Kasb tanlashga


Mustahkamlash uchun savollar



Download 13,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/266
Sana16.06.2022
Hajmi13,45 Mb.
#677586
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   266
Bog'liq
Mehnat-talimi-oqitish-metodikasi-kasb-tanlashga-yollash-1

Mustahkamlash uchun savollar:
1. M ehnat ta ’lim i, kasb tanlashga yo‘llash o‘qituvchisining 
o‘quv yiliga tayyorgariik ishlari nim alardan iborat?
2. M ehnat ta ’lim i, kasb tanlashga yo'llash o'qituvchisi darsga 
tayyorgariik jarayonida qanday ishlarni amalga oshiradi?
3. A sbob-uskunalarni ishga sozlash ishlarini tushuntirib be- 
ring.
4. Xomashyo, nam una, ko‘rgazmali qurollar va texnik vosita­
lar qay yo‘sinda tayyorlanadi?
5. M ehnat ta ’lim i o‘qituvchisining lavozim vazifalari nim alar­
dan iborat?
6. 0 ‘qituvchi qanday shaxsiy faziiatlarga ega bo‘lishi kerak?
6.2. 0 ‘quv ustaxonasini tashkil etish va jihoziash
Reja:
1. 0 ‘quv ustaxonasida m ehnatni ilmiy tashkil etish.
2. Ustaxonada o ‘qituvchining ish o‘rnini tashkil etish.
3. Ustaxonada o‘quvchining ish o 'rn in i tashkil etish.
4. 0 ‘quv ustaxonasida sanitariya-gigiyena qoidalari va texnika 
xavfsizligi talablari.
Tayanch iboralar: 
m ehnatni ilmiy tashkil etish, ish o‘rnini 
tashkil etish, sanitariya-gigiyena qoidalari, texnika xavfsizligi ta ­
lablari.
1. 
0 ‘quv ustaxonasida mehnatni ilmiy tashkil etish. 
0 ‘quv 
ustaxonalari binosiga va asbob-uskunalarni joylashtirishga oid 
talablar, qo‘shimcha m aktablarning yangi m azm unda ta ’lim 
berishga o ‘tishi faqat ta ’lim darajasini va sifatini oshirishnigina 
emas, balki um um an m aktablarning va o‘quv ustaxonalarining 
m ehnat va kasb ta ’limi uchun moddiy-texnika bazasini tubdan 
yaxshilashni obyektiv ravishda zarurat qilib qo‘ydi.
Pedagoglar m ehnatini ilmiy asosda tashkil etish degan­
da o‘quvchilar bilan olib boriladigan ta ’lim -tarbiya ishlarida 
o‘qituvchi va o ‘quvchiIar tom onidan oz vaqt, kuch va mablag‘ 
sarflangan holda eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritish uchun 
ta ’lim jarayoniga tatbiq qilinadigan va ilmiy jihatdan asoslangan 
tashkiliy metodik tadbirlar m ajm uasini tushunish kerak.
247


0 ‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlarga tatbiq qilinganda 
pedagoglar m ehnatini ilmiy asosda tashkil etishda quyidagi tad ­
birlarni bajarish nazarda tutiladi: sanitariya-gigiyena va o‘quv 
pedagogika talablariga to‘la javob beradigan o‘quv ustaxonalari va 
xizmat ko‘rsatuvchi m ehnat xonalarini tashkil etish.
Barcha rejalashtiruvchi hujjatlar (taqvimiy mavzuli rejalar, 
o‘quv ishlab chiqarish ishlari ro‘yxati va h.k.lar) aniq ishlab chi­
qilishi m ehnat ta ’limi dasturiga to‘la-to‘kis javob berishi, tanlab 
olingan ish turlari esa muayyan didaktik izchillikda, murakkablik 
darajasiga qarab joylashtirilishi va ularni o‘quvchilar tayyorlash 
uchun asoslangan vaqt hajmi belgilangan bo‘lishi kerak. 0 ‘quv 
ishlab chiqarish ishlarining ro‘yxati ham , o ‘quvchilarni ish joy- 
lariga almashlab qo‘yish jadvallari ham yaxshilab bezatilgan va 
o‘quvchilar ko‘radigan qilib osib qo‘yilishi kerak. Shu yerning 
o‘zida oddiy va sanitariya kunlaridagi navbatchilarning jadvali va 
muntazam bajariladigan ishlarning ro‘yxati ham osib qo‘yiladi.
0 ‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlar vaqtida o‘qituvchi dars­
lar orasida tanaffus berishi, o‘quvchilarga ustaxonani yaxshilab 
shamollatish va m ehnat faoliyatini davom ettirish uchun usta- 
xonadan chiqib turishlarini taklif qiladi. 0 ‘quv ustaxonalaridagi 
asbob-uskunalar va inventarlarning saqlanishi uchun ularning 
har biriga bir o‘quvchi biriktirilib qo‘yiladi. U ana shu asboblar- 
ning yaxshi saqlanishi va buzilmasligi uchun o‘qituvchi va jam oa 
oldida javob beradi. Yaxshi tashkil etilgan o‘quv ustaxonasi nav- 
batdagi mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish uchun unchalik ko‘p 
vaqt talab qilmaydi. M ehnat ta ’limi o‘qituvchisi uchun bu narsa 
juda muhimdir, chunki uning vaqti tig‘iz bo‘ladi.
Shu sababli pedagoglar m ehnatini ilmiy asosda tashkil etish 
nuqtayi nazardan o‘quv ustaxonalarida m ashg‘ulotlarning to‘g‘ri 
tashkil etilishi m ehnat va kasb ta ’limi o‘qituvchisi uchun o‘quv 
vaqtidan anchagina tejab qolish im konini beradi.
0 ‘quv va shaxsiy vaqtni tejashda m ehnat ta ’limi o‘qituvchisi- 
ning shaxsiy kutubxonasida zarur qo‘llanm alar, o‘quv darsliklari, 
ilmiy-metodik adabiyotlar, maxsus va so‘rovnoma adabiyoti: 
gazeta va jurnallar, dasturning m a’lum mavzulari bo‘yicha gazeta 
va jurnallaridan qirqib olingan maqolalar solingan papkalar mav­
jud bo‘ladi.
Navbatdagi m ashg‘ulotga tayyorlanishda ayrim faktlar, fikrlar, 
misollar, qoidalar, zarur kitoblarning qisqa annotatsiyalari yozib
248


(.jo'yiladigan kartochkalar katta foyda beradi. Bunday kartochka- 
lar kun sayin tuzib boriladi. Ular dastur mavzulari bo‘yicha xil- 
ku'ga ajratiladi, kartotekalarga muayyan tartibda joylashtiriladi, 
m ehnat bo‘yicha navbatdagi m ashg‘ulotlarga tayyorlanishda yax­
shi didaktik material bo'lib xizmat qiladi, eng m uhim i esa tay­
yorgarlik ko‘rishda vaqtni tejaydi.
Ko‘rgazma qurollari uchun m o‘ljallangan yashikda plakatlar, 
sxemalar, jadvallar chizm alar nam unali tartibda va sistemada 
saqlanish kerak.
0 ‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlarning o‘ziga xos xususi­
yati o‘quvchilardan ham, shuningdek usta ham da o‘qituvchidan 
ham nazorat-o'lchov operatsiyalarini bajarish va m ehnat usulla­
rini ko‘rsatish vaqtida diqqat bilan nazar tashlashni talab qiladi.
Bu jih atd an to ‘g‘ri burchak shaklidagi ustaxonalar bir qancha 
jiddiy kam chiliklarga egadir: asbob-uskunalar (dastgohlar)ning 
7—8 qator qilib ketma-ket joylashtirilishi (dastgohlarning so‘nggi 
qatori bilan o ‘qituvchining ish joyi o‘rtasidagi oraliq taxm inan 
10-11 m etrni tashkil qiladi) eshitishni, ayniqsa o ‘qituvchining 
tushuntirayotgan va ko‘rsatayotgan m ehnat usullarini ko‘rishni 
qiyinlashtiradi, ustaxona devorlari bir tom onlam a yoritilishi nati­
jasida yorug‘likni sust qaytarishi, quyosh nurlarining to‘g‘ri tu- 
shush soatlarida ko‘zni qamashtiruvchi yoritish zonasining haddan 
tashqari kattaligi (50 dan ortiq) ko‘zning tez charchab qolishiga 
va shu tufayli xatolarni ng ko‘payishiga olib keladi, bir tom onlam a 
yoritish natijasida doskaga doimiy yoritish shu’lalarining tushib 
turishi unda yozilgan narsalarning yon tom ondan ko‘rinishini 
ayniqsa qiyinlashtiradi va nihoyat xonada to‘g‘ri burchaklarning 
mavjudligi toza havo oqim ining kelishini tugatib qo‘yadi, natijada 
uning intensiv alm ashinib turishi keskin kamayadi.
Asbob-uskunalar, dastgohlarning uch, to ‘rt qatorli joylashuvi 
(ularning oxirgi qatori 5,5-7,0 m uzoqlikda bo‘ladi) o‘qituvchining 
o‘quvchilar bajarayotgan m ehnat harakatlarini kuzatishga, bino­
barin, ular yo‘l qo'yadigan kam chiliklarni tuzatish uchun shoshi- 
linch choralar ko'rishga ham imkon beradi.
Bunday ustaxona va kabinetning maydoni (80—90 m^ ga ya­
qin) 2 5 -3 0 uskuna birligini sig‘diribgina qolm asdan, shu bilan 
birga bu yerda o'qituvchining dastgohi (stanok yoki tikuv mashi- 
nasi), stol va stul bilan jihozlangan bo'lishi kerak. U kamida 20 
o'quvchidan iborat guruhga m o‘ljallanadi. Bu ustaxonalarda faqat
249


slesarlik va duradgorlik ishlarini muvaffaqiyatli egallash uchun 
shart-sharoit yaratilib qolmasdan, balki dasturning materiallariga 
mexanik ishlov berish va elektrotexnika ishlari mavzularini o‘tish 
uchun ham zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo‘ladi. Xilma-xil 
markadagi mexanik asbob-uskunalarning va m odellarning m iq­
dori har bir ustaxonada 19 taga yetadi.
Xizmat ko‘rsatish mehnati kabineti o‘quv dasturi muvaffaqiyatli 
o‘tishi uchun barcha zarur narsalarga ega bo‘ladi. 0 ‘quv ustaxo­
nalari uchun xarakterli bo‘lgan asbob-uskunalar bilan bir qatorda 
kabinetda oyoq bilan ishlaydigan 4 ta tikuv mashinasi bo‘ladi.
Kattaligi 3,5 x 1,4 m li katta yoyiq stol (unda «Pazandalik» 
darslarini o‘tish vaqtida stol tuzatish uchun foydalanish mumkin), 
maneken, uchta dazmol taxtasi, shuncha elektr dazmol, tryum o, 
ko‘rsatish taxtasi, kiyim turadigan joy ham bo‘ladi.
Kabinetga shifoner, kir yuvish mashinasi, pilesos, pol yuvish 
moslamasi, tasviriy san’at asarlari va xilma-xil gullar qo‘yiladi.
Nihoyat, uch yoki to‘rt kamforkali gaz plitasi, ularning 
har biri yonida ish stollari va sovuq ham da issiq suv keladigan 
jo ‘mraklarga ega bo‘lgan rakovinalar, muzlatkich, idishlar uchun 
shkaf, oshxona inventarlari mavjud bo‘ladi.
H ar uchala o‘quv xonalari bir-biri bilan keng, yorug‘ va yax­
shi jihozlangan vestibyul bilan birlashtirilgan, bu yerda jurnallar 
qo‘yiladigan stolchalar, o‘quvchilarning dam olishi uchun qulay 
bo‘lgan o'rindiqlar bo‘lishi kerak.
Ustaxonalar va kabinetda o‘quvchilar ish o‘rnining tabiiy yo­
ritilishi ikki yoki, hatto uch tom onlam a bo‘ladi. D erazalarning 
katta ko‘zlaridan o‘tib turadigan quyosh nurlari xonalarga turli 
burchaklar ostida tushadi, ichki devorlarning yo‘nalishi har xil 
bo‘lganligi sababli ular aks etadi va tarqaladi, xonaning ham m a 
qismini yaxshi yoritadi. Bu esa o‘lchovlar vaqtida xatolarning 
kamroq bo‘lishiga imkon beradi.
Bunday ustaxonalarlarning har tom onlam a yoritilganljgi kun- 
ning har qanday vaqtida doskaning yaxshi ko‘rinishini ta’minlaydi, 
undagi shu’lalar kamayadi va yonlaridagi buyum larning soyasi 
tushmaydi. Quyosh nurlarining to‘g‘ri yo‘nalishi natijasida bu 
xonalarda to‘g‘ri burchak shaklidagi xonalarga nisbatan quyosh 
nurining ko‘zni qamashtirishi keskin qisqaradi.
Besh burchakli ustaxona binosida sof havo oqimining yetarli 
darajada almashinib turishi ta’minlanadi, yaxshi tushib turadigan
250


labiiy yorug‘lik bu xonalarni shinam qiladi, bu esa kayfiyatga yax­
shi ta’sir ko‘rsatadi, qulay m ehnat sharoitini vujudga keltiradi. Bun- 
day tipdagi ta’lim bolinm alari mehnat ta’lim ining psixofiziologik 
va sanitariya-gigiyena talablariga, shuningdek mehnat ta ’limi me- 
lodilcasiga (mehnat ilmiy asosida tashkil qilish) to‘la-to‘kis javob 
beradi. 0 ‘quvchilarning ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil etish, mehnatni 
osonlashtirish, uning unumdorligini oshirish, buyumlar sifatini 
yaxshilash va yuksak m ehnat madaniyati ko‘nikm alarini sing- 
dirishning asosiy talablari quyidagilardir: ish o‘rni o‘quvchining 
bo‘yiga muvofiq kelishi, mustahkam va yetarli darajada barqaror 
bo‘lishi, zarur va yaxshi ishlaydigan, shu bilan birga ishda qulaylik 
tug‘diradigan asboblar bilan ta’minlangan (qo‘lga va o‘quvchilarning 
jismoniy kuchiga muvofiqlashtirilgan), shuningdek foydalanish 
uchun qulay tartibda joylashgan bo‘lishi kerak.
2. 
Ustaxonada o‘qituvchining ish o‘rnini tashkil etish. Mehnat 
o‘qituvchisining ish joyi ish stoli, ko‘rgazma qurollarini saqlash 
uchun javonlar, namoyish qurilm alari, sinf taxtasi, texnika vosi­
talari bilan jihozlangan o‘quv-metodik qo‘llanm a, adabiyotlar, 
o‘quv ko‘rgazma qurollari, asbob va moslamalar bilan jihozlanadi.
0 ‘quv ustaxonalaridagi asbob-uskunalar (dastgohlar, stanok­
lar, m ashinalar, stollar va boshqa buyumlar) shunday tartib­
da va o‘qituvchining ish joyidan shunday uzoqlikda joylashishi 
kerakki, o‘quvchilar ish vaqtida o‘z gavdalarini to‘g‘ri tutish- 
lari uchun shart-sharoitlar yaratilishi, o‘qituvchining gaplari va 
o ‘quvchilarning javoblari yaxshi eshitilishi kerak. Ustaxonada­
gi dastgohlarning miqdori ozroq bo‘lishi, lekin shu bilan birga 
o ‘quvchilarning m ehnat ta ’limi dasturlarida u yoki bu mavzuga 
ajratilgan vaqt hajmida oraliq grafik asosida to‘xtovsiz ishlashini 
ta ’m inlashi zarur.
Barcha ehtiyot asboblar va moslama asboblar turadigan 
xonalarda shunday tartibda saqlanishi kerakki, ulardan har birini 
topish uchun o‘qituvchi juda oz vaqt sarflasin. M asalan, parma, 
o ‘lchov asboblari, plankalar tegishli o‘lchovlar yozib qo‘yilgan 
qutichada joylashgan bo‘lishi, ancha og‘irroq m oslam alar pastki 
javonlarda, birm uncha yengillari yuqoriroqda turishi kerak. Om- 
borxonada barcha m ateriallar va ishga yaroqli chiqindilar marka- 
lari, sortlari, o‘lchovlari va turlariga qarab ajratilishi va shun­
day joylashishi kerakki, ular oldiga boriladigan yo‘l qulay hamda 
to ‘siqsiz bo‘lsin.
251


Ko‘rgazma qurollari (plakatlar, sxemalar, jadvallar, maketlar, 
mavzuli ko‘rsatmali shitlar, buyum larning namunalari) saqlash 
uchun yozilgan va tartib nomeri qo‘yilgan tegishli yashiklar va 
tortm alar boiishi lozim, bu hoi o‘quvchilarga istalgan vaqtda oz 
vaqt sarflab kerakli qollanm ani topa olishiga imkon beradi.
Mehnat ta ’limi o‘qituvchisining ish joyida m ehnat usullarini, 
ko‘rsatmali qurollarni, shuningdek, o ‘quv film larini namoyish 
qilish uchun barcha sharoitlar yaratilishi kerak.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish