• bitiruv malakaviy ishga olingan boshqa taqrizlar;
• talabaning reyting daftarchasi.
Bitiruv malakaviy ishni himoya qilish tartibida quyidagilar ta
lab etiladi:
• talabaning chiqish so‘zida (10 minutgacha)
mavzu asos-
nomasi keltirilishi, olib borilgan tadqiqot maqsadi va vazifalari
ko‘rsatilishi, foydalanilgan adabiyot va m anbalar tavsifi berilishi,
tadqiqot obyekti va predmeti aniqlanishi, tadqiqot xulosalari ba
yon etilishi lozim.
• talabaning DAK a’zolari
savollariga javoblari;
® taqrizchi va boshqa shaxslarning chiqishlari;
• bitiruv malakaviy ishga olingan boshqa taqrizlar o‘qib eshit-
tirilishi;
» talabaning yakunlovchi so‘zi, ishni muhokama qilish jara
yonida ko‘rsatilgan kamchiliklarga javobi.
DAK yig'ilishida barcha ishtirok etuvchilar savollar berishi va
ijodiy muzokarada ishtirok etishi mumkin.
Yakunlovchi ball tizimidagi baho DAK a’zolarining oddiy,
ko‘pchilik ovozi olingan DAK yopiq yig‘ilishida, albatta, ko-
missiya raisi yoki uning o‘rinbosari ishtirokida tavsiya etiladi.
Ovozlar soni teng bo'lgan taqdirda komissiya raisi yoki uning
o‘rinbosari ovozi hal qiluvchi huquqqa ega.
Ilmiy rahbar yoki
taqrizchi o‘zining fikrini bildirish huquqiga ega, biroq ular ovoz
berishda ishtirok etishmaydi.
DAK bitiruv malakaviy ishni nashr qilish, tanlovlarda ishtirok
etish, amaliyotda tatbiq etish bo'yicha
tavsiya berish huquqiga
ega. DAK raisi (fakultet dekani va kafedra mudiri bilan keli
shilgan holda) ko‘proq qobiliyatli talabani magistraturaga kirish
uchun tavsiya berishi ham mumkin.
DAK kotibi barcha berilgan savollar, javoblar, asosiy fikrlar
va komissiyaning (imtiyozli yoki imtiyozsiz)
diplom berish yoki
bermaslik to‘g‘risidagi hukmi chiqarilgan yig‘ilish bayonnomasini
yuritadi. Bayonnoma yig‘ilishda ishtirok etgan komissiya raisi va
a’zolari tom onidan imzolanadi. Xuddi shu kuni DAK yig'ilishi
bayonnomasi rasmiylashtirilgandan so‘ng talabaga bitiruv m ala
kaviy ish himoyasining natijasi e’lon qilinadi.
Bitiruv malakaviy ishni uzrli sabablarga ko‘ra belgilangan mud-
datda himoya qila olmagan talaba hujjat asosida tasdiqlangach,
DAKning keyingi ishlari davriga qadar o‘qish muddati uzaytirili-
416
shi m um kin. Biroq bu m uddat ilk o'tkazilgan yakuniy attestatsiya
o‘tkaziIgandan so‘ng uch oydan kam bo'lmasligi va besli yildan
liam oshmasligi lozim. Buning ucliun
talaba fakultet dekaniga
uzrli sababni tasdiqlovchi hujjat ilova qilingan ariza berishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishning qayta himoyasi ikkinchi m arotaba bel-
gilanmaydi.
DAK ishi to ‘g‘risidagi hisobot OTM Ilmiy kengashida ko'riladi
va yakuniy davlat attestatsiyasi tugallangandan so‘nggi ikki oy
mobaynida mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirish
bo‘yicha tavsiyalar bilan birgalikda 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy
va o‘rta maxsus ta ’lim vazirligiga taqdim etiladi. Kasb ta ’limi
yo'nalishi bitiruvchilarining yakuniy davlat
attestatsiyasi bayon-
nomasi OTM arxivida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: