishni talab qiladi.
Tarbiyaga kompleks yondoshish - tarbiyaviy ta’sirning barcha shakllarini shunchaki umumlashtirish emas, balki har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirish vazifalarini yaxlit hal etish prinsipidir.
Maxsus faoliyat sifatida tarbiya favqulotda va stixiyali ta’sirlardan muayyan dasturga, ongli maqsadga ega bo‘lganligi, ta’sirning maxsus ishlangan va asoslangan vositalari, shakllari va usullarini qo‘llanish bilan farq qiladi.
Tarbiyaning muayyan maqsadlari yosh ishchida qanday fazilatlar tarbiyalanishi, uning shaxsining mazmuni aniq qanday bo‘lishi haqidagi ravshan tasavvurdan kelib chiqadi. Mana shu fazilatlarni aniq belgilash tarbiyaning asosiy, eng muhim maqsadlarini belgilash demakdir. Ilmiy-metodik adabiyotni va o‘qituvchilar tarbiyaviy ishida vujudga kelgan tajribani umumlashtirib, ishlab chiqarish ta’limi va ishlab chiqarish tajribasi jarayonida o‘quvchilarda shakllantiriladigan asosiy fazilatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
· g‘oyaviy-siyosiy tarbiya fazilatlari va xususiyatlari;
· mehnatga hayotiy zarurat, jamiyatda o‘zini qaror toptirishning asosiy usuli sifatida munosabatda bo‘lish;
· ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ish sifatini yaxshilash uchun kurashda o‘z muayyan o‘rnini topadi;
· ishni yaxshiroq, tezroq, puxtaroq, tejamliroq, bajarishga intilish va uning yo‘llarini izlash davlat mulkiga munosabat tejamkorlik, egalik tuyg‘usi tashabbuskorlik;
· yuksak burch tuyg‘usi;
· o‘z ishi natijalari uchun mas’uliyat; · axloqiy fazilatlar:
· ijtimoiy burchga ongli munosabat; ongli ahloq va mehnat intizomi;
· jamoatchilik, o‘zaro yordam, kattalarga hurmat, insonparvarlik;
· halollik, haqqoniylik, o‘ziga talabchanlik, vijdonlilik, mas’uliyat, so‘zining ustidan chiqish, intizom, kamtarlik;
· qo‘yilgan maqsadlarga erishishda iroda, qat’iyat va sobitqadamlik.
Kasb-hunar kollej ta’lim muassasalarida tarbiya jarayonini nazorat qilish o‘quv yurtining rahbariyati (o‘quv yurti direktori, direktorning ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha muovini, guruh murabbiylari) tomonidan amalga oshiriladi. Bu ish pedagogik jamoaga rahbarlik qilishning ma’lum bir shakli hisoblanib, unda ta’limtarbiya ishini takomillashtirishga oid hujjatlarga asoslaniladi.
Tarbiyaning samaradorligi tarbiyaviy ish usullarini to‘g‘ri tanlash va tatbiq etishga hal qiluvchi darajada bog‘liqdir. Pedagogikada tarbiya metodlari quyidagi guruhlarga ajratiladi: faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor tajribasini shakllantirish metodlari; xulq-atvor va faoliyatni rivojlantirish metodlari. KHKlarda o‘quvchilarni tarbiyalash va tarbiya jarayonini nazorat qilishga bir qancha talablar qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |