4. Korxona va ta’lim muassasalarining yangi turdagi hamkorlik shakllari:
ijtimoiy hamkorlar bilan ikki yoqlama, uch yoqlama shartnomalar tuzish
Kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalarining o‘quvchilar ishlab chiqarish amaliyoti haqida namunaviy shartnoma _________ ________________2016 y.
Toshkent milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji direktori ______________________ bundan keyin «o‘quv muassasasi», bir tomondan va qurilish tresti boshlig‘i___________ ikkinchi tomondan, bundan keyin «korxona» quyidagi shartnomani tuzishdi:
«O‘quv muassasi» yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchundasturlar va o‘quv rejasiga asoslanib, «qurilish ishlari» kasbi bo‘yicha 20 o‘quvchidan iborat A-21 guruhini 10 dekabr 2016 yildan 15 yanvar 2017 yilgacha ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashga yo‘llaydi. O‘quvchilar ro‘yxati ilova qilinadi.
«O‘quv muassasi», «Ishlab chiqarish amaliyoti Nizomi»ga binoano‘quvchilarning dastlabki kasbiy tayyorgarligini, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni, ish sharoiti qoida tartiblarini saqlashni, uskunalarni ehtiyotkorlik bilan boshqarishlariga bo‘lgan munosabatlarini ta’minlaydi. O‘quvchilar ishlab chiqarish amaliyoti davrida «Korxona»ning ichki tartib qoidalariga to‘liq bo‘ysinishadi.
«O‘quv muassasi» ustoz orqali o‘quvchilarning o‘quv ishlarini tashkil qiladi va ularga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi.
«Korxona» bajaradi:
o‘quvchilarga-amaliyotchilarga zarur bo‘lgan jihozlar bilan jihozlangan ish
joylarni, ishlab chiqarish topshiriqlari, hujjatlar va boshqalar bilan ta’minlaydi. O‘quvchilarni kasbga oid bo‘lmagan boshqa ishlarga jalb qilmaydi va ularning bo‘sh, bekorchi bo‘lishlariga yo‘l qo‘yilmayadi;
«Korxona»da qabul qilingan me’yorlar, talablar bo‘yicha o‘quvchilarni maxsus kiyimlar, shaxsiy xavfsizlik vositalari bilan ta’minlaydi. Ish sharoitini sanitariya gigiyena talablari asosida ta’minlaydi.
v) o‘quvchilarning bajargan ish natijalarini qat’iy hisobga olib boradi. O‘quvchilarning ishlab topgan haqlari qaydnomasi asosida har oyda «O‘quv muassasa» hisob raqamiga pullarni o‘tkazib turadi;
g) o‘quvchilarning va ustozning yo‘l xarajatlarini to‘laydi.
Agarda shartnomada ko‘rsatilgan talablar «Korxona» tomonidan bajarilmasa, u holda «O‘quv muassasa» o‘qtuvchilarni ishlab chiqarish amaliyotidan chaqirib olishlari mumkin.
Agarda ishlab chiqarish amaliyoti davrida o‘quvchilar «Korxona» ichkiqoidalarini buzishsa u holda «Korxona» rahbariyati ularni ishlab chiqarish amaliyotidan chetlatib, «O‘quv muassasa»ga qaytarib yuborishlari mumkin.
Tomonlarning qo‘shimcha shartlari _______________
Tomonlar tomonidan paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar qabul qilinganme’yorlar asosida hal qilinadi.
Shartnoma muddati ___________dan__________gacha
Korxona rahbari O‘quv muassasi rahbari
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar: Ishlab chiqarish jarayonida inson qaysi funksiyalarni bajaradi?
Yuqori malakali ish darajasi oshib borishini qanday izohlash mumkin?
Shartnomalarning qanday turlarini ajratib ko’rsatish mumkin?
Shartnomalar tuzishning ahamiyati nimalardan iborat?
Shartnoma bandlarida nimalar o’z aksini topishi lozim?
Shartnomada o’quv muassasining vazifalari nimalardan iborat?